18-30 yoshdagi xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini mustahkamlash, ularni oilaviy hayotga tayyorlash.
|
1. Mahallada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish.
2. Nikoh yoshidagilar o‘rtasida “Tibbiy ko‘rikning ahamiyati” mavzusida tibbiy mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari tashkil qilish.
3. Mahallada oila quruvchi yoshlarni qonuniy nikohini rasmiylashtirish bo‘yicha doimiy targ‘ibot ishlarini olib borish.
4. Namunali oilalarning vakillari ishtirokida “Oila muqaddas”ligi haqida aholi, ayniqsa, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish.
|
25 iyul
reja asosida
doimiy
alohida grafik asosida
|
14-OP, yoshlar ishlari agentligi,
pedagog-psixologlar,
xudud profilaktika inspektori, Xotin-qizlar bilan ishlash inspektori,
mahalla qoshidagi komissiyalar va jamoatchilik tuzilmalari
|
|
Xududdagi 39-maktabda joylashgan “Ayollar maslahat kengashi” tomonidan mahalladagi xotin-qizlarni ijtimoiy, ma’naviy-huquqiy hamda psixologik yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlarni tashkil etish.
|
1. Oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib borish orqali tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni aniqlash, ularni qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda “Himoya orderi”ga tavsiya etish.
2. Ayollarning davlat va jamiyatdagi siyosiy rolini va faolligini oshirish maqsadida bandligini ta’minlash, tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanish istaklarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonligini yuksaltirishga yo‘naltirilgan seminarlar tashkil etish.
3. Ehtiyojmand va kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlaridan samarali foydalangan holda ularni ushbu toifadan chiqarish chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish.
4. 1 nafar uy-joyga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarga uy-joy ajratish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, sektor rahbarlari va mahalliy hokimlik bilan hamkorlikda ijtimoiy-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish, mas’ul va manfaatdor tashkilot va idoralarga taqdimnomalar kiritish.
5. Amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini belgilash (“Ayollar daftari”ga kiritish) maqsadida mahallada hisobot yig‘ilishlarini o‘tkazib borish.
|
holat aniqlangan taqdirda
reja asosida
1 iyundan doimiy
25 iyundan doimiy
har oyda
|
IIB Xotin-qizlar bilan ishlash inspektori, “Ayollar maslahat kengashi”, mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla profilaktika inspektori, otinoyi va psixologlar
|
|
Mahalla fuqarolar yig‘inidagi boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqib amalga oshirish.
|
1. Boquvchisini yo‘qotgan oilalardagi mehnatga layoqatli a’zolarni haq to‘lanadigan doimiy ish o‘rinlariga joylashtirishga ko‘maklishish.
2. Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritish orqali manzilli yordam ko‘rsatish.
3. 8 nafar boquvchisini yo‘qotgan oilalarga qonunchilikda belgilangan tartibda va berilgan imtiyozlar doirasida pensiya va nafaqa tayinlashda yordam ko‘rsatish.
4. Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 18 nafar farzandlarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama va to‘laqonli kamol topishi, bilim olishi va rivojlanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.
|
doimiy
reja asosida
1 iyul
doimiy
|
Oila va xotin-qizlar bo‘limi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xudud inspektori, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, mahalladagi hokim yordamchisi
|
|
|