BOLALARDA QADDI-QOMATNI SHAKILLANTIRISH V Bajardi: FOZILOV ABDULLA Qaddi-qomatning rivojlanishi - Qaddi-qomatning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib ota-onalar, shifokorlar, pedagoglar, tarbiyachilardan doimiy e’tiborni talab qiladi. Kelishgan, chiroyli qaddi-qomat, avvalambor, bosh va umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri joylashishi, kurak va yelkaning simmetrik holati, belning bir xil uchburchagi, dumba burmasining joylashuvi, umurtqa do‘mboq o‘sigining vertikal holati, umurtqaning fiziologik burilishlari hamda qo‘l-oyoqlarning bir xil uzunligi va oyoq panjasining bir xil holatidir.
Bolalarda qaddi-qomatning to‘g‘riligini tekshirish - – E’tibor bilan qaraganda, bu oson. Bolani yechintirib turgan holatda yonbosh tarafdan qarab tekshiriladi (1,5-2,0 metr o‘zingizdan uzoqroqda, xona issiq va yorug‘ bo‘lishi maqsadga muvofiqdir). Tekshirish paytida, albatta, boshni tutib turish, oldinga yoki orqaga egilganligi, ko‘krak qafasi formasi, qorin chizig‘i, tizza bo‘g‘imi bukilmasi, umurtqaning bo‘yin, ko‘krak va bel egriligi rivojlanganiga e’tibor qilish kerak.
Qaddi-qomatning nuqsonlari - Qaddi-qomatning orqa – sohasi yumaloq – bel turi mavjud. Bu tur bolaning tez rivojlanishi paytida muskul-boylam sistemasi kuchsizligi natijasida kuzatiladi. Gavdaning orqa qismida ko‘krak sohasida umurtqa tekis holda ko‘rinadi. Kurak qanotsimon shaklda, yelka sohasi osilgan, bosh oldinga egilgan, qorin esa oldinga chiqqan holatda ko‘rinadi (qorin muskuli yaxshi rivojlanmaganligi tufayli qorin otopiyasi vujudga keladi). Bunday nuqsonlar ko‘pincha 9-13 yoshli qiz bolalarda uchraydi.
Qaddi-qomatning orqa sohasi tekis – bel turi farqlanib, bu nuqsonda umurtqaning hamma fiziologik egriliklari silliq, tekis bo‘ladi va umurtqaning egiluvchanlik xususiyati kamayishiga sabab bo‘ladi. Qaddi-qomatning orqa sohasi tekis – bel turi farqlanib, bu nuqsonda umurtqaning hamma fiziologik egriliklari silliq, tekis bo‘ladi va umurtqaning egiluvchanlik xususiyati kamayishiga sabab bo‘ladi. Skolioz - Bolalardagi qaddi-qomatning nuqsonlaridan biri skolioz kasalligidir. Bu kasallik umurtqaning o‘ng yoki chap yon tarafga qiyshayishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu faqat umurtqa pog‘onasi kasalligi emas, balki bir butun organizmda chuqur o‘zgarishlar bo‘lishi bilan farqlanadi.
- Bu kasallik sekin rivojlanadi, bezovta qilmagani uchun kech aniqlanadi. Shuning uchun ham uni davolash nihoyatda qiyin kechadi, bu kasallikni ba’zan bartaraf etish mumkin emas. Bola bu kasallikda tez charchaydi, ko‘proq o‘tirgan va yurgan payti umurtqa pog‘onasida og‘riq sezadi.
Qaddi-qomat profilaktikasi uchun albatta, 2-3 yoshdan boshlab kompleks gimnastika mashqlariga e’tibor berish kerak. 3 yoshdan boshlab chanada yoki chang‘i uchishni o‘rgatish foydadan holi bo‘lmaydi. - Qaddi-qomat profilaktikasi uchun albatta, 2-3 yoshdan boshlab kompleks gimnastika mashqlariga e’tibor berish kerak. 3 yoshdan boshlab chanada yoki chang‘i uchishni o‘rgatish foydadan holi bo‘lmaydi.
- Eng asosiy masala – bolaning poyabzaliga qaratilishi zarur. Oyoq kiyimlari katta ham, kichik ham bo‘lmasligi kerak. Agar yassi oyoqlilik mavjud bo‘lsa, albatta stelka-supinator bilan poyabzal kiyish tavsiya etiladi.
- Bola stulda dars qilayotgan payti bir oyog‘ini tagiga qo‘yib o‘tirmasligi kerak, chunki bunda tana mutanosibligi buziladi va umurtqa pog‘onasi noto‘g‘ri rivojlana boshlaydi. Bolaning yon boshlab kitob mutolaa qilishi taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |