Uy guruhi – Windows 7 operatsion tizimida paydo bo‘lgan
yangilik hisoblanadi. Windows 7 ning Home Basis versiyasidan
past bo‘lmagan hollarda uy tarmoqlarida uy guruhlaridan foy- dalanish mumkun.
Uy guruhlari qaysidir taraflama ishchi guruhlarga o‘xshab
ketadi biroq bunda guruh foydalanadigan xizmatlardan nazorat
ostida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Uy tarmog‘iga ula-
nishda uy tarmog‘ining tashkil etgan foydalanuvchidan ruxsat
olish talab etiladi. Uy guruh foydalanuvchilari cheklanmagan.
Yagona cheklov bir vaqtning o‘zida faqat bir uy guruhiga a’zo
bo‘lish mumkun xolos. Komp’yuter resurslariga ulanish im-
koniyatini uy tarmog‘iga kiruvchi har bir foydalanuvchi o‘zi
belgilaydi. Ulanish huquqi bir vaqtni o‘zida guruhning hamma
qatnashchilari yoki ma’lum foydalanuvchiga berilishi mumkin.
U holda foydalanuvchiga ma’lum sertifikat yaratilgan bo‘lishi
lozim.
Domen. Domen tarmoqning faoliyat turi sifatida eng qi-
yin va nazorat uchun to‘liq imkoniyat yaratuvchi usul hisob-
lanadi. Bu usul mahalliy va global tarmoqlarda juda yaxshi
ishlaydi. Domen strukturasidan foydalanish ko‘p komp’yuterli
tarmoqlar uchun va ishchi stansiyalari ustidan nazorat qilish
talab etilgan hollarda foydalaniladi. Domen tizimida ishlash-
ning ustunliklari quyidagilarda iborat:
- mahalliy tarmoq komp’yuterlari va foydalanuvchilari us-
tidan maksimal nazorat qilish imkoniyati;
- dasturiy ta’minotning markazlashgan yangilanish tizimi;
- serverlarda saqlanuvchi hujjatlarga doimiy ulanish im-
koniyati;
- resurslardan foydalanishni nazorat qilishning mukammal
vositalari;
- guruhlar uchun xavfsizlik siyosati yuritish imkoniyati;
- tarmoq ulanishlari ustidan nazorat;
- mahalliy tarmoq va ishchi stansiyalar sozligini ta’minlovchi
tizim boshqaruvchisining mavjudligi.
Ushbu ro‘yxatda keltirilgan imkoniyatlardan tashqari yana
qo‘shimcha qulayliklar ham mavjud, lekin shuning o‘zi ham
to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun yetarlidir.
Har qanday qulaylik uchun haq to‘lashga to‘g‘ri keladi. Mar-
kaziy komp’yuterga qo‘yildan vazifalarni bajarish uchun jiddiy
hisob-kitob qilish quvvati va sig‘imli disklar tizimi talab etiladi.
Tarmoqni uzluksiz ishlashini tashkil etish uchun
qo‘shincha – ikkilamchi domen kontrolleri talab etiladi. Ik-
kilamchi domen kontrolleri oldindan ko‘rilmagan uzilish sodir
bo‘lganda asosiy server o‘rnini egallaydi. Arxivlash tizimini
tashkil qilish, qo‘shimcha serverlar ishini ta’minlash ular ning
hammasi jiddiy moliyaviy sarmoya va tarmoqqa bos keluv-
chi xizmat ko‘rsatishni talab etadi. Shuning uchun domen
strukturasidan foydalanish katta tarmoqlarni boshqarish yoki
tashkilot shu xizmatlardan foydalanishga etarli mablag‘ga ega
bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.