[
OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablag‘lari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
[
TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya vazirining o‘rinbosari
E.F.
GADOYEV
Moliyaviy investitsiyalarni
hisobga olish
o‘zbekiston respublikasi buxgalteriya
hisobi milliy standarti
12-son bhms
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 16-yanvarda 596-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
Maqsad
2. Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar bo‘yicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi.
Amal
qilish sohasi
3. Mazkur standart xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida va ular to‘g‘risidagi axborotlarni yoritib berish uchun qo‘llanilishi lozim.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy investitsiyalarni mazkur standartning 7 — 28-bandlarida bayon qilingan tartibga muvofiq yuritadi va ular quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
4.1. Moliyaviy investitsiyalarni (qisqa muddatli va uzoq muddatli)
toifalariga qarab tasniflash;
4.2. Moliyaviy investitsiyalar qiymatini aniqlash va ularni moliyaviy
hisobotlarda aks ettirish;
4.3. Moliyaviy investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish;
4.4. Moliyaviy investitsiyalar qiymatining qaytarilmaydigan pasayishi.
5. Mazkur standartda quyidagilar ko‘rib chiqilmaydi:
5.1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi shaklidagi investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlarni tan olish asoslari (BHMS “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar” ga va BHMS “Lizing hisobi” ga qarang);
5.2. Sho‘’ba jamiyatlarga investitsiyalar (BHMS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho’ba jamiyatlarga investitsiyalarni hisobga olish” ga qarang);
5.3. Birgalikda faoliyatga investitsiyalar (BHMS “Birgalikda faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirishga” qarang);
5.4. Gudvill,
patentlar, savdo markalari va shunga o‘xshash
boshqa nomoddiy aktivlar;
5.5. BHMS “Lizing hisobi” da keltirilgan ta’rifga mos keladigan moliyaviy lizing.
Atamalar
6. Mazkur standartda foydalanilgan atamalar: