Mahsulotni qayta tarashga tayyorlash
Qayta tarash mashinasi, oddiy tarash mashinasidan tubdan qiladi, unda kichik xolstchalardan pilta ishlab chiqariladi. SHuning uchun, oddiy tarash mashinasidan odingan piltani qayta tarashga tayyorlash kerak.Mahsulotni qayta tarashta tayyorlashning bir qancha tizimlari mavjud. Biz faqat keng tarqalgan klassik tizim ustida to’xtalib o’tamiz. Bu tizimda oddiy tarash mashinasidan chiqqan piltalar birinchi bosqichda pilta mashinasidan o’tkaziladi. Unda tolalar uchi ancha to’g’irlanib, tolalar bir-biriga nisbatan parallellashtiriladi. Bu pilta mashinasidan olingan piltalar, pilta birlashtirish mashinasiga taxtlanadi. Unda 16 dan 24 gacha piltalarni birlashtirib xolstcha olinadi. CHunki sayta tarash mashinasi shu xolschalar bilan ta’minlanadi.
Qayta tarash jarayoni haqida tushuncha. Qayta tarash
mashinasining tuzulishi.
Karda tarash mashinasining asosiy kamchiligi shundaki, unga yuklatilgan vazifalarning birortasi to’la bajarilmaydi, ya’ni qanchalik taraqqiy etganligiga qaramay undan olingan piltadagi tolalar to’laligicha, alohida-alohida holatga keltirilmaydi. Tarash mashinasi taramida turli uzunlikdagi, ajratilmagan tolalar, tugunaklar, tolali chigit po’stlog’i va mayda yopishqoq iflosliklar sezilarli miqdorda qoladi. Qayta tarash jarayonining maqsadi toza, silliq, yaltiroq ip olishdir.
Qayta tarash jarayonining mohiyati esa tolalar tutamini taroqlar yordamida dastlab old uchlarini so’ngra orqa uchlarini tarab, ignalar yordamida alohida-alohida tolalarga to’la ajratib, ularni parallel joylashtirib tekislashdan, kalta tolalar va nuqsonlarni tamomila tarab ajratishdan iboratdir.
Topshriqlar
Bu vazifani bajarishda talabalarga qayta tarash tizimidagi bosqichlarni eslatish va bu tizimda olinadigan mahsulotlarga qо‘yiladigan talablarni tushuntirib о‘tish lozim.
Qayta tarashga xolstcha tayyorlash usullari bilan tanishilib, Tekstima 1576 rusumli pilta birlashtiruvchi mashinani vazifasi, tuzilishi о‘rganiladi.Chizmalar chiziladi.Qayta tarash mashinasi о‘quv ishlab chiqarish laboratoriya ishisidagi «Tekstima 1532» da о‘rganiladi. Mashina yurgizilib, undagi bajarilayotgan jarayonlar kuzatiladi. Mashinaning davriy ishlashiga e’tibor qaratiladi.Qayta tarash mashinasining asosiy ishchi qismi taroqli baraban bо‘lib, uni bir marta aylanishida bitta tо‘la sikl bajariladi. Bu sikl 4 davrdan iborat ekanligi qayd etiladi.Mashinani qо‘lda sekin aylantirilib, uni 4 ta davrda ishlashi va har bir davrda bajarilayotgan jarayonlar bilan tanishtiriladi, chizmasi chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |