Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorerbrauzerlari.
Bozorda ikki asosiy brauzer: Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer ustunlik qiladi. Ularning birgalikda barcha versiyalarini qo’shganda, hozirda ishlatilayotgan brauzerlarning tahminan 90 %ni (yoki undan ko’prog’ini) tashkil etadi.
Bu ikki brauzer bozorda hukmronlik qilish uchun o’zaro raqobatlashmoqda. Ular kurashining natijasi sifatida HTML-teglarining firma kolleksiyasi hamda turli texnologiyalarning bir-biriga mos bo’lmagan amalga oshirishlari (Dynamic HTML, hamda JavaScript va Cascading Style Sheets – kaskadli stillar jadvallari) yuzaga keldi. Boshqa tomondan, Netscape va Microsoft o’rtasidagi raqobat, umuman olganda, WEB-muhitning tez rivojlanishiga ko’maklashdi.
12.1-rasm. Microsoft Internet Explorer brauzeri
12.2-rasm. Netscape Navigator brauzeri
Ba’zi bir hujjatlashtirilgan farqlar quyidagilardan iborat: o’ziga o’rnatiladigan shriftlarni qo’llab-quvvatlashning mavjud emasligi; CSS fil’trlari va o’tishlar (matn elementlari uchun ishlatiladigan ob’ektdan tushadigan soya kabi vizual effektlar)ni qo’llab-quvvatlashning mavjud emasligi; mul’timediani boshqarish elementlari (odatda mualliflik mul’timedia dasturiy vositalari tomonidan yaratiladigan o’tishlar va animasiyalar effektlari)ning mavjud emasligi; DHTML ni amalga oshirish bilan bog’liq muammolar.
Brauzerlar nafakat kompyuterga balki uyali telefon, PDA va boshka kichik elektron mashinalarga ham ishlab chikarilmokda.
Opera. Opera – bu Oslodagi Opera Software (Norvegiya) kompaniyasi tomonidan yaratilgan kichikkina va oddiygina brauzer. Bu brauzer juda kam vaqt ichida yuklanadi va disk hajmiga minimal talablar qo’yadi. ning afzalligi HTML standartlariga to’liq Opera mos kelishidir. Ancha obro’li brauzerlar o’tkazib yuboradigan teglarni yozishdagi noaniqliklar (masalan, yopuvchi teglarni qoldirib ketish, noto’g’ri o’rnatish va h.k.) bu brauzerda to’g’ri aks etmaydi. Opera ni 5.0 Java, kaskadli stillar jadvallari va DHTML qo’llab-quvvatlaydi.
Opera foydalanishning tezligi bo’yicha birinchi o’rinlarda turmasa-da, ko’pchilik ishlab chiquvchilar kodning to’g’riligiga amin bo’lish uchun o’z saytlarini da tekshirishni davom ettirmoqdalar. Opera
Lynx. Lynx – bu faqat matnni ko’rishni ta’minlaydigan bepul tarqatiladigan brauzer, sizga Webdan tez va ishonchli erkin foydalanishni taklif etadi. U Web-sahifani bazaviy funksional tavsiflar bo’yicha tekshirish uchun yaroqli bo’lgan standart sifatida mashhur bo’ldi. Oddiyligiga qaramay, bu brauzer eskirmaydi. Lynx har doim takomillashtiriladi va zamonaviylashtiriladi. Hozir u jadvallar, shakllar va hatto JavaScript ni ham ta’minlaydi!
Agar qaysi brauzerlar eng ko’p ishlatilishi ma’lum bo’lsa, qaysi texnologiyadan foydalanish va teskari moslik uchun qaerdan chiziq o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish oson bo’ladi. Eng ishonchli axborotni, albatta, sahifa tashriflarining statistikasini yuritish bilan olish mumkin.
Internetda brauzerlar to’g’risida statistik ma’lumotlarni taqdim etadigan bir qancha sahifalarni topish mumkin. Bu sahifalardagi statistika ushbu saytlarni o’ziga tashrif buyurishlarning tahliliga asoslangan bo’lib, bu statistik tanlanmani shunday tipdagi saytlar bilan qiziqadigan tor doiradagi foydalanuvchilargacha cheklaydi, ehtimol yangi avtomobillarni harid qilish yoki teleko’rsatuvlar dasturlari bilan qiziqadigan foydalanuvchilar boshqa brauzerlarni ishlatishar. BrowserWatch saytida joylashgan statistik ma’lumotlar har bir alohida olingan brauzerning versiyalari, kichik versiyalari va undan kichik versiyalari to’g’risida batafsil ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |