Shaxsiy himoya vositalari Himoya ko‘zoynagi
Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda
zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga
tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz goryelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun ishlatiladi.
Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar (GOST 12.4.003-80, 12.4.013-85 va boshq.) talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan ko‘zoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |