hodisaning qonuniyati
deyiladi. Ularda o’zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi
o’zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo’naltirish imkonini
vujudga keltiradi.
Borliqdagi jonli mavjudotlarning o’ziga xos tarzda, muayyan yo’nalishda,
ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar
ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi.
Amerika, Lotin Amerika va Afrika davlatlarida agar o’smir bola gapirib
turgan bo’lsa, kichiklar uni hurmat qilib eshitishlari va gapini bo’lmasligi kerak
(TorresGuzman, 1998). Sinfxonada o’qituvchi o’quvchilarning ko’zlari unga
yo’naltirilmagan (hammagni ko’zlaring menda bo’lsin yoki doskada bo’lsin
degablaridek) bo’lsa yoki e’tibor berilmayotgan bo’lsa, o’qituvchi bu holatni o’qiga
bo’lgan hurmatsizlik deb qabul qiladi.
Ijtimoiy masofa farq ma’daniy tarzda turlicha bo’ladi.Ba’zi joylarda
suhbat bo’layotgan paytda bir-biriga yaqin turish oddiy ma’daniyatdek
qaraladi;boshqalarida bo’lsa, bir biridan uzoqda turish oddiy hol ko’rinadi
(Beaulieu, 2004). Agar o’quvchi va o’quvchi turli xil ijtimoiy masofa tanlasa
muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan o’quvchi yaqin masofani afzal ko’rsa
o’qituvchi buning teskarisini xohlasa bu shilqimlikka o’xshab ko’rinadi, yoki
bo’lmasam o’qituvchi yaqin masofani xohlab o’quvchi xohlamasa bu ortiqch
rasmiylik yoki ikkilanishdek tuyiladi.
Kutish vaqti madaniy ravishda turlicha bo’ladi.Kutish vaqti bir
insonning savoli va ikkinchisining javobi o’rtasidagi oraliq hisoblanadi. Ba’zi
ma’daniyatda kutish vaqti nisbatan uzoq uch yoki to’rt sekund bo’ladi (Tharp &
Gallimore, 1989). Boshqa birlarida bo’lsa, inson gapini tugatib olishidan oldin
unga javob berib bezovta qilish (manfiy) oddiy hol sanaladi. Sinfxonada, kutish
vaqti nisbiy olganda bir sekundni tashkil qiladi; undan keyin o’qituvchi boshqa
o’quvchiga yuzlanib boshqa savol beradi.Agar oquvchi bir sekunddan uzoq o’tib
javob bersa u ikkilanganga o’xshab tuyuladi. Agar o’quvchi manfiy kutish vaqtiga
moyil bo’lsa, u biroz qo’pol va hovliqma bo’lib ko’rinadi.
Angliya madaniyati, savollar odatda biror ma’lumot olish uchun
beriladi va savol so’rayotgan insonda haqiqattan ham so’ralgan ma’lumot yo’q
bo’ladi. (Rogoff, 2003). Ko’plab sinfxonalarda, o’qituvchi odatda o’quvchilardan
106
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 77.
140
savol so’raydi va javobini o’qituvchi allaqachon bilgan bo’ladi, u shunchaki
o’quvchi javobni biladimi yoki yo’q shuni tekshiradi (Macbeth, 2003). Savol: “2 + 2
nechchi bo’ladi?” misol bo’ladi.Agar o’quvchi bu tekshirilish maqsadni bilmasa
chalg’ib ketishi yoki o’qituvchi chindan ham e’tiborsiz deb o’ylashi turgan gap.
Bundanda yomonio’qituvchi xuddi o’quvchining bilmasligini boshqalarga oshkora
qilib uni sharmanda qilayotganga o’xshaydi.
107
Insonning faolligi boshqa mavjudotlardan tub darajada ham mohiyat, ham
shakl jihatdan tafovutga ega bo’lib, yuzaga kelgan ehtiyojlarning turli vaziyatlarda
qondirilishida o’z ifodasini topadi.
Jumladan, mavjudotlar va hayvonlar o’zlarining tanasi va uning a’zolari
tuzilishiga, instinktlarning turli-tumanligiga binoan, o’z o’ljasini tutib olishga
nisbatan intilishni vujudga keltiruvchi tabiiy imkoniyati uni oldindan payqash
sezgirligi orqali zudlik bilan faol harakat qiladi.
Hayvonlar ehtiyojlarining qondirilishi jarayoni qanchalik maqsadga muvofiq
ravishda kechgan bo’lsa, bu esa o’z navbatida, ularning qurshab olgan yashash
muhitiga engillik bilan moslashuvini ta’minlaydi.
Masalan, asalari xatti-harakatining tug’ma, irsiy dasturi uning gulshira (nektar)
yig’ish ehtiyojlari bilan cheklanib qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish
obyektlari (gullarning navlari, ularning uzoq va yaqinligi, qaysi tomonda
joylashganligi, mo’l-ko’lligi kabilar ham) aks etadi. Shu boisdan mavjudotlarning
ehtiyojlarida ularning faolligi omili sifatida tabiiy alomatlar, instinktlar, shartsiz
reflekslar va hokazolar bevosita qatnashadi.
56-rasm
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat
taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi
jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat
elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va
manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning
maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va
usullarini tashkil etadi.
Faoliyat muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy
borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib
chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining
ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik
masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya,
siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan,
falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni
qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan
belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi, unga erishish
107
David G. Mаyers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 81-83b.
141
bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va bog’liq ekanligi inson
faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi.
57-rasm
Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad bilan
boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi
ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini mukammal tarzda ochib
bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa,
fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro
qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan.
Yuqorida zikr etilgan tashqi va ichki faoliyatdan tashqari psixologiyada tarkib
nuqtai nazaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |