Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b


Oila fuqarolik jamiyati institutining asosiy bo‘g‘ini



Download 5,57 Mb.
bet99/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

Oila fuqarolik jamiyati institutining asosiy bo‘g‘ini.
Oila – jamiyatning kichik yacheykasi va uning ma’nosini hech kichraytirib bo‘lmaydi. Oilasiz bironta millat ham, jamiyat ham taraqqiy etmagan. Kelajakni ham biz oilasiz tasavvur eta olmaymiz. Har bir inson uchun oila hayotning boshlanishi. Baxt so‘zini ham avvalo oila bilan bog‘laymiz: kimki o‘z oilasi bag‘rida bo‘lsa, u baxtlidir.
Oila bo‘lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat insongagina xosdir. Shu bois oila jamiyatning birinchi va birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Shunga ko‘ra hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, tayanch tuzilmasidir. Chunki bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va axloqan tarbiya topadi.
Binobarin, oila erxotin, ularning bola chaqalari, eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat kishilar guruhi, ya’ni xonadon hisoblanadi. Ayni chog‘da oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi hamdir.
Demak, oila jamiyatning tabiiy xujayrasidir, ijtimoiy asosidir. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi va tez rivojlanadi. Zero, jamiyat asosi – oila moddiy va ijtimoiy tomondan mustahkamlanib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Oila va mahalla milliy hamda umuminsoniy tarbiyaning muhim instiutlari sifatida.
Respublikamizda bir yuz o‘ttizga yaqin millat va elat vakillari hamjihat yashab, O‘zbekiston mustaqilligi ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Mamlakatimizda aholining ko‘pchiligini – 85 foizini o‘zbek millati tashkil etadi. Uzoq yillik tarixiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi oilaga juda kaatta e’tibor berib kelgan. Yer kurrasida yashovchi turli xalqlar va millatlar har birining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgani kabi ularning oilaviy hayotida ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjuddir.
O‘zbek oilasi serfarzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Oilaga sharqona, o‘zbekona sodiqlik, o‘tgan yetti pushtini bilish, otaona, qarindoshurug‘, keksalarga hurmat, yoshlarga mehribonlik, oila a’zolari, erxotin va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi uning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Oilalar g‘oyat katta bo‘lib, ularda kishilar jamoa asosida yashab kelganlar.
O‘zbek oilasi ornomusli, ahil oiladir. Shuning uchun u o‘zining milliy qiyofasini yo‘qotmagan holda butun oilaning sha’ni, obro‘sini saqlash uchun ma’suliyat bilan ish tutadi. Er oila posboni, uning boquvchisi xisoblansa, xotin uning ko‘rki, fayzi barokatidir. Ularning umr gulshanlari qobil farzandlaridir.
Oila – jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim.
Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, birbiriga nisbatan ezgulik bilan mehroqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talabehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindoshurug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarning omonesonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavxaridir.
Serfarzandlik o‘zbek oilasining alohida belgisidir. Shuning uchun ham bizda ko‘p bolali onalar soni boshqa mintaqalardagiga nisbatan ancha ziyod.
O‘zbek oilasining bolajonlik, farzandlar tomonidan otaonalarning hurmat qilinishi,oilalar asosan ko‘p sonli bo‘lib, ularda turli avlod vakillarining birga yashashlari va birga xo‘jalik yuritishlari, mehnatsevarlik, saxiy va mehmondo‘stlik kabi asosiy fazilatlar saqlanib qolmoqda.
O‘zbek oilasining o‘ziga xos etnografik xususiyatlari: ko‘p bolalilik, ko‘p tabaqalilik (bir necha avlod vakillarining birga yashashlari), avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning boshqa mamlakatlardagina nisbatan kuchliligi va shu kabi qator xususiyatlari uning psixologik ahamiyatini yanada orttirib yuboradi.
Oilaning asosiy vazifasi – individual, guruhiy va jamoaviy extiyojlarni qoniqtirishdan iborat. Ijtimoiy jamiyatning yacheykasi hisoblangan oila bir qator asosiy extiyojlarni bajarish bilan birga axolining ko‘payishida ham ishtirok etadi. Oilada shaxs extiyojlari va umumoila ehtiyojlari qoniqtiriladi. Shu jihatdan sotsialistik oilaning funksiyalari kelib chiqadi, ular; reproduktiv, iqtisodiy, tarbiyaviy, kommunikativ, bo‘sh vaqtni va dam olishni tashkillashtirish. Ular orasida birbiriga bog‘liqlik, birbiriga chatishish va birbirini to‘ldirish mavjuddir.
Oila shaxs tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Oila kishilarning nikoh yoki qonqarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari birbiri bilan chambarchas bog‘lik.
Oilaning ijtimoiy maqomi uning jamiyatdagi moslashuvchanlik darajasini belgilaydi va quyidagi to‘rt jihatni o‘zida aks ettiradi:
1. Oilaning ijtimoiyiqtisodiy darajasi – oilaning moddiy holatini daromadlari, turmush darajasi, moddiy jihatdan tukinligini ifodalaydi (oilaning daromadi yuqori, o‘rtacha va past bo‘lishi mumkin).
2. Oilaning ijtimoiyruhiy holati oilada sog‘lom yoki nosog‘lom psixologik muhit mavjudligini anglatadi; oiladagi sog‘lom psixologik muhit oila a’zolarining birbirlari bilan yaqinliklari, o‘zaro hamkor, hamfikr va teng huquqli ekanliklarini anglatsa, nosog‘lom psixologik muhit esa aksincha, oilada janjalnizolarning ko‘pligi, oila a’zolarining birbirlariga nisbatan mehrli, oqibatli emasliklarini ko‘rsatadi.
3. Oilaning ijtimoiymadaniy darajasi oila a’zolarining axloqi, atrofdagilar bilan munosabati, ma’lumotlilik darajasi, kasb yoki hunar egasi ekanliklari, oilaning muayyan an’anaga egaligi, oila a’zolarining qiziqishlari, ma’naviy ehtiyojlari, maishiy hayotni birgalikda tashkil etishlarini ifodalaydi.
4. Oilaning vazifaviy holati (vaziyatlirolli maqomi) oilada otaonalar, farzandlarning o‘zlariga yarasha vazifalari mavjudligini, ularning mehnat taqsimotidagi ishtiroklari, oila xo‘jaligini tashkil egishdagi ishtiroklarini belgilaydi.
Manbalarda oiladagi mavjud muhit , oila a’zolarining bir birlari bilan o‘zaro munosabatlariga ko‘ra oilalarning quyidagi turlari kursatilgan:
1) tinch, baxtli oilalar (ularda vazifalar muvaffaqiyatli bajariladi, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro ziddiyatlar yuzaga kelmaydi; har bir ishni bajarishdan oldin maslahatlashiladi, agarda muammolar yuzaga kelsa. birgalikda, hamjihatlikda hal qilinadi);
2) ijtimoiy xavf mavjud bo‘lgan oilalar (farzandlarni tarbiyalashda muammolar kuzga tashlanadi);
3) notinch oilalar (doimiy janjallar hukmron bo‘lib, farzand tarbiyasida katta qiyinchiliklar seziladi);
4) asotsial oilalar (otaonalar axloqsiz hayot kechirishadi; oilada sanitariyagigiena qoidalariga amal qilinmaydi, bolalar nazoratsiz qoldiriladi).

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish