Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

1.
 
Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish 
hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining 
malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni 
qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida 
kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. 
Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi. 
2.
 
Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa 
har bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki 
faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, o’zining bor kuchi, ijodkorligini 
ishga safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar 
bo’lishi mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashtirish, 
mehnatga munosabatini o’zgartirish, o’z ishiga qiziqtirish, tashabbus ko’rsatishga 
undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo’l ostidagilar faoliyatini 
kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab ko’rish bilan 
qo’shib olib boradi. 


365 
3.
 
Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qoloqlar», 
«ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari 
jamoa faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruhiy muhit 
yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus 
oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo’ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga 
intilish, mehnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mehnatdan zavq olish 
shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi. 
4.
 
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa xis-
tuyg’ulari bir maqsad yo’lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, 
an’anaviylik qaror topadi. Inson o’z qiziqishlari va intilishlarini jamoa xayoti bilan 
bog’laydi.
Atrofdagilarga ishoni ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari 
mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat 
yuklanadi.
Bunda tadbirkorning o’ziga xos ish yuritishi, boshqaruv malakasi, 
tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bo’ladi. 
183-rasm 
Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat’iy, halol, 
shijoatli bo’lib, ishchi-xizmatchilarning 
fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, 
demokratik usulda ish ko’radi. Shu bilan bir 
qatorda, korxonada intizomni, tartibni 
talabchanlik bilan nazoratga oladi. Sifat 
bilan ko’rsatkichni e’tibordan chetda 
qoldirmaydi. 
Mehnatni aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. O’zining qobiliyatiga 
ob’ektiv baho bera oladi. Kadrlarni tanlashda, ish jarayonida tanish-bilishchilikka 
emas, asl mutaxassislarga suyanadi. 
Haridorlarning kasbi ham ularning qanday tovar va xizmatlarni iste’mol 
qilishi, xaridiga ta’sir qiladi.
Masalan boshqaruvchilar ko’proq jiddiy, sipo kiyimlarni kiysa, konchilar esa 
g’adir-budur kiyimlarda yurishadi. Marketologlar ma’lum bir kasbiy guruhning u 
yoki bu mahsulotga nisbatan o’rtachadan-yuqori qiziqishi bor bo’lsa, shuni zudlik 
bilan aniqlashga intilishadi. Korxona xattoki ma’lum bir kasbiy guruh uchungina 
mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tishi mumkin.
252
 
Tadbirkor rahbar faoliyatida qo’l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham 
ziddiyatli holatlar ro’y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning 
kalondimog’ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo’rsligi, 
252
Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti. 
2014 yil. 195-b. 


366 
qo’polligi, tundligi va boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi, 
maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi. 
Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib 
chiqishga sabab:
mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;
shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi; 
jamoa a’zosining o’ziga xosligidir. 
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, taxlil qilishi, 
baholashi muhim ahamiyatga ega.
Agar rahbar har bir ziddiyatli xodisaga holisona, do’stona, samimiy 
munosabatda bo’lsa, masala to’g’ri echimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, 
nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har 
qanday ziddiyatli holatda o’zini tutishi, bosiq bo’lishi, uzoqni ko’zlashi, murosa-
madora qilishi, holatga moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat 
qilishi yaxshi natija beradi.
Ilmiy izlanishlari asosida, amerikalik psixolog J.Rotter insonlarni o’z xulq-
atvorlari va ularga aloqador voqealar ustidan nazorat omillarida ustuvorlikka ega 
bo’lish bo’yicha ayrim mulohazalarini bayon etgan.
Fikrimizcha, tadbirkorlar tashqi lokus nazoratga (eksternal) ega bo’lishlari 
bilanoq faoliyatlarida tashqi vaziyatlar orqali sodir bo’ladigan asosiy voqeliklar 
(tashqi sharoitning yaxshiligini, boshqa tadbirkorlarning ta’siri, ta’sodifiy 
vaziyatlar)ni anglab yetadilar. Tadbirkorlarning ichki lokus nazoratga ega bo’lishi 
esa, aksincha, o’ziga tegishli hodisalarni yuqori darajada nazorat qilishga xizmat 
qilib, o’z navbatida u muvaffaqiyatga erishish kabi mag’lubiyatdan qochish 
motivasiyalarining ta’siri doirasida mas’uliyatni qabul qilishga moyilligini 
aniqlashda qo’l keladi. 
Bu borada olib borilgan qator ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning natijasi, 
yutuqqa erishish motivasiyasi bilan internallik aloqasini ijobiy ekanligini 
tasdiqlaydi. Ma’lumotlarning asoslanganligi professional-notadbirkorlikka nisbatan 
yuqori internallik darajasi bilan tavsiflanadi. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish