IV. Yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarga, xotin-qizlarga
ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish
|
Mahallada 2 yoshgacha bola parvarishida bo‘lgan 38 nafar onalar uchun bolalar shifokori yordamida bolalar parvarishida zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
1. Mahalladagi 14-OP xodimlari bilan birgalikda xomilador ayollarga va yosh onalarga xomiladorlik davrida va farzand tug‘ilganidan keyingi davrda muhim bo‘lgan vazifalar haqida maslahatlar berishni yo‘lga qo‘yish.
2. Tibbiyot xodimlari bilan birgalikda yosh onalarga bolalarni emlash ishlarini sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.
3. “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”, “Buvijonlar maktabi”,
“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmalari hamda mutaxassis-psixologlar yordamida yosh kelinchaklarga oilaviy munosabatlar, ichki muhit, ro‘zg‘or tutish, saranjomlik borasida hamda bola parvarishi bilan bog‘liq masalalarda maslahat va ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
4. 2 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi munosabati bilan mehnat ta’tilida bo‘lgan onalarni oilaviy sharoitini o‘rganib borish, normativ-hujjatlar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi onalarga nafaqa pullarini tayinlashga ko‘maklashish.
5. “Bola rivojlanishida ko‘krak sutining ahamiyati”, “Istalmagan homiladorlikning oldini olish“, ”Kontrasepsiya vositalarining afzalliklari” mavzusida yosh kelinchaklar va onalar bilan davra suhbatlarini tashkil etish.
|
25 may
30 aprel
30 may
doimiy
iyun oyidan boshlab reja asosida
|
14- OP, psixologlar,
mahalla otinoyisi,
mahalla qoshidagi jamoatchilik tuzilmalar rahbarlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari
|
|
Mahallada 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan qizlarni ta’lim-tarbiyasi, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan farzandlar bilan ishlash tizimidagi va suisidal muammolarni bartaraf etish
|
1. Ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, mahalladagi 7-17 yoshdagi qiz bolalarning ro‘yxatlarini shakllantirish va mahallaga ma’lumot berish tizimini yo‘lga qo‘yish.
2. Maktabda o‘quvchi qizlarning ta’lim jarayonlaridan tashqari bo‘sh vaqtlarida tikuvchilik, kashtachilik, gilam to‘qish, rassomchilik kabi to‘garaklarga jalb qilish choralarini ko‘rish.
3. Pedagog-psixologlar yordamida o‘quvchi qizlar o‘rtasida turli mavzularda so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tushkunlikka tushgan, o‘zining ichki kechinmalari bilan bo‘lib odamovi, kamgap va yolg‘izlanuvchi qizlarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazish, muammolarini bartaraf etish choralarni ko‘rish, turli ko‘rik-tanlovlar, musobaqalarga jalb etish orqali sog‘lom va jo‘shqin hayotga qaytarish choralarini ko‘rish.
4. Bunday farzandlar tarbiyalanayotgan oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishning amaliy choralarini ko‘rish.
|
5 aprel
doimiy
doimiy
doimiy
|
Xududdagi 14-OP Yoshlar ishlari agentligi yetakchisi, pedagog-psixologlar, mahalla qoshidagi komissiyalar va jamoatchilik tuzilmalari
|
|
Mahallada yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish.
|
1. Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan
xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantirish.
2. Ushbu toifadagi xotin-qizlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish.
3. 7 nafar nogironligi bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarni reabilitasiya vositalari bilan ta’minlash.
4. 14 nafar xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlashning barcha amaliy choralarini belgilash.
5. Amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini belgilash (“Ayollar daftari”ga kiritish) maqsadida mahallada hisobot yig‘ilishlarini o‘tkazib borish.
|
10 aprel
doimiy
alohida reja asosida
doimiy
har oyda
|
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xudud inspektori,
Oila va xotin-qizlar bo‘limi,
mas’ul va manfaatdor tashkilot va idoralar
|
|
Fuqarolar yig‘inidagi nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ishlash layoqatiga ega oila a’zolarini bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishga ko‘maklashish.
|
1. Tibbiyot muassasasi xodimlari yordamida 2 nafar nogironligi bo‘lgan ayolning nogironlik darajasini aniqlash.
2. 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritish orqali manzilli yordam ko‘rsatish.
|
15 aprel
20 aprel
10 may
|
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xudud inspektori , Tibbiyot birlashmasi, Savdo-sanoat palatasi
|
|
Mahallada mavjud bo‘lgan 57-son maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning parvarishi, ularning sog‘lom oilada kamol topishi, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanishini nazoratga olish.
|
1. 3-6 yoshdagi bolalari bor oilalar ro‘yxatlarini shakllantirish.
2. Ushbu oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, iqtisodiy muammolar, ota-onalarning farzand tarbiyasi bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarish ahvolini komissiyalar, jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda o‘rganish.
3. Bunday oilalarda iqtisodiy tanglikni kelib chiqishining oldini olish maqsadida bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish orqali onalarni doimiy mehnat faoliyatini davom ettirishga yo‘l ochib berish.
4. Og‘ir vaziyatga tushib qolgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini bepul maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish, ota-onalarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashning mavjud mexanizmlaridan samarali foydalangan holda ushbu toifadan chiqib ketishlariga amaliy yordam ko‘rsatish.
5. Amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib borish, mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida mahallada muhokama qilib borish.
|
25 aprel
15 may
doimiy
doimiy
har oyda
|
Xududdagi maktabgacha ta’lim bo‘limi, hudud 14-OP , pedagog-psixologlar, mahalla otinoyisi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari
|
|
|