Op. №
|
Ijrochi va ish joyi
|
Texnik sharoit va ishning mazmuni
|
1
|
2/Pr
|
Karterga xavo kirish trubkasini ajratib,qalpoq bilan berkitish, yoki klapan qopqog‘idagi teshiklarni probka bilan, hamda moy shupi teshigini shunday berkitish kerakki, ortiqcha havo faqat moy quyish bo‘g‘izidan chiqsin.
|
2
|
2/Pr
|
KИ-4887-1 pribori so‘ruvchi shlangini vakuum-nasosga, yoki dvigatelning chiqarish kollektoriga ulash.
|
3
|
2/К, 1/Рt
|
Dvigatelni ishga tushirish va uni qizdirib, yuqori yuklama rejimida ishlatish.
|
4
|
1/L
|
Xarakatlanuvchi vtulkani burib, drossel darchasini butunlay ochish va KИ-4887-1 pribori zaslonkasini burib, chiqarish trubkasi drosselini ochish.
|
5
|
1/L
|
Karterdan chiqqan gaz miqdorini aniqlash. Buning uchun moy quyish bo‘g‘izidan priborning kiritish kollektoriga so‘ruvchi konusli uchligi ulanadi va gaz so‘rib olish bilan sarfi o‘lchanadi. Bu paytda pribor vertikal xolatda bo‘lib, zaslonkani burib, o‘ng va chap kanallardagi suyuqlik satxi bir xil qilinadi. So‘ngra o‘rta va o‘ng kanallar suyuqlik satxini kuzatib turib, qo‘l bilan suriladigan vtulkani aylantirib, suyuqlik satxi 15 mm suv ustuniga kamaytiriladi. Bu ishni amalga oshirganda chap va o‘rta kanallarda ham suyuqlik ustuni satxi tushib ketmasligi uchun, zaslonka burab bir xil satx saqlanadi. Xarakatlanuvchi vtulka shkalasi bo‘yicha karter gazlari sarfi aniqlanadi. Operatsiyani 3...5 marotaba o‘tkazib, uchta o‘lchovi olinadi. Nominal, ruxsat etilgan gaz sarfi jadvalda keltirilgan.
|
6
|
1/Pr
|
Dvigatel karteri ventilyasiya trubkasini ulash.
|
7
|
1/L
|
4 va 5 operatsiyani qaytarib, karterdan chiqayotgan gaz sarfini o‘lchash.
|
8
|
1/Pt
|
5 va 7 operatsiyadagi o‘lchovlar farqi bo‘yicha karterning ventilyasiya tizimidan so‘rilayotgan gaz miqdorini aniqlash.
|
9
|
2/Pr
|
Dvigatelni to‘xtatish.
|
10
|
1
|
Silindr-porshen guruxi va karter ventilyasiyasi xolati aniqlanib, jurnalga yozib qo‘yiladi.
|
11
|
2
|
Yeyilib, nuqsoni bo‘lgan dvigateldan karter ventilyasiya tizimi trubkasini ajratib, probka bilan berkitish.
|
12
|
2
|
Yuqori kuchlanishli simini ajratish bilan, bir o‘t oldirish svechasi o‘chiriladi.
|
13
|
1
|
Beshta silindrda ishlab turgan dvigateldan, 3, 4 va 5 operasiya shartlari asosida karterdan chiqayotgan gaz miqdori o‘lchaniladi.
|
14
|
2
|
Dvigatelni to‘xtatib, trubka va elektr simi joylariga ulanadi.
|
15
|
2
|
Germetiklangan probkalar va kalpaklar chiqarmay turib, dvigateldan KИ-4887-1 pribori ajratilinadi.
|
16
|
1
|
5 va 13 operatsiyalar o‘rtacha qiymatlarini xisoblash asosida dvigatelning ishlamagan silindri, silindr-porshen xolatini aniqlash.
|