S oya teatri.
REJA:
1. Soya teatr turlari haqida ma`lumot.
2. Soya teatri va jihozlarini yasash haqida ma`lumot.
3.Bajarish usuli.
Tayanch so`z va iboralar: shirma,ekran,sahna,personaj.
Soya teatri — qo'g'irchoq teatrining o'ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda qo'g'irchoqlar emas, balki shakilardan iborat o'yinchoqlar o'ynaydi. Tomosha qiluvchilar sahna ro'parasida o'tirib, ekranda yorug'lik orqaii harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko'rishi mumkin. Soya teatri uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o'zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllar boshlari, dumlarini qimirlatadigan qilishni o'rgatish kerak, buning uchun tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo'yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o'yinchoqlarni shablon yordamida yoki o'zlari o'ylab, soya chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so'ng figuraga ko'zini qilish kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko'z o'rnini o'tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo'yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog'oz bilan ko'zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo'yoq aralashtirib ko'zini chizib qo'yishlari mumkin.
Teatrni ko'rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog'ozidan 2x1,5 metrli ramkaga sirib tayyorlaydi.
B uning uchun 100 voltli lampa kerak. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichi qora rangga bo'yaladi. Tarang qilib sirilgan matoga qog'ozdan dekoratsiya jihozini applikatsiya qilib qo'yish mumkin. Bolalar o'zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko'rib, shodliklari beqiyos bo'ladiki, ularning kichik shakllari mo'jiza kabi ko'rinadi. Soya teatrini bolalarga kattalar qo'yib beradilar. Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib, ekran yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So'ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab, uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin u qora guash bilan bo'yaladi va qirqiladi. So'ngra yorug'lik tushirilib, sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi.
Savollar:
1. Soya teatrining qanday turlari mavjud?
2. Ularning bajarilish jarayoni qanday?
Topshiriqlar:
1. “Bolajon”tayanch dasturidagi “bolalar adabiyoti” bo`limida o`rgatiladigan ertaklar asosida ertak qahramonlarini andozasini tayyorlang.
2. Andoza asosida ertak qahramonlarini yasang.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.M.SH.Nurmatova,Sh.F.Hasanova,D.E.Azimova”Ustaxonada amaliy mashg`ulot”.”O`quv qo`llanma”.Toshkent-2010 .
2.A.Murodova “O`yinchoqlar yasash san`ati”Toshkent 2008y.
3.R.Mavlonova,M.Satbayeva.O`quv ustaxonasida amaliy mashg`ulot.T.Ilm-ziyo.2011y.
4.”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi.
Toshkent 2018-y.
5.N.Egamov “o`zingiz qirqing va yasang”Toshkent
6.Yu.G.Karamenko “Kukolniy teatr-doshkol`nikam”M.Prosvesheniy.1982.
Do'stlaringiz bilan baham: |