“Tasdiqlayman”
4-DMTT direktori
X. X. Fayziyeva
_____________
Toshkent viloyati Bekobod shahar
4- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
4 - o’rta guruh tarbiyachisi Rahmonova Odina
Muhtorovnaning “Badiiy adabiyot” faoliyatidan
ochiq faoliyati
Faoliyat: Badiiy adabiyot
Mavzu : O’zbek halq ertagi “Halollik “ ni o’qib berish
Maqsad : Bolalarni ertakka qiziqtirish ertak g’oyasini tushunishga yordam berish. Bolalarni qalbida halollik, to’g’rilik,sofdillik kabi ma’naviy – ahloqiy hislatlarga nisbatan ijobiy munosabat uyg’otish. Maqollardan foydalanish. Savollarga fikrlab, aniq va to’liq javob berishga faoliyatga faol qatnashishga undosh.
Kerakli jihozlar: Omach bilan yer haydayotgan dehqonlarning rasmi, tilla to’la humchani rasmi. Multfilimi. AKT
Faoliyatning borishi: Bolajonlarim yaxshilab o’tirib oldingizmi, hozir men sizlarga “Halollik” nomli o’zbek xalq ertagini o’qib beraman diqqat bilan tinglang.(Tarbiyachi ertakni ifodali tarzda o’qib berish savollar paydo bo’lsa javob berish)(jismoniy daqiqa. “ Mehnatkash chimoli )
Suhbat- munozara uchun savollar
-Bolajonlar ertak sizlarga yoqdimi? Bolajonlarim, halol odamlar birovning narsasiga tegmaydilar rost gapiradilar. Yomon ishlar qilmaydilar. Har bir ishda to’g’ri sofdil to’g’ri so’z odam deb maqtaydilar.kelinglar, bu hislatli so’zlrni birgalikda qaytaramiz. Halol, sofdil, to’g’ri so’z. Payqadingizmi ertakda ikkala dehqon ham nihoyatda halol odamlar ekan. Kelinglar dehqonlarning halol ishlarini birma –bir ajratamiz.
- Birinchi dehqon yerini oshnasidan sotib oldi. U yer haydayotgan nima topdi? Tilla to’la humchani nima qildi: yerni men sotib oldim, tillalar endi meniki deb berkitib qo’ydim?
Oshnasiga yolg’on gapirdimi.
Ko’rdilarmi dehqon halol ish qildi. Oshnasiga yolg’on gapirmadi. Sizan yerimni haydayotgan edim,mana shu humchani topib oldim, uni sizga olib keldim, deb to’g’risini aytdi. Dehqon qandey odam ekan? Kelinglar, birgalikda qaytaramiz: halol odam, halol ish qildi. Ikkinchi dehqonchi oshnasi olib kelgan tilla to’la humchani oldimi? Nima dedi? Kelinglar ertakdan shu parchani qayta o’qib beraman. “Men sizga o’sha yerni sotanman, debdi u- shu yerni nimaki bo’lsa, u sizniki bo’ladi. Men yerning ichida tilla borligini bilmaganman. Hudo beribdi. Bola chaqangiz bilan mazza qilib yasheng. Angladizmi oshnasi o’zimniki bo’lmagan narsani olmadi, rostini aytdi. U qanday odam ekan?
Kelinglar birgalikda qaytaramizhalol odam , halol ish qildi. Dehqonlar bir humcha tillani nima qilishdi? Ertak qanday so’zlar bilan tugabdi?
Xalqimiz orasida halollik halol mehnat hamisha ulug’langan. Maqollarda halol mehnat haqida shundey deyilgan:
Halol ish-lazzatli yemish
Halol mehna- yaxshi odat
Berur senga saodat
Kelinglar bu maqollarni birgalikda qaytaramiz. Faoliyat so’ngida savol-javob qilinadi. Bolalarni rag’batlantiradi. Ta’limiy o’yin o’ynashlari mumkin.” Ayiq asal yegisi keldi” t.o’
Do'stlaringiz bilan baham: |