Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.
2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
“Fano tariqida har kimki hosil etti rusux…”
Fano tariqida har kimki hosil etti rusux,
Riyo-yu zuhd aning ollida mansux.
Ne nav’ o‘zlugi mansux bo‘lmag‘ay qoshida,
Birovki, do‘st shuhdig‘a hosil etti rusux.
Chu ishqsiz edi zuhd ahli keldi nobolig‘,
Erurlar atfol, el garchi der alarni shuyux.
Demakta voqea yolg‘on-u, chin taxayyul etib,
Kishi ekanlarin andoqki, yod qilsa masux.
Johoni xokiy erur bir kesak, vale nopok,
Etak yeturmamak avlo mulavvas o‘lsa kulux.
Arit sirishk bila botiningda bor esa chirk,
Yu(v) tavba suyi bila bo‘lsa boting aro shux.
Navoiy, ahli fano ista, qo‘y riyo ahlin, –
Ki nayshakar borida tuhfa qilmadi kishi lux.
“Navodir ush-shabob”ning 107-g‘azali
O‘zbekistonimiz islomning yuksak darajada taraqqiy etishiga hissa qo‘shga buyuk allomalar yurti sifatida ham mashhur. Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti - AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahrining «Islom madaniyati poytaxti» deb e'lon qilinishi ham bejiz emas.
Islom bag‘rida paydo bo‘lib, insoniylikni eng yuqori pog‘onaga ko‘tarish falsafasiga aylangan tasavvufning ravnaqi ham ko‘p jihatdan Vatanimizda yetishib chiqqan ulug‘ avliyo zotlarga bogliq bo‘ldi. Xojagon-naqshbandiya, yassaviya, kubraviya tariqatlari aynan shu yerda paydo bo‘lib, musulmon dunyosining keng maydonlariga yoyildi. Qodiriya tariqati esa bizda to XX asr boshlariga qadar izchil davom etdi.
Bu tariqatlar orasida naqshbandiyaning milliy ma'naviyatimiz rivojida ayricha o‘rni va mavqei bor. Asarlari va faoliyati milliy merosimizning juda katta qismini tashkil etadigan Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Boborahim Mashrab va boshqa ulug‘ zotlar ham bevosita naqshbandiya tariqati vakillari edi.
Mustaqillik yillarida tasavvuf, jumladan, naqshbandiyaga munosabat tubdan o‘zgardi - o‘z tarixiy-milliy izmiga tushib oldi. Xususan, Bahouddin Naqshband (1993), Abdulxoliq G‘ijduvoniy (2003), Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy (2004) tavalludlari to‘ylari o‘tkazilishi, ular merosining nashr etilishi, maqbaralari obod qilinishi alohida ahamiyatga ega.
Hozir g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan juda murakkab zamonda yashayapmiz. Insonlar ongi va qalbini egallash uchun kurash kuchaygandan-kuchayib boryapti.
Yot kuchlar avval islom niqobi ostida terroristik-ekstremistik g‘oyalar va ta’limotlarni olib kirishga intildi. Keyin nasroniylik dini qobig‘ida turli missionerlik harakatlari amalga oshirildi. Zimdan buddaviylik dini niqobi ostidagi g‘oyalar targ‘iboti ham yo‘lga qo‘yilganiga guvohmiz.
Eng xavflisi, davlat siyosatining tasavvufga bunday ijobiy munosabatini suiiste'mol qilib, ana shu muqaddas ta’limot panohida o‘zlarining yovuz maqsadlarini amalga oshirishga urinishlar ham u yer-bu yerda uch ko‘rsata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |