Shundan so‘ng Termiz shahar IIB huzuridagi TB boshlig‘i X.Iskandarovso‘zga chiqib, holatning kelib chiqish sabablari hamda unga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili yuzasidan.
-mahalla faollari bilan hamkorlikda jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash, ularning ro‘yxatlarini shakllantirish, jinoiy javobgarlik oqibati haqida tushuntirish ishlarini olib borish,
-mansabdor shaxslar tomonidan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir va boshqa turdagi jinoyatlari sodir etilishini oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini jadallashtirish, davlat organlari, korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini to‘liq ro‘yxatini shakllantirish, har hafta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan mehnat yarmarkalari o‘tkazish choralarini ko‘rish, mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirilgan shaxslarni haqiqatda ishlayotganligini, mehnat sharoitlari yaratilganligini va ishga kirishib ketganligini o‘rganib borish, ularning huquqiy muammolari hal etilishiga ko‘maklashish;
-«Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar» ning xonadoniga shaxsan borib, har birining ro‘yxatini tuzish, ularning jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish, ularning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ular bilan profilaktik suxbatlar olib borish kabi profilaktik tadbirlarni manzilli o‘tkazish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar bo‘yicha uqtirib o‘tdi.
Yig‘ilishga Termiz shahar xokimining Yoshlar ishlari agentligi M.Pardaev, so‘zga chiqib, Termiz shahar hududida sodir etilayotgan jinoyatlar bugungi kunda barchani tashvishga solayotganligini, hozirgi kunda fuqarolar yaxshi yashashlari uchun barcha yo‘nalishlarda keskin o‘zgarishlar kiritilib, keng imkoniyatlar yaratilishiga qaramasdan hozirda huquqiy ma’daniyati etarli darajada bo‘lmagan fuqarolar tomonidan jinoyat sodir etayotganliklarini bildirib o‘tgan xolda barcha tashkilotlarga o‘zlarining topshiriqlarini aytgan xolda barcha hududlarda profilaktik tadbirlar kuchaytirish lozimligini, shuningdek hozirgi kunda tuman hududi bo‘yicha og‘irlik jinoyati bilan bog‘liq jinoyatlar kesgin oshib ketganligini tanqidiy baxolab, mahallasida sodir etilgan ushbu jinoyatlarni sababi o‘rganib chiqilganda fuqarolarning ish bilan taminlanmaganligi, fuqarolarning hususiy ongi yetarli emasligi, yuqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda, shu sababli kelajakda fuqarolarni huquqiy madaniyatini oshirish uchun muntazam targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borish lozim bo‘ladi deb aytib o‘tdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar tanqidiy muhokama qilinib, yig‘ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |