yapon tili uchun – B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori; boshqa tillar uchun – B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (ingliz, fransuz, nemis va yapon tillarida o‘qigan) tamomlab, universitetda faoliyat olib borayotgan professor- o‘qituvchilarga ushbu bandda nazarda tutilgan eng yuqori ball beriladi.
Izoh: Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ushbu banddagi ballni olishi uchun S1 va unga tenglashtirilgan sertifikat talab etiladi. Hamda TOLES (Test Of Legal English Skills)ning Higher yoki Advanced darajasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Chop etilgan maqola «Scopus» xalqaro ilmiy texnik bazasida indeksatsiyalanganligi Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limitomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Maqola hammualliflikda yozilganda jami ballar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.
Professor-o‘qituvchi tomonidan yakka mualliflikda 6 oyda 1 ta «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik bazasiga kiruvchi jurnalda maqola chop etilib, indeksatsiyalanganligi uchun 8 ball; «Web of Science» xalqaro ilmiy-texnik bazasiga kiruvchi jurnalda maqola chop etilib, indeksatsiyalanganligi uchun 4 ball; «Google Scholar» (yoki yuqori impakt faktorli (5 dan yuqori)) xalqaro ilmiy-texnik bazasiga kiruvchi jurnalda maqola chop etilib, indeksatsiyalanganligi uchun 3 ball beriladi.
Izoh: Hammualliflar ulushi 4 ta bo‘lsa – 3,75 ball (15/4) belgilanadi. Agar hammualliflar soni 3 ta bo‘lsa – 5,0 ball (15/3), 5 ta bo‘lsa – 3,0 ball (15/5) vah.k.
8
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish hamda xalqaro fan
olimpiadalari g‘oliblari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyati tayyorlashdagi faol ishtiroki
bir kalendar yil davomida
5
Bajarilgan ishlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar asosida Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi va baholanadi.
Izoh: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish hamda xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyati tayyorlashdagi faol ishtiroki hammualliflikdagi ilmiy maqolalari, halqaro sertifikatlar va guvohnomalar eng yuqori ball berilishiga asos bo‘ladi.
9.
Xorijiy hammualliflar bilan birgalikda maqola chop etilganligi