Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b


Andin hunar ko’tardilar barcha eli



Download 5,57 Mb.
bet35/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

Andin hunar ko’tardilar barcha eli,
Ba’zilarga o’rin berdi sog’u so’li.
Birga bo’ldi, qomu birlan o’zi yo’li,
Alplar, beklar ko’rgan bormi Qozon, kabi?
Abulg’oziy shoshma-shoshar, hovliqma, yolg’onchiligi tufayli o’limga duchor bo’lgan bir shaxsni qismati to’g’risida fikr yuritib, bunday ikkiyuzlamachi, yolg’onchi kishi tegishli jazoga loyiqdir, deydi:
“...Ul kishi Qoonga kelib ayttikim: “Bu kecha tush ko’rdim, Chingizxon menga aytdikim borib Ugadayga aytgil — musulmonlarni o’ltursun”. — Qoonayttikim: “Bu so’zni senga Chingizxonni o’zi aytdimi yo tilmoch ayttimi?—”Qoon o’zi aytti”. Andin so’ng Qoon“Sen mo’g’ul tilin bilurmisan? tedi. Ul kishi bilmayman tedi. Qoon aytti: “Bu kishini o’ldurung” tedi, aning uchunkim, bu so’zni yolg’on aytaturur. Chingizxon mo’g’ul tilidan o’zga tilni bilmas – tedi”.
Demak, Abulg’oziy fikricha, odamlar orasidagi yaxshi-yomonlarni ajrata bilmoq kerak, buning uchun ularni har jihatdan o’rganib olmoq lozim. Chunki odamlar fe’l-atvorini o’rganish, ularning eng yaxshi xulq-atvorini qabul qilish orqali kishi o’z xulqini mukammallashtiradi. Shy bilan birga, kishilarning—deydi olim,— ahvolidan foydalan, ammo odamlar sening yomon axloqlaringni ko’rib ibratlanadigan bo’lmasin. Abulg’oziy bu bilan “munosib odamlarni” yomonlikdan, yomon xulqlardan, fisqu-fujurlardan va ortiqcha maishatlardan saqlanishga da’vat etadi va ulardan uzoqyurish kerakligini ko’rsatadi. Noqobil kishilarning tashqi tomonlariga, amaliga va yaramas xatti-harakatlariga qarab emas, balki xushaxloq kishilarning ma’naviy fazilatlariga qarab ibrat olish lozimligini uqtirib: “O’rduxon podsho bo’lib bir necha yillar aroq va qimiz ichib, Xitoy kimxobini nichib, suluvlarni quchib, otasi keynidan ketdi”,— deydi u.
Hayotiy kuzatishlar, turli kishilar bilan bo’lgan to’qnashuv, munosabat va muomalalar Abulg’oziyda ana shunday ta’limiy-axloqiy qarashlarning shakllanishiga zamin bo’lganligi shubhasizdir. Bu o’rinda shuni ham aytish kerakki, Abulg’oziy ilg’or fikrli donishmand va murabbiy sifatida axloq-odob masalalariga taalluqli ibratomuz fikr-mulohazalarini ifodalashda o’zbek xalq pedagogikasini oltin xazinasi hisoblangan xalq og’zaki ijodidan ham unumli bahramand bo’ldi. U ma’rifiy-didaktik g’oyalarni tashuvchi xalq maqollari, matallari, rivoyat va afsonalar orqali mo’g’ul va turkiy qavmlarning, el-elatlarning turmush tarzini, ta’lim-tarbiya an’analarini, ayrim tarixiy shaxslarning yaxshi va yomon xulqlarini hayotiy faktlar va ishonchli dalillar bilan tasvirlaydi. Masalan, “Yaxshilar aytib turur, o’n darvish bir palos ichig’a sig’ar, ikki podshoh er yuziga sig’mas” maqolida nodonlik va kaltabinlik qoralanadi. Kishi saltanatni boshqarishda hushyorlikka va tadbirkorlikka da’vat eti­ladi.
Xalqimiz orasida mashhur bo’lgan “Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar” maqolini Abulg’oziy Chingizxon tilidan o’z o’g’illariga qilgan ibratomuz nasihatlariga quyidagicha ixcham tarzda singdirib yuborgan: “... to’rt o’g’liga ellarni bo’lub, bir erda o’lturtub ayttikim: “Bir-biringiz birlan ittifoq bo’ling va muxolifat qilmang,—tedi. Taqi sadoqidin bir o’q chiqarib sindirdi. Taqi bir necha o’qni birga qo’yub ayttikim: “muni sindira bilur kishi bormu? Hech kishi sindira bilmadi. Chingizxon o’g’lonlariga boqib ayttikim: “bu o’qlar sizlarga o’xshash. Agar barchangiz birikib, biringizni podshoh kilib, aning tilidin chiqmasangiz, hech kishi sizlarni sindira bilmas. Agar ittifoq qilmay muxo­lifat qilsangiz, bir o’qni nechuk sindirursalar, sizni ham shundoq sindururlar”,— teb yaxshi nasihatlarqildi”.
Ikkinchi bir o’rinda Chingizxon tilidan ishlatilgan “biliksiz bosh, keraksiz tosh” maqolida tuman hokimi dono, xalqqa g’amxo’r, murabbiy bo’lmasa ne kerak bun­day noqobil hokim va xalqqa, va lashkarga bosh bo’la oladi, ayni choqda esa toshga o’xshatib suvga otilishi mumkin, degan g’oya o’z ifodasini topgan: “Tuman aqosi va xazora va sa’da da’va har yilning avvalinda va oxirinda meni ko’rub, biliklarimni eshitsunlar va andin so’ng, ul kishilar lashkarg’a bosh bo’la bilyrlar va har qachon mundoq qilmasalar alar xalqqa bosh bo’lmoqqa yaramas tururlar. Andoq kishilar bir toshga o’xsharkim, ani bir suvning o’rtasiga tashlagaylar. U botib ketib hech ko’rinmag’ay...” Shuningdek, xalq hayotini yaxshilash uchun zulm va zo’rlikni, har qanday yomonlik va yomonlarni yo’qotish, yaxshilikning g’alabasi uchun axloqiy tarbiyani kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi: “Har kishi o’z o’yini yaxshi saqlasa, mamlakatimizni ham saqlar”. Taqi aytur erdi kim, har kishi o’n kishini tartib birlan yasasa, ulug’ lashkarni ham yasar va taqi xar kim yomonlikdin o’zining ichini pok qilsa, mulkdin o’g’rini ham pok qilur. Taqi har kishi ulug’lar qatig’a borsa, andin so’z so’ramay so’zlamasun. Agar so’z suramay so’zlasa, uning so’zini eshitsalar ne xub, agar eshitmasalar, sovuq temurga cho’kich urg’ondek bo’lur”.
Abulg’oziy “Shajarai turk”da “bugungi ishni tonglag’a solgan kishining hech ishi bitmas”, “it semirsa egasini qopar”, “O’ksuk o’z kindigini o’zi kesar tegan” kabi xalq maqoli va hikmatli so’zlarni qo’llab axloq va aql hakiqat mezoni, adolat va yaxshilikni barqaror etuvchi omil bo’lgani uchun axloqiy kamolatga intilishni har bir odam uchun zaruriy fazilat deb uqtiradi.
Xulosa kilib aytganda, Abulg’oziyning “Shajarai turk” asaridagi jamiyat tarixiga oid mulohazalari ma’rifiy-axloqiy qarashlari bilan chatishib ketgan. Tariximiz va ta’lim-tarbiya an’analarimizning ko’p sahifalari ochilmay qolgan shu kunda “Shajarai turk” barcha ilm ahli uchun muhim tarixiy va pedagogik manba bo’lib xizmat qiladi. “Shajarai turk”ning ilmiy-tarixiy qimmati haqida A.G.Vamberi: “Abulg’oziyning ko’pchilik ishlari Zahiriddin Boburni xotiraga tushiradi, jahon uning “Shajarai turk”i uchun minnatdordir” deb yozgan edi.
Abulg’oziyning “Shajarai turk” asari mashhur rus yozuvchisi Vladimir Galaktinovich Korolenko, buyuk rus yozuvchisi A.M. Gorkiyda ham katta taassurot qoldirgan edi. M. Gorkiy 1895 yil 7 avgustida Korolenkoga yozgan xatida: “Bahodirxonning kitobidan boshqa mo’g’ullar tarixiga oid yana biror manbani menga tavsiya qilsangiz-chi, juda qiziq ekan, bu mo’g’ullar”— deb “Shajarai turk” asarini tavsiya qilganligi uchun ustoziga minnatdorchilik bildirgan.
Xorazm tarixini o’rgangan tarixnavis-adabiyotshunos olimlar X.A.Vamberi, V.V.Bartold, P.N.Poltoa, A.N.Samoylovich, A.M.Gorkiy, A.N.Kononov, A.I.Abrasheev, N. Veselovskiy, A.Yakubovskiy, Yu.Yusu­pov, S.I.Ivanov, P.P.Ivanov, V.Zohidov, A.V.Abdullaev, N.M.Mallaev, Ya.G’ulomov, H.Munirov, X.Hudoynazarov, A.Sotliqov, S.Hasanov, O.Masharipov va boshqalar ham Abulg’oziyning “Shajarai turk” asari yuksak ma’rifiy-ilmiy manba sifatida muhimahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydilar.
Shuningdek, Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarai turk” asari XVIII-XIX asrlarda jahon ilm ahlining diqqat markazida bo’lib, 1726, 1732, 1770 yillarda nemis, frantsuz, ingliz, lotin, tatar va boshqa tillarga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etildi. 1825 yili bu asar S.G.Sablukovskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. Nihoyat, qariyb 330 yildan so’ng, ya’ni 1992 yilda “Shajarai turk” asarini o’z ona tilimizda o’qishga muyassar bo’ldik.
Samarqand davlat universiteti frantsuz filologiyasi kafedrasi professori Muhammadjon Xolbekov asarning frantsuz tiliga tarjima etilishi bilan bog’liq qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi: 1871 —1874 yillari sharqshunos baron Demezon “Shajarai turk” ni ikki jild holida Sankt-Peterburgda nashr qildirdi. Nashrning birinchi jildida asarning rus lug’atshunosi V.I.Dal Orenburgdan keltirilgan qo’lyozmasining asliyati, ikkinchi jildida shu matn asosida amalga oshirilgan baron Demezonning frantsuz tiliga tarjimasi o’rin olgan. Baron Demezonning ushbu nashri “Shajarai turk”ning eng mukammal qo’lyozma nusxasi va tarjimasi hisoblanadi. 1969 yilda Demezon matnini ilmiy o’rgangan professor S.N.Ivanov “Shajarai turk” matnining grammatikasi” ocherkini yaratdi.
Shu tariqa, XVII asr turkiy tildagi adabiyotning nodir namunalaridan biri bo’lgan “Shajarai turk”ning har ikkala farangcha tarjimasi Ovrupoda ham shuhrat qozonishiga sabab bo’ldi, desak xato qilmaymiz”.
Xorazmlik mashhur tarixchi Muhammad Yusuf Bayoniy “Shajarai Xorazmshohiy” asarida yozishicha, Abulg’oziy o’z davrining bilimdon tarixchisi va qobiliyatli shoiri bo’lishdan tashqari, u tabobat ilmi bilan ham shug’ullangan. Abulg’oziy janglar va savashlarda orttirgan jarohatlarini Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon va Yusuf tabiblarning tabobatga doir asarlari, maslahatlariga ko’ra o’zi muolaja kilib, 124 kasallikka doir “Manof’e-ul-inson” (“Kishilarning sihat-salomatliklari yo’lida”) risolasini yozgan. Abulg’oziy bu risolaning yaratilishi xususida shunday deydi: “Kitoblarni nazarga keltirib erdik maqsadi goho topilur erdi va goho topilmas erdi, ulkin topilur erdi, hozir mashaqqat birla o’rtaga kelur. Shul sababdin, illatga iloj qilmoq uchun, mu’tabar kitoblardin hoxlab jam qilib, ondin so’ng illatlarni bayon qildim”.
Haqiqatan ham, Abulg’oziy aytganidek, bu davrda tibbiyotga doir qator arabcha va fors tilidagi asarlar mavjud bo’lsa-da, ammo ularni topish, sof turkiy tilda o’qib bahramand bo’lish, ayniqsa, mehnatkash omma uchun amalga oshirib bo’lmaydigan bir orzu edi, xolos. Shuning uchun ham Abulg’oziy bu sohada qalam tebratib, risolasini xalqqa tushunarli sodda va jonli tilda yozganligi katta ahamiyatga molikdir.
“Ma’nofe’-ul-inson” risolasi to’rt qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda oddiy dorilar, ikkinchi qismda esa murakkab dorilar, ularni tayyorlash va ishlatish yo’llari, uchinchi qismda dardlarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillar, kasalliklarni davolash tartiblari haqida, to’rtinchi qismda esa o’zidan oldin o’tgan tabiblarning va ayni vaqtda o’zining bemorlarni davolash sohasidagi fikr-mulohazalarini sodda tilda bayon qiladi. Qo’llanmaning ahamiyati shundaki, muallif xalq tabobatida qo’llanilgan 700 dan ziyod dori-darmonlar tadqiqi 53 bobni tashkil etadi. Har bir bob alohida xastaliklarga va ularni davo­lash usullariga bag’ishlangan. Chunonchi bosh, ko’z, quloq, tish og’rig’i, sariq kasal va boshqa dardlar muolajasi haqida qimmatli maslahatlar berilgan.28
Xullas, Abulg’oziy Bahodirxon butun umrini feodal tarqoqlikni tugatish,markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, millatlararo nizo chiqishiga sabab bo’ladigan barcha g’ovlarni bartaraf qilish, xalq farovonligini ta’minlash, mo’g’ullar vayrongarchiligi oqibatida 400 yil mobaynida xarobaga aylanib qolgan o’lkani tiklash uchun o’zini ezgulikka bag’ishlagan, ilm-fanni yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’tarib, XVII asrda Xorazmda madaniy hayotning taraqqiy etishiga o’z hissasini qo’shgan buyuk davlat arbobi va iste’dodli olimdir. U qoldirgan bebaho tarixiy asarlar o’zining ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotmagan.



Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish