Кommunikasiya texnologiyalari komponenti. Кommunikasiya - signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga biror vosita orqali uzatilishidir. Signal esa o’z navbatida ma’lumot va axborotdan tashkil topgan xabardir. Signal albatta biror bir aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va qabul qiluvchi o’rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisoblanishi mumkin. Insonlar so’zlashganda, gapirayotgan kishi (yuboruvchi) signallarni yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foydalanadi. Telekommunikasiyada esa yuboruvchi signallarni uzatishda kabel singari aloqa vositalaridan foydalanadi.
Signal uzatishning umumiy turi.
5.2-rasm.Signal uzatish turlari: a) xavo orqali; b) sim orqali.
Ma’lumotlarni saqlash. Ma’lumotlar komp’yuter qurilmalari va dasturlari manipulyasiyasi va kommunikasiyalarda uzatilish uchun aynan bir shaklda ifodalanishi zarur. Ma’lumotlarning ikki turdagi ifodasini ajratishimiz mumkin: fizik ifodasi va mantiqiy ifodasi.
Ma’lumotlarning mantiqiy ifodasi. Tizim dasturlari va amalliy dasturlar ma’lumotlarning mantiqiy ifodasi bilan ishlaydi. Operasion tizim nuqtai nazaridan ma’lumotlar fayllar, fayllar turi va papkalar shaklida ifodalangan. Ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimining nuqtai nazaridan ma’lumotlar bazasi, jadval va qator orkali ifodalangan.
Ma’lumotlar odatda operasion tizimning yoki ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimining mantiqiy ma’lumotlar tuzilmasi shaklida saqlanadi. Har qanday ma’lumotlar tuzilmasi ma’lumotlar elementidan iborat. Ma’lumotlar elementi ma’lumotlarning o’zidan ya’ni tuzilmasi qiymatlaridan iborat. Har qanday ma’lumot tipga ega.
Boshqaruv axborot texnologiyalari Boshqaruv axborot texnologiyalari biror maqsadni ko’zlab qaror qabul qiluvchi barcha shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hizmat qiladi.
Bu texnologiya asosan turli ko’rinishdagi hisobotlarni tayyorlash uchun yo’naltirilgan.
Doimiy hisobotlar o’rnatilgan jadval asosida tayyorlanib, hisobotning tayyorlangan vaqti bilan farq qiladi.
Boshqa hisobotlar esa boshqaruv organlarining so’rovi asosida tayyorlanadi.
Har ikkala hisobotlar: umumlashtirish, solishtirish va favqulodda formadagi xisobotlarni tayyorlashi mumkin.
Boshqaruvning axborot texnologiyasi maqsadi firmadagi qarorlar qabul qilish bilan aloqador bo’lgan hech bir istisnosiz barcha xodimlarning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. U boshqaruvning barcha darajalarida foydali bo’lishi mumkin. Boshqaruvning axborot texnologiyasi hisobotlarning xilma-xil turlarini tuzishga yo’naltirilgan.