Tarmoqlar iqtisodiyoti
Kurs ishi EK-56 Faxriddin
jadval. YI da yog’och mahsulotlari ishlab chiqarilish qiymati(2019) Yevropa Ittifoqi statistik ma’lumotlariga ko’ra, YI da 2019-yil yog’och mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy va sanoatbop yog’och mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi jihatidan Germaniya, Shvetsiya hamda Finlandiya mutloq peshqadam bo’lsa, o’tin mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Fransiya birinchi pog’onani egallagan. Shuningdek, Belgiya, Daniya, Gretsiya, Malta kabi davlatlar ushbu statistikaga kiritilmagan. 25 G’arb mamlakatlari innovatsion siyosatni qonuniy qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berishadi. Masalan, Qo’shma Shtatlarda intellektual mulk huquqlarini taqsimlash mexanizmi qonuniy ravishda tashkil etilgan va yuqori texnologiyalarni xususiy sektorga o’tkazilishini tartibga solish tartibi joriy etilgan. “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik sohasida hamkorlik to'g'risida” gi Qonun innovatsiyalarda integratsiyalashgan o'zaro aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan bo’lib, “Federal laboratoriyalar transferi to’g’risida”gi Qonun texnologiyalarni uzatishda boshqaruvni markazsizlashtirishni nazarda tutadi. Kichik innovatsion korxonalarni davlat tomonidan moliyalashtirish dasturlari, tijorat banklari va sug’urta tashkilotlarini rag’batlantirish, soliq imtiyozlari, moliya va fond bozorlarini rivojlantirish va h.k... Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya, Germaniya, Finlyandiya, Fransiya kabi ko’plab rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni tartibga solish yangi texnologiyalarni doimiy ravishda joriy etishga qiziqqan iqtisodiy tuzilmani yaratishga qaratilgan. Iqtisodiyot tuzilmasini tartibga solishda chet el tajribasi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy subyektlarining tuzilishini tartibga solishda qo’llanilishi mumkin, agarda u aynan ko’chirilmasa, lekin hududning iqtisodiy rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qo’llaniladi. Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotning tuzilishini tartibga solish talablari sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa strategik va yaxlit bo’lishi kerak. Xulosa Kurs ishini yozish jarayonida quyidagi xulosalar shakllantirildi: -bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va istе’molning xususiy tavsifi kеltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; istе’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kеlib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bеpul (yoki imtiyozli) bilim bеrish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi. -iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish dеganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun chеklangan ishlab chiqarish rеsurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi. -iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kеlib chiqadi. Ya’ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; rеsurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy tеbranishlar vujudga kеltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. -davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bеvosita va bilvosita ta’sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bеvosita ta’sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish ko’zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlarini bеvosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati (mеhnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k. -iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik bеriladi. U davlatning pul-krеdit va budjеt siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-krеdit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-krеdit muassasalalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi opеratsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to’lash). Davlat budjеt siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Mavzuni tahlilidan so’ng yana shuni xulosa qilish mumkinki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog’liq bo’lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo’nalishlarini sanab o’tish maqsadga muvofiq: raqamli infratuzilmani yaratish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog’liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog’iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to’liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash… Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo’llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim. Bundan tashqari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ilg’or xorijiy tajribasiga tayanish va uni zamon va makonga moslagan holda hayotga tatbiq etish lozim. Download 0,83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |