Tasdiqlayman” 10-sonli dmtt direktori


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 321,57 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi321,57 Kb.
#198331
1   2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 2-dekabr,

PQ-4908-son



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-dekabrdagi PQ-4908-son qaroriga
ILOVA

O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita

TARKIBI

A. Aripov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

O. Nazarbekov



madaniyat vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

A. Abduvaxitov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

X. Sultonov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

I. Majidov



oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Sh. Shermatov



xalq ta’limi vaziri

R. Mamatov



mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

F. Arziyev



tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

A. Sa’dullayev



Yoshlar ishlari agentligi direktori

R. Abdullayev



O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

S. Saidov



Yozuvchilar uyushmasi raisi

A. Nuridinov



Badiiy akademiya raisi

R. Zokirov



Botir Zokirov nomidagi jamoat fondi direktori

F. Zokirov



O‘zbekiston xalq artisti, “Yalla” ansambli rahbari

G. Zokirova



O‘zbekiston xalq artisti

M. Hojimatov



Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

F. Abduholiqov



“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

A. Ko‘chimov



O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

A. Xadjayev



O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

Izoh: Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov

T arjimai hol


Botir Karimovich Zokirov — atoqli o‘zbek, sovet xonandasi, rassom va adabiyotshunos. O‘zbek SSR xalq artisti (1965). Turli janrlarda qo‘shiqlar kuylagan: o‘zbek xalq qo‘shiqlari, o‘zi bastalagan qo‘shiqlar, o‘zbek va rus bastakorlarining qo‘shiqlari, shuningdek, xorij shlyagerlarini, asosan, asl ko‘rinishida kuylagan, zero, bir nechta xorij tillarini bilgan.

Xalqning sevimli san’atkori, uni o‘zbek bulbuli deyishgan. Nafaqat ona yurtida, balki chet davlatlarda ham hanuz xotirlashadi.

Bugungi kunda ham ko‘z o‘ngimizda yosh timsolda gavdalanuvchi xonanda. Uning qo‘shiqlari hanuz jaranglaydi, qilgan xayrli ishlari esa yashashda davom etmoqda.

Taniqli o‘zbek rassomi, qo‘shiqchi, aktyor va adabiy arbob, O‘zbekiston xalq artisti.

Botir Zokirov 1936 yil 26 aprel kuni tug‘ilgan.

Toshkent Davlat konservatoriyasining vokal fakulteti hamda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini rejissyorlik fakultetida tahsil olgan.

1956 yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etadi va tez orada shuhrat va e’tirof qozonadi. Xonandani ovozini bir eshitgan odam, albatta, uning ovozini eslab qolar, qo‘shiqlariga mehr qo‘yar edi. U qalb tubidan larzaga soluvchi toza, ta’sirchan, allaqanday betakror, “bulbuligo‘yo” yumshoq-ovoz tembriga ega bo‘lgan.

1957 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro yoshlar va talabalar festivalida u ilk bor “Arab tangosi”ni ijro etgan. Plastinkaga yozib olingan bu qo‘shiq yashin tezligida dunyo bo‘ylab tarqadi va uning iqtidori shinavandalari tomonidan hanuz sevib kelinadi.

50-60-yillar oxiriga kelib, u turli janrlardagi ijrochi sifatida SSSR da juda mashhur bo‘lgan.

Tabiat uni servirra iqtidor ila siylab, eng yorqin qirralarni - noyob ovozni taqdim etgan. U bor vujudi bilan kuylagan: opera ariyalari, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, sovet bastakorlarining qo‘shiqlari, xorij shlyagerlari. Uning ovozi radio va televideniyalarda jaranglagan, konsertlari havaskorlari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, yakkaxon konsertlarida ortiqcha qadam bosishga joy bo‘lmagan.

Xonandaning boy repertuari ham hayratga solar edi. Ushbu repertuardan mohirona ijrodagi o‘zbekcha qo‘shiqlarigina o‘rin olmagan — hozirgacha hech kim uning go‘zal va ifodali ijrosi bilan raqobatlasha olmaydi. 60-yillar o‘zbek estradasida aynan uning ijrosida italyan, fransuzs, ispan, rus, yunon tilidagi qo‘shiqlar jaranglay boshlagan.

Botir Zokirov O‘zbekiston Davlat estrada orkestrining tashkilotchilaridan biridir. O‘zbek estrada san’atining rivoji uning ijodi ila boshlangan bo‘lib, milliylik mavzusiga yuzlangan o‘ziga xos milliy chizgilari bilan ajralib turadi.

1972 yil Botir Zokirov Toshkent shahrida Sharqdagi ilk Musiqiy-xollni yaratib, uni boshqargan, shuningdek, rejisyori, badiiy rahbari va yetakchi xonandasi ham bo‘lgan. U sharq folklorini zamonaviy estrada yo‘nalishlari ila birlashtirib, musiqachilar va keng omma orasida unga bo‘lgan qiziqish uyg‘otishning uddasidan chiqqan.

Xonanda xali 30 yoshni qarshi olmay, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti unvoni bilan taqdirlangan.

B. Zokirov boshqa ko‘plab ijod sohalarida iqtidorli bo‘lgan: tasviriy san’at, rejissura, tavsifchilik.

Kinoda ham suratga tushgan. Botir Zokirov ishtirokidagi eng mashhur filmlardan biri “Dahoning yoshligi” bo‘lib, 1982 yil rejisser Elyor Ishmuhamedov tomonidan suratga olingan. Sevimli xonandamiz bilan birga Baxtiyor Ixtiyorov, Furqat Fayziyev, Ato Muhamadjonov, Ra’no Kubayeva, Vitautas Tomkus, Vasiliy Chxaidze, Djanik Fayziyev, Shuhrat Ergashev, Murod Rajabov, Leonard Babaxanov, Konstantin Butayev, Maqsud Mansurov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Rustam Urazayev, Javlon Hamroyev, Juna Davitashvili kabilar suratga tushishgan.

Botir Zokirov respublika bo‘ylab ko‘p safar qilgan. Zokirovlar oilasida barcha iqtidorli: Naufal Zokirov, Luiza Zokirova, Faruh Zokirov.

Botir Zokirov hayotdan uzrsiz barvaqt ko‘z yumdi. Yoshligidan og‘ir betob bo‘lgan va go‘yoki, oz muddat ichida istagan barcha ishlarini bajarishga ulgurishga shoshganday. 1985 yil 23 yanvar kuni Toshkent ahli qo‘shiqchi bilan vidolashdi. U Chig‘atoy nodir qabristonidan qo‘nib topdi.



O‘zbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Botir Zokirov o‘limidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Shuningdek, uning eng katta mukofoti — butun xalq muhabbati va ulug‘ xotirasi bor.
Download 321,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish