Tasdiqlayman Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha gurux



Download 1,29 Mb.
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#565528
  1   2
Bog'liq
30.Mavzu


«Tasdiqlayman Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha gurux________
direktor o’rinbosari Mutaxassislik____________________
____________
___ ____2022 yil Fan:Gaz tarmoqlari tizimlarini montaj qilish (o’quv amalyot)

30-Mavzu:Gaz tarmoqlarida qabul qilish komissiyasi to’zadigan dalolatnomalar.



Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Mashg’ulot vaqti 240 daqiqa

O’quvchilar soni ______Ta

Mashg’ulot shakli:

Amaliy

Mashg’ulot rejasi:

1.Tashqi gaz quvurlari va inshootlariga xizmat ko’rsatish.
2.Gaz quvirlarini topshirganda qabul qiluvchi kommissiyalar
3.Suyultirilgan uglevodorod gazlarga qo’yilgan talablar.

O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quvchilarga o’rgatish Amaliy ish bajarish :

Pedagogik vazifalar


Tashqi gaz quvurlari va inshootlariga xizmat ko’rsatish.


tushuncha berish.
Gaz quvirlarini topshirganda qabul qiluvchi kommissiyalar
xaqida tushuncha
Suyultirilgan uglevodorod gazlarga qo’yilgan talablar.
o’rgatish


O’quv faoliyatini natijalari:


Tashqi gaz quvurlari va inshootlariga xizmat ko’rsatish. aytib beradi


Gaz quvirlarini topshirganda qabul qiluvchi kommissiyalar
o‘rgatadilar
Suyultirilgan uglevodorod gazlarga qo’yilgan talablar
o’rganadilar.



O’qitish usullari

Ma’ruza, suhbat, namoyish, tushuntirish,o`quv topshirig`i.

O’qitish vositalari

darslik, doska, bo’r, Ko’rgazmali materiallar (slaydlar).

O’qitish shakli

Ommaviy,jamoaviy guruhli

O’qitish shart-sharoitlari

Maxsus texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich


O’quv mashg’ulotiga kirish
(20 daqiqa)

Tashkiliy boshlanish.
1.1.O`quvchilar bilan salomlashadi.
1.2.O`quvchilarni va auditoriyani mashg`ulotga tayyorgarligini tekshiradi.
1.3. Yo`qlama qiladi.
O`tilgan mavzuni so`rash.
1.4.O`tilgan mavzuni bo`yicha o`quvchilarning bilimlarini tezkor savollar yordamida tekshiradi (1-ilova)
Yangi mavzuga kirish.
1.6 Mavzuning nomi, maqsadi, rejasi va mavzu bo’yicha tayanch iboralar ro’yxati bilan tanishtiradi. (2-Ilova)

Darsga tayyorgarlik ko`radilar,

Savollarga javob beradilar;


Aniqliqlashtiradi
lar;



2-bosqich
Asosiy
(195 daqiqa)

Yakuniy 25 daqiqa)



O`quvchilarning bilimlarini faollashtirish:


2.1 “BBB” savollar yordamida o`quvchilarning bilimlarini faollashtiradi.
Yangi mavzu bayoni:
2.2 Mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq slaydlarni Power point tartibida
(3-Ilova) namoiyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qiluvchi savollar beradi.
Mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi; eng asosiylarig ae’tiborqaratadi; berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
2.1 Guruhni kichik guruhlarga ajratadi va guruhlarda ishlash qoidasini eslatadi.
2.2 Kichik guruhlarga T-jadval,o`quv topshirig`I va topshiriqni bajarish uchun yo`riqnoma beradi. (4-ilova) qoidasini eslatadi
2.3. Nazorat qiladi, taqdimotni shakllantiradi
2.4. O`z-ozini tekshirish uchun test savol va topshiriqlar.(5-ilova)
2.5 O`quvchilarning javoblarini umumlashtiradi



Savollarga javob beradilar;


Diqqat qiladilar,
Savollar beradilar;

Yozib oladilar.


Guruhlarga bo`linadilar;


O`quv topshirig`ini bajaradilar;


Taqdimot qiladilar;


Savallarga javob beradilar;

Diqqat qiladilar;


Uyga vazifani yozib oladilar

Fan : Gaz tarmoqlari tizimlarini montaj qilish (o’quv amalyot)


30-Mavzu:Gaz tarmoqlarida qabul qilish komissiyasi to’zadigan dalolatnomalar.
Reja:

1.Tashqi gaz quvurlari va inshootlariga xizmat ko’rsatish.


2.Gaz quvirlarini topshirganda qabul qiluvchi kommissiyalar
3.Suyultirilgan uglevodorod gazlarga qo’yilgan talablar.

1. Gaz quvurlari orqali uzatiladigan tabiiy gaz texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq berilishi kerak.


2. Gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan tashqi gaz quvurlari va inshootlar hidning intensivligini aniqlash uslubiga muvofiq tekshiriladi.
Nazorat punktlari va gazdan namuna olish muddatlari gaz ta’minoti tizimi hamda gaz sarfiga ko‘ra belgilanadi. Tekshiruvlar natijalari maxsus jurnalda qayd etiladi.
3. Shahar va aholi yashaydigan joylardagi gaz tarmoqlarida bosim yiliga kamida ikki marotaba (qishda va yozda) gaz sarfi eng ko‘p bo‘lgan soatlarda va turli nuqtalarda gaz xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan tekshiriladi.
Gaz taqsimlash stansiyalarining chiqishdagi gaz bosimi miqdori gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan loyihada belgilangan nominal darajada ushlab turiladi.
Tarmoqlardagi bosimni o‘lchash nuqta (punkt)larini gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egalari yoki ular tomonidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalar belgilaydi.
4. Gaz quvurlaridagi namlik va kondensat borligini tekshirish hamda ularni chiqarib tashlash ishlari, gaz quvurlarida kondensat to‘siqlari paydo bo‘lish ehtimolidan oldinroq gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Tekshirish muddatlarini gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egalari belgilaydi.
5. Gaz quvurlariga o‘rnatilgan berkitish armaturasi va kompensatorlarga har yili gaz xo‘jaligi tizimi obyektlari egasi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatiladi va zarur holatlarda ta’mirlanadi. Zulfinlar, jo‘mraklar, kompensatorlar almashtirilganligi, shuningdek, mukammal ta’mirlashda bajarilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar gaz quvurining pasportiga, texnik xizmat ko‘rsatish haqida esa jurnalga yozib boriladi.
6. Ishlatilayotgan gaz quvurlari gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egasi tomonidan muntazam kuzatib boriladi, texnik holati tekshiriladi, joriy hamda mukammal ta’mirlanadi.
7. Tashqi gaz quvurlari va inshootlarining texnik holatini nazorat qilish belgilangan muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazish orqali olib boriladi.
8. Yer usti gaz quvurlarini tekshirish vaqtida gaz sizib chiqishi, tirgovuchlardan chetga surilganligi, tebranish borligi, egilganligi, gaz quvurining ruxsat etilmagan darajada egilishi, cho‘kishi, tayanchlarning egilishi va shikastlanishi, himoya flanetslarining ulanishi, yopish moslamalarining holati, elektr o‘tkazgichlari tushib ketishidan himoyalash vositalari, gaz quvurlarining mahkam o‘rnatilganligi va bo‘yalganligi ko‘rib chiqiladi. Yer usti gaz quvurlarini ko‘zdan kechirish uchun ko‘rikdan o‘tkazish gaz ta’minoti tashkiloti ishchisi tomonidan har oyda bir marotaba amalga oshiriladi.
Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi, gaz quvurlari bo‘yoqlarining shikastlangan joylari qayta bo‘yalishi kerak. Balandlikda joylashgan gaz quvurlarini ta’mirlashda ko‘chma narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.
9. Gaz ta’minoti tashkiloti ishchisi yer ostidagi gaz quvurlarini ko‘zdan kechirish uchun ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida quyidagilarni bajarishi kerak:
gazni aniqlash maxsus asboblar yordamida yoki hidi hamda tashqi belgilarga qarab gaz sizib chiqayotganligi holatini aniqlash;

2.2. Suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG)ga qo‘yiladigan talablar


19. Gaz ballonli qurilmalarning germetikligini gazning ishchi bosimi ostida aniqlovchi asbob bilan yoki sovun ko‘pigidan foydalanib tekshirishga ruxsat etiladi. Barcha maishiy gaz ballonlari besh yilda bir marta texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi.
20. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlar loyiha bo‘yicha maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi.
21. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar saqlanadigan omborlarning pollari tekis, sirpanmaydigan va turli jismlar zarbidan uchqun chiqarmaydigan materiallardan tayyorlanadi.
22. Omborxonada to‘ldirilgan va bo‘sh ballonlar alohida saqlanishi kerak. Ularning o‘rni “To‘ldirilgan ballonlar” va “Bo‘sh ballonlar” degan yozuvlar bilan belgilab qo‘yiladi.
23. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlarni yengil alangalanuvchi moddalar va yonish jarayonini kuchaytiradigan texnik gazlar (kislorod) bilan birgalikda saqlashga ruxsat berilmaydi.
24. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar saqlanadigan omborlar (yoki ochiq maydonlar) atrofidagi 20 metr masofa hududida turli yonuvchan materiallarni saqlash hamda ochiq olov bilan bog‘liq bo‘lgan temirchilik, payvandlash, kavsharlash va shu kabi boshqa ishlarni bajarish taqiqlanadi.
25. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar saqlanadigan omborxonaning eshigida begona shaxslarning kirishi, chekishi va ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi ogohlantirish belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
26. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar saqlash uchun mo‘ljallangan omborning ko‘rinadigan joyida to‘ldirilgan va bo‘sh ballonlar bilan ishlash hamda ularni xavfsiz saqlash qoidalari ilib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
27. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlarni loyihasiz qurilgan bostirmalar ostida saqlash taqiqlanadi.
28. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar saqlanadigan omborlarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma va plakatlar ilib qo‘yilishi zarur.
29. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar vertikal holatda turg‘izilib, qalpoqlari burab qo‘yilgan holda saqlanishi hamda ventillarining yon tomonidagi shtutsyerlarida tiqin bo‘lishi kerak. Ballonlarni qulash va shikastlanishidan himoyalash maqsadida ular maxsus uya (o‘rin)larga o‘rnatiladi yoki to‘siq bilan ajratiladi.
30. Boshmoqlari bo‘lmagan ballonlar gorizontal holatda yog‘och ramalar yoki stellajlarda saqlanishi mumkin. Boshmoqli ballonlarni ochiq maydonlarda saqlashda ularni gorizontal qatorlari orasidagi arqon, yog‘och yoki rezinadan tayyorlangan prokladkasi bo‘lgan shtabellarga o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Ballonlarni shtabellarga o‘rnatishda ularning balandligi 1,5 metrdan oshmasligi kerak. Ballonlardagi ventillar bir tomonga qaratilgan bo‘lishi lozim.
31. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar saqlanadigan omborlar yashindan himoya qilingan zonada joylashgan bo‘lishi zarur.
32. Suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarni saqlash omborlarida quyidagi yong‘inni o‘chirish birlamchi vositalari bo‘lishi kerak:
a) xona ichida (har 50 kvadrat metrga):
5 litr hajmdagi kukunli o‘t o‘chirgichlar — 2 ta;
0,5 kub metr hajmli qum solingan quti — 1 ta;
belkurak — 1 ta;
2×2 metrli kigiz yoki asbest mato — 1 ta;
b) ombor hududi to‘siqlari chegaralarida (yong‘inga qarshi punkt — shitda):
5 litr hajmdagi kukunli o‘t o‘chirgichlar — 2 ta;
temir ilgak — 2 ta;
lom — 1 ta;
qizil rangga bo‘yalgan chelak — 2 ta;
yong‘in boltasi — 1 ta;
sig‘imi 200 litr bo‘lgan suv to‘ldirilgan bochka — 2 ta.
5 litr hajmdagi kukunli o‘t o‘chirgichlar bo‘lmagan holatlarda ularni uglekislotali o‘t o‘chirgichlarga almashtirish mumkin.
Ombor hududida joylashtiriladigan yong‘inga qarshi qalqonlarning soni va ularning joylashtirilishi yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlariga asosan belgilanadi.
Gidrantlar mavjud holatlarda suv to‘ldirilgan bochka talab etilmaydi.
33. Metallarga gaz alangasida ishlov berish uchun qo‘llaniladigan gaz bilan kesish postlari muqim bo‘lishi lozim. SUGda ishlaganda ular ko‘chma bo‘lishi mumkin.
34. Bevosita gaz bilan kesish posti yonida faqat bitta suyultirilgan uglevodorod gaz ballonini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
35. Muqim gaz bilan kesish postlari gaz iste’mol qilinadigan joylardagi devor, ustun va boshqa konstruksiyalarga quyidagi minimal masofalarga rioya etib o‘rnatilishi mumkin:
a) izolatsiyalangan sim va elektr kabellarigacha — 1 metr;
b) ochiq simlargacha — 2 metr.
SUGning gaz bilan kesish postlarini ochiq yerto‘la, quduq va boshqa chuqurliklargacha 10 metrdan yaqin masofaga o‘rnatish taqiqlanadi. SUGning gaz bilan kesish postigacha 25 metrdan kam masofada joylashgan yerto‘la va o‘ralarda xabarlovchisi bo‘lgan avtomatik gaz analizatorlari o‘rnatilishi, ular SUGning miqdori alangalanish quyi konsentratsiya chegarasining 20 foizidan kam bo‘lganda ishlab ketishi kerak. Quduqlar ikkita qopqoq bilan jihozlanishi hamda gaz bilan kesish postlari mexanik shikastlanishlardan muhofazalangan bo‘lishi lozim.
36. Muqim gaz bilan kesish postlari shamollatish uchun teshiklari bo‘lgan metall shkafga joylashtiriladi. Kislorod va yonuvchan gaz uchun gaz bilan kesish postlari orasidagi masofa kamida 5 metr bo‘lishi zarur. Ish paytida javon eshikchalari ochiq bo‘lishi hamda gaz bilan kesish postidan foydalanuvchi ishchi bo‘lmaganda shkaf qulflangan bo‘lishi lozim.
Gaz bilan kesish postlari javonlarining bo‘yog‘i va ulardagi ogohlantiruvchi yozuvlar belgilangan talablarga mos bo‘lishi kerak.
37. Atsetilen gaz ballonlaridan yoki atsetilen generatori va uning o‘rnida ishlatiladigan agregatlardan chiqayotgan gazlarning muqim gaz bilan kesish postlari tegishli berkitish armaturasi va yopiq turdagi suyuqlik ochib-yopqichi yoki quruq ochib-yopqich bilan jihozlanadi. Suyuqlik ochib-yopqichlari qish faslida muzlamaydigan suyuqlik bilan to‘ldiriladi.
Tabiiy gaz va SUG uchun saqlash ochib-yopqichlari o‘rniga teskari klapan o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Suyultirilgan yoki quruq turdagi saqlash ochib-yopqichlari, shuningdek teskari klapanlar loyiha bo‘yicha yasalishi va gazning qabul qilingan bosimi va sarfiga tegishli ravishda ishlatilishi lozim.
38. Gaz alanga uskunasi oldidagi yonuvchan gazlarning bosimi gaz va uskuna turiga ko‘ra o‘rnatiladi.
Atsetilen o‘rnida ishlatiladigan birinchi darajali gazlar uchun bosimning quyi chegarasi yondirgich yoki keskich tavsifida ko‘rsatilgan (3,0 kilopaskal)dan past bo‘lmasligi kerak.
39. Gaz bilan kesish postlariga tabiiy yoki SUG berishda quvurlardagi gaz bosimi 0,15 megapaskaldan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bosim 0,15 megapaskaldan ko‘p bo‘lsa, suyuqlik yoki quruq zatvor yoxud teskari klapan oldiga gazni rostlash uskunasi (reduktor) o‘rnatilishi lozim.
40. Gaz bilan kesish postini gaz bilan ta’minlaydigan ballonda bosimni pasaytirish uchun reduktor o‘rnatiladi.
41. Bitta suyuqlik yoki quruq zatvorga yoxud teskari klapanga faqat bitta keskichni ulash mumkin. Agar operator gaz bilan kesish postida bitta mashinaga xizmat ko‘rsatsa, mashinaga o‘rnatiladigan yondirgich yoki keskichlar soni faqat zatvor yoki klapanning o‘tkazish quvvati bilan cheklanadi.
42. Binodan tashqaridagi gaz ballonlari yopiladigan ikki eshikli metall shkaflarda yoki gaz ballonlarining tepa qismini berkitadigan yopiluvchan g‘iloflarda o‘rnatiladi va binoning tashqi devoriga mahkamlanadi. Shkaflarda ballonlarni o‘rnatish uchun uyalar va devorining orqa qismida bosim rostlagichini mahkamlash uchun tugun o‘rnatiladi. Shkaf va g‘iloflarda shamollatish uchun maxsus teshiklar yasaladi.
Shkaflar ichida va g‘iloflarda turgan gaz ballonlari birinchi qavat eshik va oynalaridan 0,5 metrdan kam bo‘lmagan masofada, binoning pastki qismi va yerto‘la qavatlarining eshik va oynalaridan hamda quduq va kavlangan chuqurlardan kamida 3 metr masofada o‘rnatiladi.
Gaz ballonlari uchun shkaflar va g‘ilof ostidagi gaz ballonlari cho‘kish ehtimoli bo‘lmagan, yonmaydigan asoslarga o‘rnatilgan bo‘lishi va bino poydevoriga yoki devorlariga mahkamlanishi talab etiladi.
43. Gaz ballonli qurilmalarning gaz ballonlari gaz ta’minoti tashkiloti ishchilari tomonidan o‘rnatiladi va almashtiriladi.
Loyiha hujjatlarisiz o‘rnatilgan va texnik ko‘rikdan o‘tmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
44. Iste’molchilarga ballonlar maxsus jihozlangan avtomashinalar yoki talab bo‘yicha jihozlangan oddiy bortli yuk mashinalarida yetkazib beriladi.
45. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlarni jihozlangan oddiy yuk avtomashina-lari bortida ham vertikal ham gorizontal holatda tashish mumkin.
46. Ballonlarni gorizontal holatda tashishda ularni o‘chirish moslamalarini mashina ichiga qaratilgan holatda joylashtirib, o‘z o‘lchamiga teng bo‘lgan kataklarga joylashtiriladi.
47. Ballonlar kataklarga ajratilgan yoki ularning qulashi yoxud bir-biriga urilishini istisno etuvchi maxsus kuzovli avtomashinalarda tashiladi. Shuningdek, maxsus moslamalarga ega bo‘lgan oddiy kuzovli yuk avtomashinalarida ham yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilgan holda tashishga ruxsat beriladi. Maxsus moslamalar sifatida katakli yog‘ochli brusoklar va rezina yoki arqonli halqalardan foydalaniladi.
48. SUG to‘ldirilgan ballonlarni tashuvchi maxsus va oddiy avtomashinalar kuzovining konstruksiyasi yo‘llarda harakatlanish vaqtida ballonlarning tushib ketishidan himoyalangan bo‘lishi talab etiladi.
49. Ballonlarni yuklash va tushirish ishlarini bajaruvchilar maxsus kiyim-bosh va qo‘lqoplarda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda ishlashlari zarur.
50. Ballonlarni avtomashinalardan qopqoqlarini pastga qaratgan holda tushirish, shuningdek, ularni irg‘itish qat’iyan taqiqlanadi.
51. Sig‘imi 12 litrdan ortiq bo‘lgan ballonlarni amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq himoya qopqoqlari burab yopib qo‘yilgan holda tashiladi.
52. Ballonlarni tashish yoki ularni iste’molchiga o‘rnatish vaqtida nosozlik aniqlangan holatlarda ulardan foydalanish taqiqlanadi, ballonlar gaz ta’minoti tashkiloti yoki gaz to‘ldirish stansiyasi (punkti)ga qaytariladi.
53. Ballonlarni tashish vaqtida gaz sizib chiqishi aniqlanganda nosoz ballonni zudlik bilan avtomashinadan tushirib olib, uni gazdan (imkon qadar ochiq maydonlarda, yerto‘lasi bo‘lgan binolardan uzoqroqda va boshqa xavfsiz joylarda) bo‘shatiladi va gaz ta’minoti tashkiloti yoki gaz to‘ldirish stansiyasi (punkti)ga qaytariladi.
54. Ballonlarni yuklash va tushirish, tashish va saqlashda tik holatdan qulab ketishi, shikastlanishi va ifloslanishining oldini olish choralari ko‘rilishi lozim.
55. To‘ldirilgan ballonlarni avtomashinaga yuklash hamda bo‘sh ballonlarni tushirish vaqtida avtomashina dvigateli o‘chirilgan bo‘lishi zarur.
56. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlarni o‘tkir hidli va portlovchi moddalar, shuningdek yonish jarayonini kuchaytiradigan texnik gazlar (kislorod) va radioaktiv moddalar bilan birgalikda tashish taqiqlanadi.
57. To‘ldirilgan va bo‘sh ballonlar ortilgan avtomashinani nazoratsiz qoldirish mumkin emas.
58. SUG bilan to‘ldirilgan ballonlar tashiladigan avtomashina kuzovida odamlar bo‘lishi qat’iyan taqiqlanadi.
59. SUG tashuvchi har bir avtomashinada:
dvigatelidan chiqarilgan so‘ndirgich (glushitel) mashinaning oldi tomoniga o‘tkazilgan bo‘lishi;
so‘ndirgichda uchqunni o‘chiruvchi setkasi bo‘lishi shart;
SUG bilan to‘ldirilgan ballonlarni yong‘inni o‘chirish uchun birlamchi vositalar (5 litr hajmdagi uglekislotali o‘t o‘chirgich) bilan ta’minlanmagan va yerga ulanadigan simi (zazemleniye) bo‘lmagan barcha turdagi yuk mashinalarida tashish taqiqlanadi;
avtomashina haydovchisi maxsus o‘quv kurslarida o‘qigan, attestatsiyadan o‘tgan va SUG ballonlarini tashish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishi zarur.
60. SUG to‘ldirilgan avtonom gaz ta’minoti tizimlarida o‘rnatilgan bosim ostida ishlaydigan sig‘imlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.
Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga
3-ILOVA
Nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish va signalizatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish
1. Gaz quvurlari va agregatlariga o‘rnatilgan, avtomatik boshqaruv, signalizatsiya asboblari va nazorat vositalari hamda portlashdan saqlangan elektr uskunalarini doimiy ravishda texnik nazorat qilish, ularga xizmat ko‘rsatish, joriy va mukammal ta’mirlash ishlari tashkilotlar (ularning egalari) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Impuls gaz tarmoqlari va berkitish armaturasining germetikligini tekshirish ishlari gaz jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida bajariladi.
3. O‘lchov vositalari, avtomatik boshqaruv va signalizatsiya tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining hajmi va muddatlari ishlab chiqaruvchi zavodlarning foydalanish yo‘riqnomasida belgilanadi.
4. Nazorat-o‘lchov asboblarining sozligi va to‘g‘ri ko‘rsatayotganligini aniqlash amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajariladi.
Nazorat-o‘lchov asboblarining to‘g‘ri va soz ishlayotganligini tekshirib turish uchun prujinali manometr ostiga uch yo‘nalishli jo‘mrak o‘rnatiladi.
5. O‘lchov vositalari quyidagi muddatlarda majburiy davriy davlat qiyoslov tekshiruvidan o‘tkaziladi:
ko‘rsatuvchi, masofadan boshqariladigan manometrlar — yiliga kamida bir marta;
SUG ballonlarini nazorat tariqasida tortib ko‘rish uchun foydalaniladigan og‘irlikni o‘lchash asboblari — yiliga kamida bir marta;
ko‘chmas va ko‘chma gazanalizatorlar — yiliga kamida ikki marta;
etalon qadoq toshlar — yiliga kamida bir marta.
Yuqorida keltirilgan nazorat-o‘lchov asboblari mukammal ta’mirlangandan keyin ham davlat qiyoslash tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim.
6. Tamg‘asi bo‘lmagan, tekshirish muddati o‘tib ketgan, shikastlangan yoki o‘chirilganda shkalaning ko‘rsatkichi “nolga” qaytmagan o‘lchash vositalaridan foydalanish mumkin emas.
7. Ko‘rsatuvchi manometrlarning tsiferblati yoki korpusida ishchi bosimiga mos keluvchi shkalaning ko‘rsatkichi bo‘yoq bilan ko‘rsatib qo‘yiladi.
8. Xavfsizlik avtomatik qurilmalari va signalizatsiya vositalarining o‘rnatilgan ishlab ketish ko‘rsatkichlari sozlash tashkilotining texnik hisobotida ko‘rsatilgan parametrlarga mos bo‘lishi (gaz analizatorlari xonada gazning xavfli konsentratsiya miqdori yuzaga kelganda ishlab ketishi) kerak.
9. Himoya, blokirovka va signalizatsiya qurilmalarining ishlab ketishi, ishlab chiqaruvchi zavodlarning yo‘riqnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda, lekin oyiga kamida bir marta tekshiriladi va bu haqda ixtiyoriy ko‘rinishdagi jurnalga qayd etiladi.
10. Gazlanganlikni nazorat qiluvchi gaz signalizatorlarining belgilangan parametrlarga mosligini tekshiruvi nazorat gaz aralashmasi yordamida bajariladi. Gazosignalizator yaroqliligini xonani gazlashtirish orqali tekshirish taqiqlanadi.
11. Loyihada ko‘zda tutilgan blokirovka va signalizatsiya, nazorat-o‘lchov asboblarini o‘chirib qo‘ygan holda gaz jihozlaridan foydalanish taqiqlanadi.
12. Ta’mirlash yoki tekshirish uchun olingan asboblar o‘rniga zudlik bilan aynan shunga o‘xshash, shu jumladan ishlatish sharoiti ham o‘xshash bo‘lgan asboblar bilan almashtiriladi.
13. Zarur holatlarda va istisno tariqasida (blokirovka, signalizatsiya yoki nazorat-o‘lchov asboblari ishlamaganda) tashkilot rahbarining yozma ruxsati bilan qisqa muddatda ayrim qurilma va agregatlarning himoyasini uzib qo‘ygan holda ishlatishga ruxsat etiladi. Bunda ishlarni xavfsiz va bexatar olib borish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi.
14. Gazlanganlikni aniqlovchi uzluksiz ishlaydigan gazosignalizatorlarni almashtirishdan oldin ishlab chiqarish xonalari havosidagi gaz miqdori ish smenasining har o‘ttiz daqiqasida ko‘chma asboblar bilan nazorat qilib boriladi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish