TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI
TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI
Tabiiy gazni komponentlar (metan, etan, propan, butan va uglevodorod kondensati) ga
ajratish jarayonining asosida rektifikatsiya jarayonlari yotadi. Dastlab tabiiy gaz tarkibidan C2 yuqori komponentlarni ajratish jarayoni past temperaturalarda past temperaturali rektifikatsiya (PTR) usuli bilan amalga oshirilgan. Mazkur jarayonning mohiyati kondensatlangan uglevodorodlarni avvvaldan ajratib olish va ikkifazali sovutilgan oqimni rektifikatsiya kolonnnasiga berishdan, shu tarzda tabiiy gazning oqimini to‘laligicha metansizlashtirishdan iborat. Jarayonning temperaturasini tushirish etilen va propan sovutish sikllarining sovug‘idan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. C2 yuqori uglevodorodlarning komponentlarga bundan keyingi ajratish etan, propan va butanni ajratish bloklarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |