Tozalash jarayoni va tozalagichlar
Tozalash maqsadi toza, ravon ip olib texnologik jarayonlarni muqobilligini ta’minlashdir.
Tozalash mohiyati qattiq va yumshoq begona jismlar, tola nuqsonlarni tolali materiallardan ajratishdir.
Tozalash usullari mexanik, aerodinamik va elektropnevmomexanik bo‘lib birinchi ikkitasi amalda qo‘llanilib kelinmoqda Mexanik tozalash usuli, turli ishchi organlarining zarbiy ta’siri ostida tola qatlamini mayda bo‘lakchalarga ajratish va tozalashdir. Tozalashning aerodinamik usulida harakatdagi tola bo‘lakchalari va iflosliklarni havo oqimi harakatining traektoriyasini keskin o‘zgartirish natijasida inersiya kuchlari ta’sirida iflosliklarning ajralishi sodir bo‘ladi.
Topshiriqlar:
«Tryuchler» firmasining Blendoma tavtomatik toy titkichni vazifasi, tuzilishi bilan tanishib, texnologik chizmasini chizing.
Bu vazifani quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1.Savolni tushuntirish vaqtida O‘ICHL sexidagi titish-tozalash mashinalarini joylashtirish tushuntiriladi va joylashish rejasi chiziladi.
2.Titish-tozalash agregati tarkibi va ularni joylashish zanjiri.
Nazorat savollari
Titish-aralashtirish, tozalash jarayoninig maqsadi va mohiyatini ta’riflang
Titish-aralashtirish, tozalash mashinalarining ketma-ketlik sxemasini keltiring.
Zamonaviy yetakchi firmalarning tozalash mashinalarini sanab o’ting.
Titish-tozalash agregati tarkibi va ularni joylashish zanjirini aytib bering.
3- Laboratoriya ishi
Mavzu: Tarash mashinalari.
Ishni bajarishdan maqsad: Tolalarni bir-biridan ajratib, tozalab, pilta yarim mahsulotini hosil qilishni о‘rganish.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Karda usulida tarash mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipini о‘rganing. (CHMM-14, CHM-50) «Tryuchler» firmasining tarash mashinasini texnologik chizmasini chizing.(DK-903-tarash mashinasi).
2. Ishchi organlarni harakat yо‘nalishi.
3. Valikli tarash mashinasini ishlash jarayoni va tuzilishini о‘rganing.
Tarashning maqsadi - tolalarning piltalash va boshqa mashinalar cho’zish asboblarida yakka xolda xarakatlanishini ta’minlab bir tekis, ravon maxsulot olishdir. Tarashning mohiyati - paxta tutamchani alohida tolalarga ajratish, ular tarkibidagi mayda yopishqoq xas cho’p, nuqsonlar va kalta tolalarni ajratish, tolalarni mahsulotda qisman orientasiyalash.
Tarash usullari - karda tarash, qayta tarash.
Tarash mashinalari -shlyapkali, valikli va momiqtarash mashinalariga bo’linadi.
SHlyapkali tarash mashinalari karda va qayta tarash tizimlarida paxta tolasini tarash uchun qo’llaniladi. Valikli tarash mashinalari jun, lub tolalarini tarashda va paxta tolasining apparat tizimida boshqa uzun tolalar bilan aralashmasini tarashda ishlatiladi. Shlyapkali tarash mashinasi. Shlyapkali tarash mashinasining asosiy vazifasi tarash jarayonini amalga oshirishdir. SHlyapkali tarash mashinasi ta’minlash uslubi, ta’minlash, qabul barabani qismlari, asosiy tarash zonasi xsusiyatlari (barabanlar soni, shlyapkalarning xarakatlanish yo’nalishi, barabanlar diametrlari, qo’shimcha tarash qoplamalari), taramni ajratish usuli, avtorostlash usuli va shunga o’xshash tomonlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |