MUSTAQIL TA`LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1-Mavzu. IMIJEOLOGIYA va muammolari
Topshiriq: Inson mohiyati bo‘yicha 30 ta test tuzish
Anvar Chorievning “IMIJEOLOGIYA” kitobi asosida.
2-Mavzu. Falsafa tarixida inson muammosi
Topshiriq: Katolog tuzish
“Avesto” va “Qur’oni karim”da inson muammosi tadqiqotiga oid chop etilgan xorij va maxalliy maqolalar, monografiyalar va dissertatsiyalar bo‘yicha.
3-Mavzu. Falsafiy antropologiya
Topshiriq: Maqola yozish
Maks Sheller, Gelmut Plesner, Arnold Gelen asarlari asosida.
4-Mavzu. Inson, uning tabiiy-ijtimoiy mohiyati
Topshiriq: SWOT-tahli
Fyodor Dostoevsiyning “Telba” asari asosida
5-Mavzu. Inson ma’naviy borlig‘i: barqarorlik va beqarorlik dialektikasi
Topshiriq: Review (berilgan manbaga sharh yozish).
Aleksand Dyumaning “Graf Monte-Kristo” asari asosida
6-Mavzu. Shaxs fenomeni
Topshiriq: Referat yozish (6 sahifa)
Bodo Sheferning “G‘oliblik qonuniyatlari” asari bo‘yicha
7-Mavzu. Shaxs daxldorligi va madaniyati
1- topshiriq. Q/A (savollarga cheklangan hajmda javob yozish).
1.Daxldorlik tuyg‘usi zamon, makon, vaqt, ob’ektiv, sub’ektiv omillar ta’sirida o‘zgaradimi? Agar o‘zgarsa, ayniqsa, qanday ta’sirlar tufayli o‘zgaradi?
2.Daxldorlik hissining holati, miqyosi, namoyon bo‘lish mezonlari va omillari, ularning elastik dinamikasiga birlamchi ta’sir manbalari nimalar?
3.Shaxsda daxldorlik tuyg‘usining holati va inson hatti-harakatlari orqali namoyon bo‘lishi bir qancha mezonlar bilan o‘lchanadi. Mazkur mezonlarni ikki guruhga – sub’ektiv va ob’ektiv jihatlarga ajratish mumkin: (aniqlang)
4. Daxldorlik tuyg‘usi shakllanishida tabiiy omillarning o‘rni va roli
8-Mavzu. Inson oliy qadriyat
Topshiriq: Interview o‘tkazish. ( boshqalarning muammoga nisbatan fikrini o‗rganish)
“Milliy yuksalish va ma’naviy yangilanish sharoitida insonga munosabat” mavzusida.
9-Mavzu. Inson taraqqiyoti va barqaror rivojlanishi
1-topshiriq: Chart (jadval cheklangan hajmda tahlil qilish).
O‘zbekistonda Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash.
2-topshiriq: Maqola yozish.
BMT Bosh Assamblisining (2015 yil) 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlarining O‘zbekistonda amalga oshirilish jarayonlar xususida.
10-Mavzu. Hozirgi zamon sivilizatsiyasining insonga ta’siri
Topshiriq: “Global etika va gumanizm”, “Global biosfera etikasi” mavzusida vedio rolik tayyorlash ( 10 daqiqa)
11-Mavzu. Fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida inson omiliga yangicha yondashuvlar
1-topshiriq: Link (Internet-havolaga annotatsiya yozish).
Sh.M. Mirziyoevning Oliy majlisga Murojatnomalarida (2017,2018, 2020 yy) inson omiliga yondashuviga dunyohamjamiyatining munosabatiga.
2-topshiriq: Google Apps ( prezentatsiya va testlar tayyorlash)
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniya jamiyatlari ma’naviy tendensiyalarini o‘rganish asosida
|
|