2022 yil «30» aprel kuni аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази мансабдор шахсларига nisbatan Jkning 167-moddasi 2-qismi “г” банди ва 209-модаси 1-қисми bilan qo‘zg‘atilgan 224012-2022-17 -sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilayotganligi haqida yetkazildi.
Shuningdek, 1-sektorga qarashli bo‘lgan 9 ta mahallalar bo‘lib, ushbu mahallalarda barcha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kunlik targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borilayotganligini, hozirgi kunda barcha keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar olib borilayotganligini, mahalla faollari bilan hamkorlikda doimiy jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularning ro‘yxatlarini shakllantirish, javobgarlik oqibati, yuzaga kelgan jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, davlat organlari, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, har hafta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan mehnat yarmarkalari o‘tkazish choralarini ko‘rish, mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirilgan shaxslarni haqiqatda ishlayotganligini, mehnat sharoitlari yaratilganligini va ishga kirishib ketganligini o‘rganib borish, ularning huquqiy muammolari hal etilishiga ko‘maklashishni, «Yoshlar tarbiyasiga salbiy tasir ko‘rsatayotgan oilalar» ning xonadoniga shaxsan borib, har birining ro‘yxatini tuzish, ularni barqaror oilaga aylantirish, notinch oilalar qatoriga kirib qolishini oldini olish, ularning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda ijtimoiy yordam ko‘rsatish va kelishmovchiliklarning oldini olish kabi profilaktik tadbirlarning manzilli o‘tkazish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar bo‘yicha uqtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng Termiz shahar IIB huzuridagi TB boshlig‘i X.Iskandarov so‘zga chiqib, holatning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili yuzasidan.
-mahalla faollari bilan hamkorlikda jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash, ularning ro‘yxatlarini shakllantirish, jinoiy javobgarlik oqibati haqida tushuntirish ishlarini olib borish,
-mansabdor shaxslar tomonidan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir va boshqa turdagi jinoyatlari sodir etilishini oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini jadallashtirish, davlat organlari, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, har hafta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan mehnat yarmarkalari o‘tkazish choralarini ko‘rish, mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirilgan shaxslarni haqiqatda ishlayotganligini, mehnat sharoitlari yaratilganligini va ishga kirishib ketganligini o‘rganib borish, ularning huquqiy muammolari hal etilishiga ko‘maklashish;
-«Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar» ning xonadoniga shaxsan borib, har birining ro‘yxatini tuzish, ularning jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish, ularning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ular bilan profilaktik suxbatlar olib borish kabi profilaktik tadbirlarni manzilli o‘tkazish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar bo‘yicha uqtirib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |