Uqalashni tugatishdan oldin oyoqlarni bukib, yoyib bir necha marta aylanma
harakatga keltiriladi.
Xuddi shu tartibda ikkinchi oyoq ham uqalanadi.
Odatda, odamlar qo‘llariga ko‘proq e’tibor berib, oyoqlariga kam e’tibor
berishadi. Oyoqlarni parvarish qilish, uning ko‘- rinishini
yaxshilash bilan birga
mijozning salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Manikur singari pedikyur ham faqat sog‘lom tirnoqlarda bajariladi. Shuni
e’tiborga olib, oyoq tirnoqlarida birorta kasallik alomatlari sezilsa, avval ularni
davolash zarur.
Pedikyur deganda oyoqni parvarish qilish tushuniladi, ya’ni barmoqlarni va
tovonlardagi qavariqlarni ketkazish, tozalash, tirnoqlarni
kesib sayqal berish,
tirnoq atrofida qotib qolgan ortiqcha teri qatlamlarini olib tashlash, teriga kirib
qolgan tirnoqlarni qirqib olish, uqalash, iliq suvda tutib turish amallari va
boshqalar.
Pedikyurda ham manikur uchun ishlatiladigan asbob-usku- nalar ishlatiladi.
Lekin oyoq tirnoqlariga ishlatiladigan qisqich baquvvatroq bo‘lishi kerak.
Qavariqlarni ketkazish uchun maxsus qirgichlar ham ishlatiladi.
Pedikyur bir nechta bosqichda bajariladi.
1.Avvalambor, oyoq terisi va tirnoqlar yumshatib olinadi. Buning uchun maxsus
vannachaga
issiq suv solib, unga sovun kukuni, choy sodasi yoki nashatir spirti
qo‘shiladi. So‘ngra unga oyoqlarni botirib turish lozim. 15 — 20 minutlardan
keyin oyoqni yaxshilab sochiq bilan artib quritiladi. Ayniqsa, barmoqlar orasini
yaxshi artishni unutmaslik kerak.
2.Oyoq uchi, tovon va barmoqlar atrofiga krem surtib, qavariqlar yumshatib
olinadi. So‘ngra maxsus qirgich, pemza yoki maxsus ustara bilan qavariqlar asta-
sekin qiriladi. Agar qavariqlar yaxshi yumshagan bo‘lsa,
ularni ketkazish oson
bo‘la- di. Qavariqni ketkazish qiyin bo‘lsa, unga 2-3 kunga plastir yopishtirib
qo‘yish kerak. Tirnoqda lak qoldiqlari qolib ketgan bo‘lsa, ularni ham suyuqlik
bilan ketkazish lozim bo‘ladi.
3.Keyin tirnoqni kirlardan tozalash zarur. Uni uchliroq kurakchada amalga oshirish
kerak. So‘ngra tirnoq uchlari qis- kich yoki kichkina to‘g‘ri qaychicha bilan
qisqartiriladi. Agar tirnoq bilan teri yaxshi yumshagan bo‘lsa, bu amal osonlik
bilan amalga oshiriladi. Mijozning tirnoqlari qalin bo‘lib juda qattiqlik qilsa, ularni
yana bir
marta issiqroq suvda yumshatib, qaychi o‘rniga keskich ishlatish kerak
bo‘ladi.
Tirnoq olganda uchlarini ozroq qoldirib so‘ngra egovcha bilan egovlab
yuborib qirralari tekislansa, tirnoqlarning etga o‘sib kirishining oldi olinadi.
Ko‘pincha shunday holat oyoqning asosiy, katta barmog‘ida uchraydi. Katta
barmoqning tirnoqlari bosim ostida poyafzal uchining qarshiligiga uchrab,
barmoqning terisiga qayrilib kirib qolishi mumkin. Ba’zan bunday holat terida
yiring paydo bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi.
4.Tirnoq teriga kirib qolgan bo‘lsa oyoq terisini yana yumshatish kerak bo‘ladi.
Buning uchun vannachaga issiq suv solib avval bitta oyoqni, so‘ngra
ikkinchi
oyoqni botirib turiladi. Birozdan so‘ng oyoqlar yaxshilab artilib, barmoqlar
atrofiga yog‘li krem surtiladi, barmoqning usti va tirnoqlar yaxshilab uqalanadi.
So‘ngra tirnoq o‘sishi boshlanadigan joydagi yopishib turgan terini kurakcha bilan
ko‘tarib, maxsus manikur pichoq- chasi bilan kesib olinadi. Tirnoq atroflari, oralari
va qavargan joylar pemza bilan tozalanadi.
5.Beshinchi bosqichda oziqlantiruvchi krem bilan oyoqni uqalab chiqish kerak.
6.Tirnoq ustini bezash uchun eski lak qoldiqlarini ketkazib olib, oyoq barmoqlari
orasiga paxta tiqib qo‘yiladi. Shunday qilinsa barmoqlar bir-biriga tegmay,
ishlashga qulay bo‘ladi. So‘ngra asosiy,
rangsiz lakni surtib, keyin esa xohlagan
rangdagi bezakli lak surtiladi va maxsus suyuqlik bilan qotiriladi. Tirnoq atrofidagi
teriga tegib ketgan laklarni ketkazish uchun maxsus tayoqcha uchiga paxta o‘rab,
uni lak ketkazadigan suyuqlikka botirib olib artib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: