Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b


Turkistonda rus-tuzem maktablarining yuzagakelishi. O’lkada g’oyaviy kurashning keskinlashuvi



Download 5,57 Mb.
bet50/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

Turkistonda rus-tuzem maktablarining yuzagakelishi. O’lkada g’oyaviy kurashning keskinlashuvi.XIX asrning 80 - yillaridan boshlab o’lkani muvaffaqiyatli egallab olgan ruslar gimnaziya va seminariyalaridan birmuncha fraq qiladigan rus-tuzem maktablari ochishga kirishdilar. Bu maktabning yuzaga kelishiga asosiy sabab chor hukumatining mahalliy xalqlar orasidan tayanch shaxslarni yuzaga keltirish, o’zlarining manfaatlari yo’lida xizmat qiluvchi tarjimonlar tayyorlash, o’lkadagi ruslashtirish siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish edi. Dastlabki rus-tuzem maktabi 1884 yilning 19 dekabr kuni Toshkentlik savdogar Said Azimboyning uyida ochiladi. 1886 yilga kelib esa bunday maktablar rasmiy jihatdan tasdiqdan o’tadi va shu yilning o’zidayoq 14 ta rus-tuzem maktabi ishga tushadi. Bu rus-tuzem maktablaridagi o’qish muddati 4 yil bo’lib, bu vaqt ichida o’quvchilar rus tili, rus qonunlari, matematika, hunarmandichilik va shariat amallaridan tahsil olishardi.1
Rus-tuzem maktablari ob’ektiv jihatdan olib qaraganda Turksitonda mavjud bo’lgan diniy maktablarga nisbatan aholini ko’proq o’ziga jalb eta boshladi. Shuning uchun ham dastlabki paytlarda o’lkada rus-tuzem maktbalari va ularda tahsil oluvchi o’quvchilar miqdori yildan - yilga oshib bordi. Bu narsani quyidagi ma’lumot ham isbotlashi mumkin: “1885 yilning 1 yanvarida “rus-tuzem” maktablarida 39 ta o’quvchi bo’lgan bo’lsa, 1896 yilning 1 yanvariga kelib bunday
tipdagi maktablarda tahsil oluvchilar soni 650 taga etdi”.2
Rus - maktablari har tomnlama mahalliy boylar va yirik savdogarlarni qanoatlantirar edi. Shu sababli ham 1900 yilda bir guruh mahalliy savdogarlar Turkiston general - gubernatori va Turkiston o’quv okrugi boshlig’iga iltimosnoma bilan murojaat etishib, Toshkent shahrining o’zida mahalliy bolalarning bilim olishi uchun 10 ta rus - tuzem maktabi ochib berishlarini (Abdullaev I. Eski maktabda xat-savod o’rgatish. O’rta va oliy maktab nashriyoti.-T., 1960, 78-bet.) so’rashadi. Bu maktablar bolalar bilan to’lib ketishiga ham mahalliy savdogarlar o’z iltimosnomalarida kafillik berishadi.1
Rus - tuzem maktablaridagi darsliklar sodda va ixcham ko’irinshda bo’lishiga qaramay, mahalliy millat an’analari va urf - odatlari, umuman mahalliy xalqning o’ziga xos xususiyatlaridan tamomila yiroqda edi. Buni biz quyidagi darslik va o’quv qo’llanmalarini qarab chiqish bilan ham ko’rishimiz mumkin: B.N.Nalivkinning 1885 yili narsh ettirgan “Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol o naseleniya Turkestanskogo kraya” darsligi, M.M.Oraqulovning “Samouchitel russkogo yazika dlya russko-musulmanskix shkol” nomli darsligi, S.M.Gromenitskiy tomonidan tuzilgan “Pervaya kniga dlya chteniya”, “Vtoraya kniga dlya chteniya”, “Tretya kniga dlya chteniya” darsliklari va boshqalar. Ushbu darsliklarda qo’llanilgan uslublar hozirgi davrimiz uchun etarlicha ahamiyat kasb etsa-da (V.N.Nalivkin darsligida qo’llanilgan tarjima metodi, S.M.Gromenitskiy darsligidagi rasm - ko’rgazmalardan foydalanishni birinchi o’ringa qo’yilishi va hokazo), biroq bu darsliklarda asosan rus klassiklarining asarlari ifoda etilgan edi. Jumladan: I.A.Krilovning “Lisa i vinograd”, “Mish’ i krisa”, “Dve bochki”, “Volk i juravl”, “Vorona i lisitsa”, “Zayats na lovle”, “Krestyanin i rabotnik”, “Zerkalo i obezyana”, “Strekoza i muravey”, “Melnik” va boshqa masal va she’rlari, A.S.Pushkinning “Utro”, “Anchar”, “Skazka o ribake i ribke” kabi she’rlari hamda M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoylarning bolalarbop asarlari yuqoridagi darsliklardan joy olgandi.
Albatta, o’zbek ziyolilari ham rus - tuzem maktablari uchun darsliklar yarata boshladilar. Ammo bunday darsliklar o’zbek tilida yozilgan bo’lsada, milliyligimizni to’lasincha aks eta olmas edi. Rus - tuzem maktablari uchun yozilgan darsliklar jumlasiga Saidrasul Saidazizovning S.M.Gromenitskiy tavsiyasi bilan 1902 yilda yozgan “Ustozi avval” nomli o’zbek tilidagi darsligi misol bo’la oladi. Bu darslikdagi materiallar bolalarning yoshlik xususiyatlariga moslashtirilgan bo’lib, unda tarbiyaviy holatlar ham ifoda etilgan. Bu kitobdagi ko’p materiallar rus adiblarining bolalarbop asarlaridan tarjima qilgandir. Jumladan, darslikda L.N.Tolstoyning “Bola va otasi”, A.I.Krilovning “Tulki va uzum”, M.Oraqulovning “Rus vatani”, M.Grimenitskiyning “Yolg’onchi cho’pon” kabi asarlari aynan tarjima qilingandir. Shu bilan birga S.Saidazizov o’z darsligida o’quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga yordam beradigan ba’zi bir xalq maqollaridan ham o’rinli foydalangan. Masalan “Dunyoning yorug’ligi
ilm birla”, “Ilmsiz aql engsiz kiyim”, “Ko’p bil, oz so’zla”, “O’ylamay so’zlagan og’rimay ulur”, “Tilingni saqla, o’zingni chaqmasin”, “Har kimni o’zidan ulug’ ko’rmoq lug’likka etkarur”, “Kishi birovga xizmat qilsa, anga ham xizmat qilurlar”, “Nodon qo’lida tillo tuproqdir” va hokazolar.2Muallif darsligining bir bo’limida hatto Qur’oni karim to’g’risida ham fikrlar bildirib o’tgan.
Rus - tuzem maktablari uchun o’zbek tilida yozilgan boshqa darsliklarga N.A.Badinovning “Sullami avval”, Mulla Rustambek ibn Yusufbekning “Ta’limi avval”, Ali Asqar Qalininning “Muallimi soniy”, Mulla Muhammadrasul Rasuliyning “Rahbari forsiy”, “Bolalar bog’chasi” kabi darsliklari misol bo’la oladi.
Rus - tuzem maktablarida foydalanilgan o’zbek tilidagi darsliklar o’lkadagi pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga samarali ta’sir etsada, ularda mahalliy xalq bolalariga, ayniqsa mehnatkashlarning bolalariga, ayniqsa mehnatkashlarning bolalariga ta’lim - tarbiya berish to’g’risida hech bir fikr bayon etilmagandir. Buni o’sha davr darsliklariniatroflicha tahlil etgan Yo’ldosh Abdullaevning bergan ma’lumotlaridan ham ko’rish mumkin: Masalan u kishi S.Saidazizovning “Ustozi avval” darsligi to’g’risida shunday deydi: “... u mehnatkashlar ommasining qanday og’ir hayot kechirganlagi, mehnatkashlarning bolalari o’qishi uchun imkoniyat yo’qligi haqida churq etmaydi”.1
Rus - tuzem maktablaridagi ta’lim - tarbiya ishlari mahalliy xalq manfaatlarini namoyon etmaganligi o’z navbatida Turkiston o’lkasidagi siyosiy qarama - qarshiliklarni kelib chiqshiga olib keldi. Rus gubernatorlarining bosqinchilik siyosatini anglab etgan mahalliy xalq orasida milliy ozodlik harakati boshlab yuborildi.
Rus - tuzem maktablaridagi ta’lim mazmuni mahalliy aholini o’ziga jalb eta olmaganligiga qaramasdan, eski diniy maktablardan har tomonlam afzal bo’lgan ta’lim -tarbiya usullarining ruslar tomonidan o’lkada qo’llanila boshlashi hamda rus - tuzem maktablari uchun dastlabki o’zbek tilidagi darsliklarning yaratilishi va o’qitish jarayonida ta’lim berishning qadimiy bo’g’in (hijo) uslubidan tovush uslubiga o’tilishi jkda katta ahamiyatga ega bo’ldi.



Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish