“TASDIQLAYMAN”
G’ijduvon tumani 61-maktabgacha
Ta’lim muassasasi direktori:
__________ R.Qurbonova 15 03 2022yil
G’ijduvon tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 61 –DMTT da “Kitob - mening baxtim” to’g’risidagi
BAYONNOMASI №____
15.03.2022 G’ijduvon tumani
Yig’ilish raisi: R.Qurbonova
Yig’ilish kotibi: I,Kenjayeva
Ishtirok etganlar: tashkilot xodimlari
Kun tartibi: 1. “Kitob - mening baxtim”to’g’risida ESHITILDI.
Masala yuzasidan tashkilot direktori R,Qurbonova so’zga chiqib «Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz. Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh” yanglig’ o’qigan kitobi yillar o’tsa-da hayotda albatta asqotadi.
Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog’liq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob o’qish masalasi yoshlar orasida keng targ’ib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi.
Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizning barcha kutubxonalari kitobxonlar bilan to'lgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Tan olaman, oldinlari men ham ba'zi yoshlar singari virtual olamda "suzganman" . Lekin hozirgi paytda menda ham kitobga bo'lgan qiziqish juda ortdi.
QAROR QILADI
1.Kun tartibida ko’rilgan masala ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.Ushbu qaror ijrosinazoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilish raisi: R.Qurbonova
Yig’ilish kotibi: I.Kenjayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |