MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGILARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI MUSTAQIL ISH FAN : Kiber xavfsizlik asoslari Qabul qiluvchi : Kamilova Saboxat Urgench 2021 Tarmoqlar aro ekran texnologiyalasi Reja: - 1. Kirish
- 2. Ishlash mexanizmi.
- 3. Tarmoqdagi vazifasi.
Kirish: - Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi
Vazifasi: - Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; qabul qilingan trafikni ichki tizimlarga yo’naltirish; ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan himoyalash; barcha trafiklarni bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; ishonchli autentifikatsiyani taminlash.
Batafsil: - Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki Fire Wall deb yuritilgan. Umuman bularning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. Shuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan ham himoya qilish qobiliyatiga egadir. Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi
Tarmoqlararo ekran quyidagi ikkita vazifani bajarishi kerak: - 1. Tashqi (himoyalanuvchi tarmoqqa nisbatan) foydalanuvchilarning korporativ tarmoqning ichki resurslaridan foydalanishini chegaralash. Bunday foydalanuvchilar qatoriga tarmoqlararo ekran himoyalovchi ma’lumotlar bazasining serveridan foydalanishga urinuvchi sheriklar, masofadagi foydalanuvchilar, xakerlar, hatto kompaniyaning xodimlari kiritilishi mumkin
Dasturning 2-vazifasi - 2. Himoyalanuvchi tarmoqdan foydalanuvchilarning tashqi resurslardan foydalanishlarini chegaralash. Bu masalaning yechilishi, masalan, serverdan xizmat vazifalari talab etmaydigan foydalanishni tartibga solishga imkon beradi
Xabarlar oqimini filtrlash va o‘zgartirish: - Masalan:
- Viruslarni dinamik tarzda qidirish va axborotni shaffof shifrlash
- Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash
- Hodisalarni qaydlash, hodisalarga reaksiya ko‘rsatish hamda qaydlangan axborotni tahlillash va hisobotlarni generatsiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |