O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
“TASDIQLANDI”
O‘QUV ISHLARI
BO‘YICHA PROREKTOR
____________K.N. XAITOV
2019 YIL “___” IYUN'
GEMATOLOGIYA FANIDAN III-KURS TALABALARI UCHU AMALIY MASHG’ULOTLAR TOPLAMI
Ta'lim sohasi: 510000 – Sog‘liqni saqlash
Ta'lim yo‘nalishi: 5111000 – Davolash ishi
TOSHKENT – 2019 YIL
№1-DARS: QON NAZARIYASI. TEMIR TANQISLIGI KAMQONLIGI.
Etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, talqini, diagnostikasi, differentsial tashxisi, davolash tamoyillari, oldini olish muolajalari.
Darsning maqsadi va vazifalari: sog'liqni saqlashning birlamchi bo'g'inida gipoxromik anemiya bilan kechadigan kasalliklarni tashxislash, davolash va klinik kuzatishga o'rgatish.
Dars oxirida har bir talaba bilishi kerak:
1. Qon hosil qilish nazariyasi.
2. Kasallikning asosiy sabablari.
3. Temir tanqisligi kamqonligi kasalligi alomatlari va belgilari.
4. Temir tanqisligi kamqonligi kasalligining oldini olish va davolash usullari.
5. Temir tanqisligi kamqonligi kasalligini diagnostik usullari.
6. Temir tanqisligi kamqonligi kasalligi bo'lgan bemorlarni davolash va o'qitish printsiplari.
Har bir talaba quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak:
1. Temir tanqisligi kamqonligi kasalligi bilan og'rigan bemorlarni so'roq qiling va ko'rikdan o'tkazing.
2. Temir tanqisligi kamqonligiga o'xshash kasalliklarni differentsial tashhislash.
3. Temir tanqisligi kamqonligi kasalligidagi laboratoriya qon parametrlarini izohlash.
4. Temir tanqisligi kamqonligi kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolash va davolashni o'tkazish.
SURUNKALI TEMIR YETISHMASLIK ANEMIYASI
Bu xil anemiya juda keng tarqalgan bulib, anemiya kasalliklarining 80—90% ni tashkil qiladi. Sabablari: asosan uch xil: birinchisi — ovqat bilan temir moddasini (gusht va gushtli ovqatlarni) kam iste'mol qilinishi; ikkinchisi — temir moddasining yetarli darajada uzlash tirilmasligi; uchinchisi — temir moddasiga organizm extiyojining oshib ketishi (masalan qomiladorlik vaqtida).
Birinchi sabab tufayli xo‘sil buladigan anemiya bizda kam uchraydi. Ikkinchi sababdan xosil buladigan anemiya esa, aksincha, ko‘p uchraydi. Buning sababi shundaki, bizning iqlimda utkir va surunkali salmonellyozlar tez-tez uchrab turadi. Bu kasalliklar, ayniqsa utkir va surunkali dizenteriyalar ta'sirida me'da-ichaklar, me'da osti bezlarining tashqi sekreqiya faoliyati susayadi. Natijada me'dadagi tuz kislotasining kamayish i sababli oziq-ovqatlarda bulgan III valentli temir II valentli temirga aylanmaydi. Bu xol ichaklarda ovqatdagi temirning surilishini tuxtatib quyadi. Bu esa temir yetishmaslik anemiyasiga olib keladi.
Uchinchi sababdan zqosil buladigan temir yetishmaslik anemiyasi asosan ayollar orasida uchrab tez-tez xomilador bulishining oqibatidir. Ma'lumki xomilaning organizmidagi gemoglobin («F» yoki fetal gemoglobin) ona organizmidagi temir moddalari zqisobiga shakllanadi. Shuning uchun ketma-ket zqomiladorlik ayrim ayollarda zqar xil daraj adagi temir yetishmaslik ane- miyasiga olib kelishi mumkin.
Temir yetish maslik anemiyasining rivojlanishida gijja kasalliklarining xam roli katta. Odam organizmida uchraydigan askaridalar xujayini organizmidagi temir moddalar xisobiga yashar ekan. Ulardan boshqa gijjalarni xam temir yetishmaslik anemiyasiga olib borishi muqarrardir.
Temir yetish maslik anemiyasi tufayli xar bir aloxida x ujayrada demak, ichki va tashqi a'zolardagi, ichki nafas (xujayraviy) olish jarayoni buziladi. Buning oqibatida odam organizmi tez ishdan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |