Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


VIII bob. Kanada soliq tizimi 8.1. Kanada soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari



Download 4,93 Mb.
bet28/103
Sana18.07.2022
Hajmi4,93 Mb.
#821243
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

VIII bob. Kanada soliq tizimi




8.1. Kanada soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari.


Boshqa federativ davlatlardan Kanada detsentralizatsiyasi ancha yuqori darajasi bilan farq qiladi. Federal hukumat bo’linmalarining ahamiyatli ta’siri ostida provinsiyalar milliy iqtisod strategiyasi shakllanishida jiddiy rol o’ynaydi. Kanada hukumati xarajatlarining yarmidan ko’proq qismi va ta’lim, sog’liqni saqlash hamda ijtimoiy sug’urtani ta’minlash funksiyalari provinsiyalar ulushiga to’g’ri keladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, provinsiyalar rolini oshirish tendensiyasi oxirgi yillarda ham davom etmoqda. Kanada soliq tizimi quyidagi uchta asosiy darajani tashkil etadi:

  1. federal (davlat daromadlarining qariyb 50 foizi);

  2. provinsiya (qariyb 40 foizi);

  3. mahalliy (10 foizi).



8.2.Federal foyda solig’i, kapitaldan olinadigan soliqlar to’g’risida tushuncha va ularni soliqqa tortish mexanizmi.


Federal byudjet asosini quyidagilar tashkil qiladi: aholidan olinadigan daromad solig’i, korporatsiya solig’i, tovar va xizmatlar solig’i, aksizlar, bojxona boji va ijtimoiy sug’urta jamg’armasi badallari. Provinsiya daromadlari: aholidan olinadigan daromad solig’i, korporatsiya foydasidan olinadigan soliq, sotuvdan olinadigan soliq, aksizlar, ijtimoiy sug’urta jamg’armasi badallari, hadya solig’i, renta to’lovlari, turli ro’yxatga olish yig’imlaridan iborat. Tushumlarning asosiy qismi daromad solig’i va egri soliqlarga to’g’ri keladi. Mahalliy byudjetlar soliq tushumlari ko’chmas mulk solig’i va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliqlardan iborat14.
Kanada soliq tizimi 1987 yilda o’tkazilgan soliq islohoti tufayli zamonaviylasha boshladi. Uning qoidalariga asosan Kanadada federal darajada daromad solig’ining o’nta stavkasi o’rniga uchta stavka, har bir regionda esa o’zlarining mahalliy stavkalari qo’llanila boshlandi.
1-jadval
8.3. Kanadada asosiy soliq stavkalari

Provinsiya,
hudud

Asosiy stavka

Federal-provinsial stavka




Daromad solig’i

Foyda solig’i

Daromad solig’i

Foyda solig’i

Nyufaundlend

21,0

14,0

52,3

43,12

Yangi Shotlandiya

19,0

16,0

50,3

45,12

Prins Eduard oroli

19,0

15,0

50,3

44,12

Nyu-Bransuik

20,1

17,0

51,4

46,12

Kvebek

21,6

8,9-16,2

52,9

38,0-45,0

Ontario

21,6

15,5

52,9

44,6

Manitoba

19,1

17,0

50,4

46,1

Saskachevan

20,6

17,0

51,9

46,1

Alberta

14,8

15,5

46,1

44,6

Britanskaya Kolumbiya

22,9

16,5

54,2

45,6

Yukon

15,3

15,0

46,6

44,1

Shimoliy-G’arbiy hududlar

13,0

14,0

44,4

43,1

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar federal va provinsial stavkalardan tashkil topgan integrallashgan stavka hisob-kitob usulini ko’rsatadi. Kanadada kichik biznes faoliyatini rag’batlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Bunday kichik firmalar (100 kishidan kam yollanma mehnat ishchilari bo’lgan firmalar) ulushi barcha kompaniyalar (xizmatlar, chakana savdo, qurilish) hisobining 97 foiziga yetadi va ularning daromadlariga yagona stavka – 12 foiz qo’llaniladi. Umuman Kanadaning soliq tizimida to’g’ri soliqlar yuqori turadi. Egri soliqlarga - yagona 7 foiz stavka bo’yicha tovar va xizmatlarga qo’yiladigan federal soliq hamda sotuvdan olinadigan mahalliy soliqlar kiradi. Ba’zan provinsiyalarda ushbu ikki soliq qo’shma stavkada birlashib 15 foizni hosil qiladi. Birlashgan soliq chakana narxlarga qo’shiladi.





Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish