T/r
|
Amalga oshiriladigan ishlar
|
Natijalarni hisoblab borish muddati
|
Ball
|
Ballarni hisoblash metodikasi
|
O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar 0-30
|
1.
|
Sifatli o‘quv kontentlari tayyorlanganligi va ularning muntazam yangilanib borilganligi
|
olti oy
|
0-5
|
Sifatli o‘quv kontentlari tayyorlanganligi va ularning muntazam yangilanib borilganligi Maxsus komissiya tomonidan har bir professor-o‘qituvchi kesimida belgilangan talablar asosida kontent miqdori va sifati ko‘rib chiqilgan holda baholanadi.
Jami ballar tegishli kafedra mudiri bilan kelishilgan holda tayyorlangan kontentlar sifati va miqdori hammualliflar ulushini hisobga olib taqsimlanadi.
Izoh:
Bitta fan bo‘yicha to‘liq kontent (ma’ruza matni, savol va kazuslar, tarqatma
materiallar, videodars) tayyorlaganligi uchun –5 ball;
Ikkitagacha fan kontentining bir qismini tayyorlaganligi uchun – 2 ball;
Uchta va undan ortiq fan kontenti bir qismini tayyorlaganligi uchun – 4 ball. O‘quv kontentlari miqdori qancha bo‘lishidan qat’iy nazar maksimal 5 ballgacha belgilanadi.
|
2.
|
Darslik chop etilganligi
|
bir yil
|
0-6
|
Professor-o‘qituvchilar tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanib chop qilingan hamda ushbu darslik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘quv adabiyotlariga nashr ruxsatnomasi mavjudligi Maxsus komissiya tomonidan baholash uchun asos hisoblanadi.
Darslik hammualliflikda yozilganda ballar mualliflar o‘rtasida quyidagicha belgilanadi:
6 va undan ko‘proq bosma taboq uchun – 6 ball; 4-5 bosma taboq uchun – 4 ball;
2-3 bosma taboq uchun – 2 ball;
Izoh: 1 bosma taboq 14 shrift, 1,5 intervaldagi abzats bilan 16 betlik matnni tashkil etadi. Chop etilgan darsliklar sonidan qat’iy nazar maksimal 6,0 ballgacha belgilanadi.
|
3.
|
O‘quv qo‘llanma chop etilganligi
|
bir yil
|
0-2
|
Professor-o‘qituvchilari tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanib chop qilingan hamda ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘quv adabiyotlariga nashr ruxsatnomasi (ko‘rsatilgan sanasi hisobga olinadi) mavjudligi Maxsus komissiya tomonidan baholash uchun asos hisoblanadi.
Izoh: O‘quv qo‘llanma hammualliflikda yozilganda hamualliflar soni 2 nafar bo‘lsa har biriga 1 balldan, 2 nafardan ortiq holatlarda 0,5 balldan belgilanadi.
Chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar sonidan qat’iy nazar maksimal 2,0 ballgacha belgilanadi
|
4.
|
O‘qitish sifati darajasi (semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan talabalar o‘rtasidagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra)
|
olti oy
|
|