Serverning tuzilishi. Mahalliy tarmoqda olib borilayot-
gan asosiy jarayonlarni boshqarish uchun server yetarlicha
katta kuchga ega bo‘lishi kerak. Qanchalik ko‘p yo‘nalishlar
– 205 –
bo‘yicha server ishlasa, shunchalik katta yuklamaga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi serverga bo‘lgan
talablari, oddiy ishchi komp’yuterga bo‘lgan talablardan an-
cha farq qiladi.
Server tarkibiy qismlarini tanlashni tarmoqning loyihalash-
tirish jarayonida, bunda mahalliy tarmoqni narxi ham aniq
bo‘ladi, yoki tarmoqni montaj ishlarini tugatgach amalga oshi-
rish mumkin. Agar domen tuzilmasi tanlangan bo‘lsa, server
tarkibiy qismlarini tanlash bosqichi albatta mavjud bo‘ladi va
serverni harid qilish majburiy hisoblanadi.
Boshqaruv serverini tarkibiy qismini tanlashda, uni ish-
latishdagi quyidagi xususiyatlarga e’tibor berish kerak:
uzluksiz ishlash;
tarmoq foydalanuvchilarining autentifikatsiyasini ta’-
minlash
qayd yozuvlari va komp’yuterlar haqidagi barcha
ma’lumotlarni saqlash;
qo‘shimcha vazifalarini ishlatish imkoniyatini majudligi, masalan, DNS va DHCP-serverlar;
veb-dasturlarga xizmat qilish imkoniyatini mavjudligi;
qo‘shimcha dasturiy ta’minotdan foydalanish imkoni-
yatini mavjudligi, masalan, korporativ antivirus tizim-
lari;
ma’lumotlarni arxivlash, masalan, strimer, tizimini
ulash imkoniyatini mavjudligi;
tarmoqni barcha komp’yuterlarida vaqtni sinxronlashtirish.
Bundan tashqari, muhim masalalardan serverni ishlatish
variantlarini tanlash hisoblanadi: alohida o‘rnatish yoki shkafli
server.
Alohida o‘rnatish deganda alohida turgan serverni ish-
latish tushuniladi. Bu holatlarda ko‘pincha turli yo‘nalishlarga
mo‘ljallangan serverlar bir xonaga joylashtiriladi. Bu esa o‘z
navbatida o‘ziga xos mebel tanlash, ikki-uch qatorli o‘rnatishga
to‘g‘ri keladi.
– 206 –
Ko‘pincha (katta tarmoqlarga tegishli) server xonalarida
maxsus serverlar uchun mo‘ljallangan shkaflar yasaladi. Ka-
bellar shunday ulanadiki, barcha serverlar bilan bir monitor
va klaviatura ishlaydi, KVN-o‘tkazish tizimi yordamida ki-
ritish va chiqarish qurilmalarini kerakli serverga ulash mum-
kin bo‘ladi. Bu juda qulay bo‘lib, har bir serverning ishlash
ko‘rsatkichlarini bir zumda ko‘rish imkoniyatini beradi.
Shkafga joylangan server kam joy egallasada, uni ba’zilari
elektr ta’minot blokining yagonaligi hisoblanadi. Chun-
ki alohida o‘rnatilgan serverda bu blok ikkita bo‘lib, bittasi
rezerv bo‘ladi. Bu esa server faoliyatini uzluksiz bo‘lishini
ta’minlaydi.
Boshqaruv serverini tarkibiy tuzilmasiga kelsak, standart
tarkibiy tuzilmasi protsessorlar kuchi, operativ xotira hajmi,
disk tizimi obyektlari va turlari, hamda boshqa ko‘rsatkichlari
bilan farqlanadi.
Shkafga o‘rnatilgan server ning namunaviy tarkibiy tu-
zilmalari 14.1-jadvalda keltirilgan, ushbu server bilan 80-120
komp’yuterni boshqarish mumkin. Alohida o‘rnatilgan server-
ning o‘lchamlari an’anaviy shkafga o‘rnatilgan serverga nisba-
tan kuchli va ko‘p funksional imkoniyatlarga ega, chunki bun-
day serverlarga istalgancha qo‘shimcha qurilmalarni qo‘shish
mumkin. Alohida o‘rnatilgan serverlarni bir namunasi sifatida
14.2-jadvaldagi tarkibiy kesimlarini ko‘rish mumkin.
13.1-jadval
Shkafga o‘rnatilgan serverning boshqaruvdagi tarkibiy
tuzilmasi
T/r
Tarkibi
Ko‘rsatmalari
1
Mikrosxema to‘plami
Intel 5100
2
Protsessorlar
1 yoki 2 Intel Xeon 5xxx (8
yadrogacha)
3
Tizim shinasining tezligi
1333 Mgs
4
Tezkor xotirani maksimal
sig‘imi
24 Gbayt DDRII-667 ECC ikki
kanali
– 207 –
5
Slot kengaytirish
1xPCI -E 16x, 1xPCI-E 8x
6
Kiritilgan kontrollerlar
2 ta port LSI SAS 1064
7
Optik to‘plam
DVD/CD-RW
8
Opsional kontrollerlar
SAS RAID kontrollerlari BBUni
ishlatish bilan, shuningdek,
FibreChannel, 10 G Ethernet va
InfiniBand HCA adapterlari
9
Disklarning maksimal soni
2xSAS 3.5* yoki 4xSATA/SSD
2.5* almashtirish sharti bilan
11
Disk xotirasining hajmi
900 Gbayt gacha SAS/ 3Tbayt
SATA
12
Tarmoq interfeysi
2x Intel Gigabit Ethernet
13
Videokontroller
ASPEED AST 2000, 8 Mbayt
14
Interfeyslar
Orqa panel:VGA,RS232, 3xRJ-
45, 2xUSB, 2xPS2
15
Tizimni boshqarish
IPMI 2.0, KVM over IP, Virtual
Media, Ethernet
16
Operatsion tizimni
ta’minlash
Novell Open Enterprise Server;
Microsoft Windows Server 2008;
Red HAT Enterprise Linux 5.0;
Sun Solaris 10,
SuSE Linux Enterprise Server 10;
17
O‘lchamlar (DxSHxV), mm Oldi panel: 2xUSB, 1U,
510x430x44 mm (stoyka
Do'stlaringiz bilan baham: |