Tasdiqlangan fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


Irodaviy xatti-harakatning so`nggi jihati



Download 10,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/458
Sana29.05.2022
Hajmi10,64 Mb.
#617246
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   458
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA UMK 2 KURS

Irodaviy xatti-harakatning so`nggi jihati

ijrodir.
Unda qaror harakatga 
aylanadi, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi.
146-rasm 
Irodaviy xatti-harakatning eng muhim 
bo`g`inlari - qaror qabul qilish va uni ijro etish - 
ko`pincha alohida hissiy holatning
irodaviy 
zo`r berish
sifatida tavsiflanadigan holatning 
kelib chiqishiga sabab bo`ladi. 
Irodaviy zo`r berish bu hissiy xayajon shakli bo`lib, kishining harakatga 
qo`shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo`q bo`luvchi yoki yetarli 
bo`lmagan ichki resurslarini (xotirasi, tafakkuri, hayoli) safarbar etuvchi sabablardir. 
198
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 453-b. 


294 
Irodaviy zo`r berish natijasida bir xil motivlarning harakati to`xtatlib, boshqalarining 
harakatini haddan ziyod kuchaytirish mumkin bo`ladi.
Burch hissi bilan tug`ilgan irodaviy kuch-g`ayrat tashqi to`siqlarni bartaraf 
etishga va harakat qilishga safarbar etadi. Irodaviy kuch-g`ayrat ishlatish natijasida 
dangasalik, qo`rquv, charchash kabilar ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy 
zavq beradi, o`z ustingdan erishilgan g`alaba kabi boshdan kechiriladi.
Tashqi to`siq yengib o`tish lozim bo`lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi 
boshdan kechiriladigan bo`lsa u irodaviy zo`r berishni talab qiladi. Irodaviy kuch-
g`ayrat sarflash odati matonatli fe’l-atvorni shakllantirishning majburiy sharti bo`lib 
xizmat qiladi. 
Muammolarni echish chog‘ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan 
qarorni amalga oshirishga halal beruvchi fikrni, hissiѐt va xatti-harakatni 
tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o‘z harakati va 
xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish 
malakasidir. Matonatlilik-qo‘yilgan maqsadni muqaddas his etgan holda o‘zini 
oqlaydigan xavf-xatarga qo‘l urish, qo‘rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish 
fazilatidir. 
Ishbilarmonlik - har qanday o‘ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan 
qat’i nazar omilkor yo‘llar qo‘llash tufayli oxiriga etkazish xislatidir.
Mustaqillik - o‘z e’tiqodiga qat’iy ishonch, shaxsiy kuch-quvvatiga ishonish, 
boshqalarning ѐrdamiga muhtojlik sezmaslik malakasidir. Shaxsning xulq-atvorida, 
mehnat va o‘quv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish va ta’limiy mashg‘ulotlar 
oqilona, haqqoniy ravishda, to‘g‘ri uyushtirilsa, unchali muhim bo‘lmagan irodaviy 
sifatlar ham paydo bo‘lishi mumkin, chunonchi intizomlilik, o‘zini qo‘lga olishlik 
va hokazo.
199
 
Inson hayoti turli xil vaziyatlar, xolatlar, sharoitlar jarayonida amalga oshar 
ekan, har bir lahzada, har bir qadamda qaror qabul qilish zaruriyatiga duch kelinadi. 
U ish faoliyati bo‘ladimi, yaqinlar, tanish-bilishlar bilan munosabatlar bo‘ladimi, 
xatto o‘z-o‘zimizni holatimizga, o‘z-o‘zimizni tushunishga taalluqli jarayonlar 
bo‘ladimi, barchasida qaror qabul qilish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turadi. Va 
bizning faoliyatimizning, munosabatlarimizning, qisqasi, butun hayotimizning 
qanday tashkil ettirilishi va natijalari aksariyat xollarda qabul qilgan qarorimiz 
xarakteriga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi. 
Nima uchun bitta shaxsning o‘zi turli xil vaziyatlarda, sharoitlarda aynan bitta 
masala bo‘yicha bir xil qaror qabul qilmaydi? Vaholanki o‘sha qarorning oldingi 
o‘xshash sharoitda to‘g‘riligini bilgan bo‘lsa ham? Nega biz qaror qabul qilishda 
199
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 459-b. 

Download 10,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   458




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish