Tarmoqlar iqtisodiyoti



Download 0,83 Mb.
bet9/17
Sana28.04.2022
Hajmi0,83 Mb.
#588199
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Kurs ishi EK-56 Faxriddin

1-diagramma

1-diagramma. MDH mamlakatlarida AKT taraqqiyoti ko’rsatkichlari(2013).
2013-yil MDH davlatlaridagi Akt taraqqiyoti ko’rsatkichlari xalqaro, mintaqaviy, rivojlangan/rivojlanayotgan mamlakatlar ko’rsatkichlari bilan qiyoslanganda O’zbekiston 115-o’rinni qayd etgan. Diagrammaga ko’ra, Belarus MDH mamlakatlari ichida peshqadam. Ma’lumot o’rnida: Akt taraqqiyoti indeksi 166 ta davlatni o’z ichiga oladi va Akt dan foydalanish imkoniyati, ular bilan ishlash malakalari darajasi kabi ko’rsatkichlar bo’yicha tuziladi. Yevropa Akt taraqqiyot indeksida 7.14 ball bilan yetakchi bo’lsa, undan keyingi o’rinlarni Shimoliy va Janubiy Amerika (4.86), Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (4.57) egallagan.
1-jadval

Mamlakatlar

Region

ODMI

ODMI darajasi

Shvetsariya

Yevropa

0.9313

Yuqori

Suriya Arab Respublikasi

Osiyo

0.2406

Quyi

Tojikiston

Osiyo

0.2896

Quyi

Tailand

Osiyo

1.0000

Juda yuqori

Timor-Leste

Osiyo

0.3729

Quyi

Togo

Afrika

0.2010

Quyi

Tongo

Okeaniya

0.2063

Quyi

Trinidad va Tobago

Amerika

0.7104

O’rta

Tunis

Afrika

0.7938

O’rta

Turkiya

Osiyo

0.9313

Yuqori

Turkmaniston

Osiyo

0.0000

Quyi

Tuvalu

Okeaniya

0.4906

O’rta

Uganda

Afrika

0.8625

Yuqori

Ukraina

Yevropa

0.8969

Yuqori

BAA

Osiyo

1.0000

Juda yuqori

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya

Yevropa

1.0000

Juda yuqori

Birlashgan Tanzaniya Respublikasi

Afrika

0.7938

O’rta

AQSH

Amerika

1.0000

Juda yuqori

Urugvay

Amerika

1.0000

Juda yuqori

O’zbekiston

Osiyo

1.0000

Juda yuqori

Vanuatu

Okeaniya

0.1521

Quyi

Venesuela

Amerika

0.2208

Quyi

Vetnam

Osiyo

0.6760

O’rta

Yaman

Osiyo

0.0000

Quyi




    1. jadval. BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi”

13BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Juda yuqori ODMI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston Tailand, AQSH, BAA, Urugvay, Buyuk Britaniya qatorida eng yuqori ball to‘play olgan.
Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha 2019-yilda 8 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o’tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og’ir illat – korrupsiya balosini yo’qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so’z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”. O’z o’rnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o’tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o’tkazilmoqda.
O’zbekistonda soliq siyosatiga sezilarli o’zgartirishlar kiritilmoqda. Yangi Soliq kodeksi 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan transfertlar narxini batafsil tartibga solishni o’z ichiga oladi. Ilgari bunday tartibga solish bo’lmagan. Yangi qoidalarning ba’zi asosiy jihatlari quyida keltirilgan: (i) Soliq maqsadlarida nazorat qilinadigan bitim bozor talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Boshqariladigan bitimlarning ikki turi mavjud: a. o’zaro aloqador shaxslar o’rtasida 5 mlrd. so’mdan (hozirgi kurs bo’yicha taxminan 524,000 AQSh dollari) ortiq bo’lgan bitim (muayyan holatlarda - 500 mln. so’m); va b. neft, neft mahsulotlari, qimmatbaho va rangli metallar va boshqa turdagi mahsulotlar bilan bog’liq transchegaraviy bitimlar (ularning to’liq ro’yxati Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak) yoki tomonlardan biri belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar. offshor yurisdiktsiyasi. Ushbu bitimlar o’zaro bog’liq va bog’liq bo’lmagan tomonlar o’rtasida bo’lishi mumkin. (ii) Nazorat ostidagi operatsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar har yili soliq organlariga taqdim etilishi kerak. (iii) Yangi Soliq kodeksida bozor narxini aniqlash uchun foydalanilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar manbalari (tovar birjalari kotirovkalari va boshqalar) berilgan. (iv) Agar soliq idoralari bitim narxi va bozor bahosi o’rtasida tafovut borligini aniqlasalar, ular bitim narxini moslashtirishlari, to’lanmagan / to’lanmagan soliqlarni hisoblab chiqarishlari va jarimalar va jarimalar solishlari mumkin. Transfer narxlarni belgilash qoidalari bozor narxini aniqlashning quyidagi usullarini nazarda tutadi: taqqoslanadigan bozor bahosi usuli; qayta sotish narxlari usuli; xarajatlarni qo’shish usuli; taqqoslanadigan rentabellik usuli; va foydani taqsimlash usuli. (v) Davlat soliq qo’mitasining iltimosiga binoan soliq to’lovchi ma’lum bir bitim bo’yicha (masalan, foydalanilgan narxlarni aniqlash usulini asoslash) o’tkaziladigan narxlar bo’yicha hujjatlarni taqdim etishi shart. Bunday so’rov bitim amalga oshirilgan yildan keyingi yilning 1 iyunigacha amalga oshirilmaydi.
(vi) Transfer narxlarining tekshiruvi faqat Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’tkazilishi mumkin va odatda tegishli bitim xabar qilingan sanadan boshlab 4 yildan kechiktirmay boshlanishi mumkin.
(vi) Davlat soliq qo’mitasi bilan oldindan belgilangan narxlarni belgilash to’g’risida shartnomani imzolash mumkin, bu qatorda ma’lum mahsulotlarga nisbatan narxni aniqlash metodologiyasini o’z ichiga oladi. 14
Erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bo‘lib, demokratiyaning umuminsoniy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va ho‘jalik yuritish usullarining xilma-xil bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. SHu boisdan ham ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p ukladli poliiqtisodiyot bo‘lib, unda turli mulk shakllari va ho‘jalik ukladlarining teng huquqliligi, muvozanatda bo‘lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi.Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida o‘z ifodasini topadi. 1) hususiy mulk; 2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 3) shaxsiy manfaatning inson hatti-harakatining bosh motivi ekanligi; 4) raqobat; 5) erkin narx tizimi; 6) davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi. O‘zbekistonda shakllanayotgan hususiy mulk ikki turdan iborat bo‘ladi: birinchisi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning hususiy mulki, ikkinchisi, ularning shirkat ho‘jaliklaridagi paylari, aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan iborat korporativ hususiy mulk. Yakka va korporativ (ulushli) hususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bo‘lgan huquqlari daxlsizligi davlat tomonidan himoyalandi. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilishi huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir15». O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizligi bilan birga, uning mas’uliyati ham belgilab berilgan. Xususan, unda «mulkdor mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart»16, deb ta’kidlangan. Hususiy mulk miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi. O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida qishloq ho‘jaligida bozor munosabatlariga mos keladigan yangi ho‘jalik tizimini shakllantirish ishlari amalga oshirila boshlandi. Buning oqibatida bu sohada nodavlat ishlab chiqarish sektori keng rivojlandi. SHuningdek, xalq ho‘jaligini, uning tarmoqlari va xududlarini boshqarishning mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narhlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy bo‘g‘inlari, shu jumladan, ikki pog‘onali bank tizimi, moliyani va pul-kreditni tartibga soluvchi mutlaqo yangi tizim, tovar, mehnat birjalari tizimlari yaratildi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish amalga oshirila boshlandi. Ikkinchi bosqich (1995-1999 yillar)da davlat mulkini dastlabki, kichik miqyosda hususiylashtirishni tugallash, mulkni haqiqiy egalari qo‘liga topshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar berish vazifalari belgilandi. Bu bosqichda sanoat, qurilish va transport sohasidagi, agrosanoat kompleksining go‘sht-sut, oziq-ovqat va pahta sanoati tarmoqlaridagi o‘rta va yirik korhonalar, shuningdek, Toshkent, Buhoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi sayyohlik komplekslarining hususiylashtirilishi boshlandi. Bu bosqichda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari yaratildi, ularning aksiyalari erkin sotuvga chiqarildi hamda keng ko‘lamdagi ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozori vujudga keldi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish