Barmoq teatri.
REJA:
1. Barmoq teatr turlari haqida ma`lumot.
2. Barmoq teatri va jihozlarini yasash haqida ma`lumot.
3.Bajarish usuli.
Tayanch so`z va iboralar:
Yoz oyida bolalarning o'z qo'llari bilan yasagan o'yinchoqlaridan o'yinchoq teatrlari, stol va barmoq teatrlari tashkil qilganda foydalanish mumkin. Bunda bolalar nafaqat oddiy tomoshabin bo'lib qolmasdan, ular mehnat qiluvchi, ijodkorga aylanib, o'zlaridan kichik ukalariga teatr ko'rsatish bilan ularni xursand qiladilar.
Barmoq teatri qahramonlarini qog'ozdan yasash mumkin. Bu kichik konus va silindr shaklidagi barmoqqa kiyish uchun yasalgan.
Qog'ozdan odam, hayvonlarning kichik shaklida barmoqqa tasvirini tayyorlab, uni barmoqqa qog'ozdan uzuk shaklida yasalgan qog'oz halqaga yelimlanadi va barmoqqa kiyib olinadi. Teatr qahramonlarini kichik qutichalardan ham yasash mumkin. Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga xohlagan qiyofa berish mumkin. Qutichaning qulay tomonidan barmoq sig'adigan kichik teshikcha qilib qo'yiladi, masalan: gugurt qutisidan, kublardan, dumaloq shakldagi qutichalardan va boshqalardan.
Barmoq teatri uchun turli xil gazlamalardan foydalanish ancha keng tarqalgan. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va uni teskari tomonidan tikib, so'ngra o'ngiga ag'dariladi, qolgan joyi tikib chiqiladi. Bolalarga andozaning teskari tomonidan tikishni, ko'z, qosh, burun, og'iz kabilarni tikish yoki yopishtirish kerakligini aytib, ularni bajarishga undash mumkin. Bolalar mustaqil soch, jiyak, lenta va to'rdan bezaklarni o'zlari tikadilar. Porolondan ham barmoq teatri qahramonlarini yasash mumkin. Porolondan turli qahramonlarning bosh qisrnini tayyorlab, barmoqqa kiygazish joyini qilib, qahramonlarni bezatishda matolardan ham foydalanish mumkin. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari ishtirokida barmoqqa kiyish uchun qahramonni barmoqqamos qilib bichib, usti tomonidan «halqa» choki bilan, ba'zan esa to'g'ri chok bilan ichki tomonidan tikib,o'ngi tomoniga o'giriladi. Detallarni bolalar o'zlari tugmacha, jun iplar yordamida jihozlaydilar.
Barmoq teatrini qog'oz quyqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog'ozdan silindr yasab, barmoqqa mos qilib qog'oz quyqani silindrga kirgiziladi, so'ng xohlagan shaklni yasash mumkin. Qurigandan keyin bosh qismlar bo'yaladi. Ularga ba'zi detallarni qog'ozdan qirqib, yelimlab qo'ysa ham bo'ladi. Masalan: quloqlarni, ko'zlarni tugmachadan, matolardan, turli iplardan sochlarni qilish mumkin. Bunday o'yinchoqlarni katta maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil bajaradilar. Kartonga chizib qirqilgan shakllardan: qizcha qushcha, hayvonlar boshining orqa tomoniga kichik karton kog'oz qoldig'idan barmoq sig'gulik qilib yopishtirib qo'yish mumkin.
Barmoq teatri boshqa teatrlar kabidir, lekin uning farqi shundaki, har bir ertak qahramonlarini bolalarning barmoqlariga mos kichik, yoki ertak ko'rsatuvchining barmog'iga to'g'ri keladigan qilib tayyorlanadi.
Savollar:
1. Barmoq teatrining qanday turlari mavjud?
2. Ularning bajarilish jarayoni qanday?
Topshiriqlar:
1. “Bolajon”tayanch dasturidagi “bolalar adabiyoti” bo`limida o`rgatiladigan ertaklar asosida ertak qahramonlarini andozasini tayyorlang.
2. Andoza asosida ertak qahramonlarini yasang.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.M.SH.Nurmatova,Sh.F.Hasanova,D.E.Azimova”Ustaxonada amaliy mashg`ulot”.”O`quv qo`llanma”.Toshkent-2010 .
2.A.Murodova “O`yinchoqlar yasash san`ati”Toshkent 2008y.
3.R.Mavlonova,M.Satbayeva.O`quv ustaxonasida amaliy mashg`ulot.T.Ilm-ziyo.2011y.
4.”Ilk qadam” dalat o’quv dasturi.
Toshkent 2018 y.
5.N.Egamov “o`zingiz qirqing va yasang”Toshkent
6.Yu.G.Karamenko “Kukolniy teatr-doshkol`nikam”M.Prosvesheniy.1982.
Do'stlaringiz bilan baham: |