Ushbu tavsiflarning yuqori talablariga ko‘prangli tarmoqlar qulayroq hisoblanadi, ularda server foydalanuvchilarga xizmat ko‘r-satish vazifasini o‘z resurslari bilan echadi, chunki uning apparaturasi va tarmoq operatsion tizimi aynan shu maqsadda loyihalashtirilgan.
Bu holda barcha kompyuterlar ma’lumotlar shinasi deb nomlangan bir kabelga ulanadi. Paket tarmoqning bu qismiga ulangan barcha kompyuterlar tomonidan qabul qilinadi.
Tarmoq tezligi ko’p jihatdan umumiy shinaga ulangan kompyuterlar soni bilan belgilanadi. Bu kompyuterlar soni qancha ko’p bo’lsa, tarmoq shuncha sekin ishlaydi. Bundan tashqari, bunday topologiya, bir necha kompyuterlar tarmoqqa bir vaqtda ma’lumot uzatishga harakat qilgan vaqtda, turli kolliziyalar vujudga kelishiga sabab bo’ladi.