Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b


Mavzu: Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda va O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi (2 soat)



Download 5,57 Mb.
bet58/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

Mavzu: Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda va O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi (2 soat)

Reja
1. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi.
2. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi. O‘zbekistan Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
3.Uzluksiz ta’lim tizimi, uning tarkibiy qismlari va darajasi.
4.Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy printsiplari
Muammoli blok. Mustaqillik davrining birinchi choragi va 2017-2021 yillardagi “Harakatlar strategiyasi”ni qiyosiy tahlil etish.
Tayanch so’zlar: pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.


1. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimi.
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta'limtarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatlarni o‘rganish orqali biz mustaqil O‘zbekistonda milliy ta'lim tizimlarini yangidan tashkil qilishda boy manbaalarga ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta'limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Bugungi ta'lim tizimlarimizda, chet ellarda o‘quv tarbiya ishlrining yo‘lga qo‘yilishiga e'tibor va qiziqishning tez sur'atlar bilan o‘sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta'limi muassasalarida chet el ta'lim tizimi tajribasini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Chet el ta'limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar AQSHning Tinchlik korpusi mutaxassislari, YUNESKO va YUNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko‘plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar.
Bugungi kunda butun dunyo ta'lim muhitini rivojlantirish jarayonini me'yoriyhuquqiy jihatdan qo‘llabquvvatlash va koordinatsiya qilish YUNESKO tashkiloti tomonidan bajarilmoqda. Bu tashkilot barcha mamlakatlar uchun global va huquqiy xarakterdagi xalqarohuquqiy aktlarni ishlab chiqmoqda. YUNESKOning xalqarohuquqiy aktlari zamonaviy ta'limni globallashtirib, tarbiya muammolarini insoniy sivilizatsiyaning dastlabki darajasidan tinchlik, demokratiya, insoniylik, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlarini hurmatlash, boshqa xalqlarning tarixiymadaniy an'ana va qadriyatlarini hurmat qilish, atrofmuhitni asrash.
YUNESKOning me'yoriyijodiy faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • fan, madaniyat, ta'lim sohasida xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun sharoitlarni yaratish;

  • qonunchilik va inson huquqlarini hurmat qilishni ta'minlash;

  • ta'lim sohasida xalqaro integratsiya uchun huquqiy asoslarini tayyorlash jarayoniga ko‘plab mamlakatlarni jalb qilish;

  • dunyo ta'lim holatini tadqiq qilish, rivojlanish va integratsiyaning eng samarali yo‘llarini tashxislash;

  • qabul qilingan konvensiya va tavsiyanomalarni targ‘ib qilish;

  • ta'lim holati to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni to‘plash va tizimlashtirish.

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta'limni tabaqalashtirish,
informatizatsiyalashtirish, gumanizatsiyalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. O‘quv jarayonini tabaqalashtirib olib borish bo‘yicha AQSHda juda ko‘p tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSH tizimidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta'lim tizimlarida qo‘llash yosh, mustaqil Respublikada o‘quvtarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.
Rivojlangan davlatlardan biri Yaponiya ta'limining shakllanishi 18671868 yillarda boshlangan. Yaponiya o‘z oldiga ikki vazifani: 1boyish, 2G‘arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta'lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligi aytiladi. 1872yili «Ta'lim haqida Qonun» qabul qilindi. Bunda yapon ta'limi G‘arb ta'limi bilan uyg‘unlashtiriladi. 1908yil Yaponiyada boshlang‘ich ta'lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo bo‘ldi. 1946yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta'lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta'lim olishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi zamon yapon ta'lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta'lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari. Bolalar yosh xususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta'lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada maktabgacha ta'lim muassasalarining 59,9% xususiy, 40,8% munisipal, 0,3% davlatnikidir.

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish