YUMSHOQ O'YINCHOQLAR TAYYORLASH.
Reja.
1.Yumshoq o`yinchoq haqida ma`lumot.
2.Yumshoq o`yinchoq uchun kerakli jihozlar.
3.Yumshoq o`yinchoqning bajarilish jarayoni.
Tayanch so`z va iboralar:gazlama,g`altak,akvarel,detal,ipakli ip,shifon,
shoyi, sun'iy va tabiiy jun,bigiz,paxta,igna.
Hozirgi paytda yumshoq o'yinchoqlarga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Shunga ko'ra, biz maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ishlarini yengillashtirish maqsadida asosan qo'g'irchoq teatri to'garaklarida qo'llanib kelinayotgan o'yinchoqlar namunasini e'tiboringizga havola etishni lozim topdik. Bu o'yinchoqlar tarkibiga, bezaklariga sharoitdan kelib chiqib ayrim o'zgarishlar kiritishingiz mumkin. O'yinchoqlarni berilgan katakchalar yordamida 2, 3, 4 va bir necha marta kattalashtirib andozani unga ko'ra tayyorlash qulaydir. Tikish usullarini esa, yaxshi bilasiz. Har bir o'yinchoqning qismlari bir-biriga tikilgach, ichki qismlarini tashqariga ag'darishni unutmang. Lekin uning ichiga esa gazlama bo'laklari, qiyqimlar, paxta tiqilishi mumkin. Ayrim o'yinchoqlarning old va orqa oyoqlari mahkam turishi uchun simdan karkas sifatida foydalaniladi. Ko'z, shoxchalarni yog'ochdan ham tayyorlash mumkin. Ba'zan ko'z sifatida chiroyli tugmachalardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur detallar kartondan yasaladigan bo'lsa, guash, akvarelda bo'yalib, ustidan lak qoplanadi.
Kerakli asboblar:
Ignalarning turli katta-kichiklari.
G'altakli turli rangdagi iplar.
Rangli mulina iplari.
Turli rangdagi ipakli iplar.
6 dona qaychi.
Bigiz.
1 dona omburi.
Dazmol.
Yog'ochli, temirli tayoqcha (paxta to'ldirish uchun)
Tikuv mashinasi.
Oddiy qalamlar.
Loy yasashda ishlatiladigan tayoqcha.
Rasm chizish uchun mo'yqalamlar.
2 dona doiraviy ombur.
Har xil kattalikdagi igna.
Har xil rangdagi turli qalinlikdagi 10, 40, 50, 60- iplar.
Har xil rangdagi ipak ip.
Dag'al iplar.
Yumshoq jag'li ombur.
O'tkir jag'li ombur.
Angishvona.
Dumaloq yog'och (paxta tikish uchun).
Qalam.
Kerakli ashyolar:
Yumshoqo'yinchoquchun: ilojiborichayanglimatoyokiavvaldanyuvib, dazmollangansatin, duxoba, shtapil, pahmoq, chit, junlimatolartanlanadi.
O'yinchoq hayvonlarni tayyorlash uchun: sun'iy va tabiiy jun matolaridan foydalaniladi. Tana, yuz ko'rinishlarini tasvirlovchi qo'g'irchoq o'yinchoqlar uchun: shifon, shoyi matolar. Yuz uchun:och pushti, och jigarrang matodan olinadi.
Kiyimlari uchun: rangli matolar. Soch uchun: sun'iy iplar, viskoza, qismlarni biriktirishda 1—2 mm yumshoq simlardan o'yinchoqlarni jihozlashda, har xil tugmacha, marjon, lentachalar, shnurlar hamda qoralama tayyorlash uchun plastilin zarur. O'yin'choq ichini paxta, sintefon, trikotaj chiqindilari, averlo tikishda chiqqan qirindilar, yog'ochdan chiqqan qipiq bilan to'ldirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |