– 124 –
6.15-rasm. 10 BASE-TX standarti yordamida komp’yuterlarni
birlashtirish sxemasi.
Kabellarni ulash uchun 10BASE-T holidagidek 8-kontaktli
RJ-45 turidagi raz’emlardan foydalaniladi. Lekin bu raz’emlar
(5-toifadagi) 3-toifadagi raz’emlardan biroz farq qiladi. Xuddi
10 BASE-T kabi, kabel uzunligi 100 metrdan osha olmay-
di, markazida konsentratori bo‘lgan «Passiv yulduz» to-
pologiyasi ishlatiladi. Faqat Fast
Ethernet tarmoq adapterlari
bo‘lishi kerak va konsentrator 100BASE-TX segmentini ulash
uchun hisoblangan bo‘lishi kerak. Shuning uchun 10BASE-T
tarmog‘ini o‘rnatilayotganda bir vaqtning o‘zida 5-toifadagi
kabelni ham o‘tkazishga maslahat beriladi. Tarmoq adap-
terlari va kabellar o‘rtasiga tashqariga chiqarilgan transiverlar
o‘rnatilishi mumkin.
Vaholanki 10BASE-T kabelning va 100BASE-TX kabel-
ning ham maksimal uzunligi 100 metr bo‘lsa ham bu uzun-
liklarni cheklash sabablari ikki tarmoq uchun turlidir.
10BASE-T kabeli uzunligining 100 metrgachan chegarala-
nishining sababi, kabelning sifati yomonligida (aniqrog‘i un-
dagi signalning so‘nishi). Lekin 150 metrgacha kabel uzun-
ligini
oshirish mumkin, agarda sifatli va ancha ko‘rsatkichlari
yaxshi kabel ishlatilsa. 100BASE-TX kabeli uzunligining 100
metr bilan chegaralanish sababi, axborot aloqasini vaqt ta-
– 125 –
lablariga ko‘ra o‘rnatilgan (aloqa yo‘lidan signalni ikki ma-
rotaba o‘tish vaqtiga qo‘yilgan chegara)
va shuning uchun
hech qanday shart bilan ham uzunlikni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Standart etib o‘tilgan ko‘rsatkichni ta’minlash uchun segment
uzunligini 90 metr bilan chegaralashni talab qiladi (10% li
zaxiraga bog‘lanish uchun).
RJ-45 raz’mining 8 ta kontaktidan faqat 4 tasigina ishlati-
ladi (6.3-jadval): ikkitasi (TX
+
va TX-) axborotni uzatish uchun
va ikkitasi (TX
+
va TX-) axborotni qabul qilish uchun.
Uzatish
differensial signallar yordamida amalga oshiriladi. Standartda
shuningdek, ekranlangan ikkita o‘ralgan juftlik kabelidan ham
foydalanishni hisobga olingan (to‘lqin qarshiligi 150 Om). Bu
holda 9 kontaktli ekranlangan DB-9 raz’emi ishlatiladi, bu
raz’emni STP IBM 1 tur raz’emi deb ham yuritiladi (6.16-
rasm), Token-Ring tarmog‘idagi kabi. Raz’em
kontaktlarining
vazifalarini 7.4-jadvalda keltirilgan.
Jadval 6.4.
DB9 raz’em kontaktlarining taqsimlanishi.
Kontakt
Vazifasi
Simning rangi
1
2
3
4
5
6
7
8
RX+
Ishlatilmaydi
Ishlatilmaydi
TX+
RX-
Ishlatilmaydi
Ishlatilmaydi
TX-
Qovoqrang
Qizil
Qora
Yashil
7.16-rasm. DB-9 raz’emi.
– 126 –
100BASE-TX tarmog‘ida ham 10BASE-T tarmog‘idagi
kabi ikkita kabel turi ishlatilishi mumkin: to‘g‘ri va chorraha
(6.17-rasm). Ikkita komp’yuterni konsentratorsiz ulash uchun
standart chorraha (crossover, ïåðåêðéîñòíûé)
kabelidan foy-
dalaniladi. Komp’yuterni konsentratorga ulash uchun to‘g‘ri (di-
rect, pryamoy) kabeli ishlatiladi, raz’emlarining bir xil kontaktlari
ikkinchi raz’emning shu turdagi kontaktlari bilan ulangan bo‘lishi
kerak. Agarda chorraha ulanish konsentrator ichiga olingan bo‘l-
sa, tegishli porti «X» harfi bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi ke-
rak. Ko‘rinib turibdiki bu íerda ham xuddi 10 BASE-T kabidir.
6.17-rasm. 100BASE-TX segmentida ishlatiladigan to‘g‘ri va
chorraha kabellar.
100BASE-TX tarmog‘ida tarmoqning ishga layoqatligini
tekshirish uchun ikki paketlarning
orasidagi vaqt davomida
maxsus signallar (FLP-Fast Link Pulse) uzatilishi ko‘zda tutil-
gan va ular, qurilmalarning tezligini avtomatik ravishda moslash
vazifasini ham bajaradi (Avto – Negotation, àâòîìàòè÷åñêîå
ñîãëàñîâàíèÿ).
Do'stlaringiz bilan baham: