Savol
|
Tog’ri javoblar
|
Davlat qarzining eng yuqori miqdori kim tomonidan belgilanadi?
|
Oliy majlis palatalari
|
Quyidagilardan qaysi biri mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari tarkibiga kirmaydi?
|
Yuridik va jismoniy shaxslardan hamda chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari
|
Joriy moliya yili uchun mo‘ljallangan Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirdaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirish to‘g‘risida takliflarni kim kiritadi?
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
|
O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish vakolatiga ega vakolatli organ -
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
|
2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan necha foiz defitsit bo‘lishi prognoz qilingan?
|
0,5%
|
Byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari
|
byudjet transferti
|
Byudjetlarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turgan byudjet mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdori - …
|
aylanma kassa mablag‘lari
|
Mahalliy byudjetlar uchun cheklovlar tarkibiga kirmaydi?
|
yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish
|
Tegishli ma’muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, ular qayerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar -
|
o‘tkazib beriladigan daromadlar
|
2020-yil parametrlari bo’yicha respublika byudjetidan nechta viloyat mahalliy byudjetlariga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning ajratilishi ko’zda tutilgan?
|
9 ta viloyat mahalliy byudjetlariga
|
Byudjet jarayoni ishtirokchilari uchun byudjet tizimi byudjetlari mablag’larini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yo’qotishlarni baholash -
|
fiskal tavakkalchilik
|
Muayyan moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarining aylanma kassa mablag‘lari me’yorlari qanday me’yoriy hujjat asosida belgilanadi?
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori
|
2019-yil 1-yanvardan boshlab
kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qanday turdagi soliqni to‘lovchilar hisoblanadi?
|
yagona soliq to‘lovi
|
2019-yil 1-yanvardan boshlab
kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qanday turdagi soliqni to‘lovchilar hisoblanadi?
|
qat’iy belgilangan soliq
|
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida eng yuqori ulushni tashkil etuvchi soliq turi
|
Qo’shilgan qiymat solig‘i
|
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida eng yuqori ulushni tashkil etadi -
|
bilvosita soliqlar
|
2019-yilda jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq stavkasi -
|
12%
|
Birinchi darajali byudjet mablag’larini taqsimlovchilar uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablag’larni tasdiqlaydi
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari
|
Davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisi – bu …
|
davlat moliyasi
|
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash qaysi organning vakolatiga kiradi?
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari
|