Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

6.2. 10 BASE 2 uskuna 
Ingichka koaksial
 
kabeli yo‘g‘on kabel turidan farqi ikki 
hissa ingichka (diametri 5 mm atrofida), ancha egiluvchan, 
montajni amalga oshirish ancha oson, narxi arzon (taxminan 
uch hissa). Uni asosidagi tarmoqlar ko‘p tarqalganligi taaj-
jubli emas, albatta. Ingichka kabelning ham to‘lqin qarshiligi 
50 Om va 50 Omli moslashishni talab qiladi. Agarda yo‘g‘on 
kabelni albatta devorga yoki polga puxta mahkamlash kerak 
bo‘lsa, ingichka kabelni osma montaj qilish mumkin, sababi 
bir xona chegarasida komp’yuterlar joyini bemalol o‘zgartirish 
imkonini beradi. 
Ingichka kabelning eng katta kamchiligi tarmoq qismin-
ing (segment) kam uzunligidir (185 metrgachan). Ba’zi hol-
larda tarmoq adapterini ishlab chiqaruvchilari segment uzun-
ligini 200 metr yoki 300 metr qilib ko‘rsatadi. Bunday tarmoq 
adapterlarini boshqa turdagi tarmoq adapterlari bilan ulab 
bo‘lmaydi, sababi bu vaziyatda standart bo‘lmagan signallar 
ishlatiladi. RG-58A/U – ingichka koaksial kabel turi eng ko‘p 
tarqalgandir. 
Ingichka kabelda ishlatiladigan uskunalar (6.4-rasm) 
yo‘g‘on kabel uskunalariga nisbatan ancha sodda. Tarmoq 
adapteridan tashqari, kerakli uzunlikdagi kabel, raz’emlar, T 
– konektorlar va terminatorlardan (bittasi yerga ulanadigan 
turi) iborat. Har bir juft abonent o‘rtasida ikki uchida BNC 
turdagi raz’emli alohida kabel bo‘lagi o‘tkaziladi. Bu kabel 
bo‘lagining eng kam uzunligi (abonentlar o‘rtasidagi minimal 
masofa) – 0,5 metr. Kabel bo‘laklarini o‘zaro ulash uchun 
ruxsat etilmasa ham BNCI – konektori (Barrel-konnektor) 
yordamida ulashni amalga oshiriladi. Raz’emlarni kabelga 
kavsharlash usuli bilan ham ulanadi, lekin ko‘pincha max-
sus siqish orqali ulaydigan asbob yordamida kabelni raz’emga 
ulash amalga oshiriladi, ammo e’tibor qilish kerakki siqish as-
bobi raz’em turiga mos ravishda tanlanishi kerak.


– 112 –
6.4-rasm. 10BASE2 uskunasi.
Adapter platasida BNC – raz’emi bo‘lishi kerak, unga BNC 
T – konsentratori ulanadi, bu esa adapter platasi ikki bo‘lak 
kabel bilan ulanishini amalga oshiradi (6.5- rasm). Tarmoq 
adapteri tarkibida kerakli tartibga o‘rnatish moslamasi bo‘lsa 
«Ethernet-Cheapernet», u holda adapterni «Cheapernet» tar-
tibiga (bu 10 BASE2
 
segment nomini tarqalgani, shuningdek, 
ingichka koaksial kabelning ham nomidir) o‘rnatish lozim. 
Galvanik ajratishni adapterning o‘zi amalga oshiradi, himoya 
(èçîëÿöèÿ) kuchlanishi 100V ni tashkil qiladi, yo‘g‘on kabel 
holatiga nisbatan ancha kam.
6.5-rasm. Adapterni ingichka koaksial kabeliga ulash.
Kimgadir adapter raz’emi bilan BNC T-konnektor o‘rtasiga 
kabel bo‘lagini ulab adapter va komp’yuterdan ulangan tugunni 
(T-konnektor va ikkita BNC-raz’emini) uzoqroq joylashtirish 
– 113 –
qulaydek tuyuladi. Bunday qilish mumkin albatta, lekin stan-
dart tomonidan bu uzunlik 4 sm dan oshmasligi ta’kidlangan. 
Bunday uzunlikdagi kabel bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi 
albatta, shuning uchun 6.5-rasmda ko‘rsatilgani kabi ulanishni 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Aytib o‘tish kerakki Rossiyada ishlab chiqariladigin SR-50 
turidagi raz’em bilan ham ulashni amalga oshirish mumkin, 
lekin bu holda raz’em o‘lchamlaridagi ozgina farq borligi ulash 
ishlarida kuch ishlatishga olib keladi, bu esa adapter platasi-
ning butun qolishiga xavf tug‘diradi. Shuning uchun bir tur-
dagi raz’emlardan foydalanilgan ma’quldir, ayniqsa raz’emlar 
narxi hozirda uncha qimmat ham emas.
Agarda butun tarmoq ingichka kabel yordamida amalga oshi-
rilsa, u holda standartga ko‘ra segmentlar soni 5 tadan oshmasligi 
kerak. Tarmoqning umumiy uzunligi u holda 925 metrni tashkil 
etib, to‘rtta repiter lozim bo‘ladi. Bir segmentda abonentlar-
ning eng ko‘p soni (repiterlar bilan) 30 tadan oshmasligi kerak. 
Ya’ni ingichka kabel yordamida amalga oshirilgan tarmoqda 
abonentlarning umumiy soni 150 tadan ortiq bo‘la olmaydi.
Komp’yuterlarni tarmoqqa ingichka kabel yordamida 
ulashni 5.6-rasmda ko‘rsatilgan. Bu yerda ham, yo‘g‘on kabel 
ishlatilganidek standart «shina» topologiyasidan foydalaniladi.
6.6-rasm. Komp’yuterlarni tarmoqqa ingichka sim orqali ulash.


– 114 –
Ingichka kabelda hosil qilingan bir segmentli tarmoq 
uchun eng kam uskuna va qurilmalar to‘plami quyidagilardan 
iborat bo‘ladi:
tarmoq adapterlari (tarmoqqa o‘rnatilgan komp’yuter 

soni bilan teng bo‘ladi);
ikki uchiga ulangan BNC-raz’emlar bilan kabel 

bo‘laklari, ularning umumiy uzunligi tarmoqdagi ham-
ma komp’yuterlarni ulashga yetarli bo‘lishi kerak;
BNC-T konnektorlar (tarmoq adapterlar soni bilan 

teng);
bitta BNC terminatori yerga ulanish moslamasiz;

bitta BNC terminatori yerga ulash moslamali.

Agarda tarmoq bir necha bo‘lakdan tashkil topsa va ularda 
repiter hamda konsentratorlardan foydalanilsa, u holda hi-
sobga olish kerakki ba’zi bir konsentratorlar tarkibida joylash-
gan 50 Omli terminatorlar ham bo‘ladi (bu hollarda o‘chirib 
qo‘yilgan), bu esa moslash muammosini hal qilishni oson-
lashtiradi. Agarda bunday terminatorlar bo‘lmasa, u holda 
tashqi terminatorlardan foydalanish kerak. Bu qurilma seg-
mentning ikki uchiga o‘rnatilganligi uchun, har bir segmentlar 
uchlariga bunday qurilma kerak bo‘ladi.
Yaqin vaqtgacha 10 BASE2 uskunasi eng taniqli va keng tar-
qalgan edi. Kabellar, raz’emlar, adapterlar ular uchun juda ko‘p 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilar edi, bu hol u 
uskunalarni doimiy narxi tushib turishini ta’minlardi. Hozirda 
esa 10 BASE-T uskunasi uni siqib chiqarmoqda, ko‘pchilik 
hollarda bu esa asoslanmagan ravishda ro‘y bermoqda. 
Qachonki «Shina» qulay bo‘lib, «Passiv yulduz» qulay 
bo‘lmagan vaziyatlarda, 10BASE2 uskuna qismlarini bir necha 
konsentratorlar ishlatilgan murakkab tarmoq tarkibiga ham 
qo‘shish maqsadga muvofiqdir.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish