O‘quvchilarning kun tartibi gigienik baholash.
Ishdan maqsad: Pedagoglar o`quvchilarda kun tartibini bajarish ko`nikmasini hosil qilishlari kerak. har o`quv yilining boshida sinf rahbari ota-onalarni va o`z sinfi o`quvchilarini taxminiy kun tartibi bilan tanishtiradilar. Bu tartib asosida har bir o`quvchi uy sharoitiga qarab o`zining kun tartibini belgilashi bo’yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
Nazariy tushuncha. Maktab o`z ishini oila bilan uzviy bog`liq holda olib boradi. Maktab va oilaning yagona maqsadi bolalarga ta`lim va tarbiya berishdir.
I.P. Pavlovning oliy asab faoliyati va markaziy asab tizimining koordinatsiyasi hamda boshqarish vazifasi haqidagi ta`limoti kun tartibni shunday tuzishga asos bo`ladi, unda ish bilan dam olishni, shuningdek, mashg`ulotlarning xilma-xil turlarini navbatlashtirib turish mumkin bo`ladi.
O`quvchilarning kun tartibini va yuklamalarini o`rganishda organizmdagi fiziologik muvozanatni har xil faoliyat turlari-dam olish, ovqatlanish, uyqu va hokazolarni to`g`ri qo`shib olib borish ta`sirida tezroq tiklash haqidagi masala aktual masala bo`lib hisoblanadi.
Tashqi muhitning qulay sharoiti ta`sirida bola va o`smirlar organizmi o`sib, ulg`aya boradi. Kun tartibi to`g`ri tashkil etilganda bola charchamaydi, asab tizimida shartli reflekslar vujudga keladi, bolalar intizomli va tartibli bo`la boradi. Kun tartibiga rioya qilinmaganda esa bola to`liq dam olmasdan, toliqib qoladi, uyqo`si, ishtaxasi yomonlashadi, asabi bo`ziladi, ish qobiliyati pasayadi.
Uy vazifalari bola yoshiga mos bo`lishi kerak. 1 sinf o`quvchilariga 45 minutlik, 2-sinf o`quvchilariga 1-1,5 soatlik, 3.4-sinflar uchun 2-2,5 soatlik, 5-11 sinf o`quvchilari uchun 3-3,5 soatlik uy vazifasi berilishi tavsiya etiladi.
O`quvchi uyda maxsus jihozlangan joyda, qaddini to`g`ri tutib. boshini qiyshaytirmasdan, tirsaqlarini stol ustiga qo`ygan holda o`tirib dars tayyorlashi kerak. Yorug`lik, yetarli bo`lmasa ko`z mushaqlari tez charchaydi. Shuning uchun yoruglik normal bo`lishi va chap tomondan to`shishi kerak. O`qiyotganda kitobdan ko`zgacha bo`lgan masofa 40 sm bo`lishi shart. To`xtamay uzoq yozish o`quvchini charchatadi. Shuning uchun 7-10 yashar o`quvchi tinimsiz 10 minut, 10-12 yoshda 15 minut, 12-15 yoshda 20 minut, 15-18 yoshda 25-30 minut yozishi mumkin.
Uy vazifasini bajarishda har 45 minutdan so`ng sof havoda dam olish kerak. Maktabdan qaytgandan so`ng ovqatlanish va harakatli o`yinlar o`ynash, sof havoda sayr qilish lozim. O`quvchilar uy vazifasini bajarib bo`lganidan so`ng uy ishlariga yordam berishi kerak.
O`quvchini yoshligidan o`rin-ko`rpasini yig`ishtirishga, kiyim-boshini tartibga solishga, kechqurun, erta bilan yuvinishga o`rgata borish zarur.
Kun tartibida uyquning ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2-2,5 s oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so`ng sof havoda bir oz sayr qilishi, kiyimlariga qarashi lozim.
Uxlashdan avval zo`ri\qib aqliy mehnat talab etadigan ishlarni bajarish, xayajonli o`yinlar o`ynash, televizor ko`rish tavsiya etilmaydi.
Televizorni kuni sinf o`quvchilari xaftada 3-4 marta kuniga 1-1,5 soatdan, Yuqori sinf o`quvchilari 4-5 marta 2,2-5 soatdan undan 2-2,5 m uzoqda o`tirib, kad-qomatni to`g`ri to`tgan holda ko`rishlari mumkin. Yotib yoki yonboshlab televizor ko`rish mumkin emas.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari soat 8 va 9 larda, yuqori sinf o`quvchilari 10 da uyquga yotishi kerak. O`rin toza bo`lishi, juda yumshoq bo`lmasligi lozim. Xona temperaturasi 18-20S° bo`lishi, qishda fortochkani ochib qo`yish kerak.
Har kuni bir vaqtda ovqatlanishi shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaha paydo bo`ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bo`ladi.
Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |