Tarmoq texnologiyalari



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/101
Sana30.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#193362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101
Bog'liq
'Tarmoq texnologiyalari

3.  Telekommunikatsiya 
Keng  ma’noda  telekommunikatsiya  -  bu  bir-biri  bilan  bevosita  aloqada 
bо‘la  olmaydigan  masofada  turuvchi  subyektlar  (odamlar,  uskunalar, 
kompyuterlar)  о‘rtasidagi  muloqotdir.  (  “tele”-  uzoqdagi,  “  kommunikatsiya”- 
aloqa, xabar). 
 
 


Masalan:  kemalar  о‘rtasidagi  yorug‘lik  signallari  almashuvi,  telegraf, 
televideniye,  telefon  va  boshqalar.  Kompyuter  telekommunikatsiyasining 
rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan. 
BBS abonentlari tekinga e’lonlarni kо‘rib chiqish va yozib qoldirishi, 
pochta ma’lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega bо‘lishdi. 
Kompyuterlarning lokal tarmoqlari bir - biridan uncha uzoq bо‘lmagan bir 
necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatadi. 
Kompyuterlarning  lokal  tarmoqlarini  “mijozlari”  ulangan  katta  bir 
kompyuter  deb  tasavvur  etishi  mumkin.  Biroq  kompterlar  va  kompyuterlarning 
lokal  tarmoqlari  lar  turli  xil  aloqa  vositalari  orqali  xududiy  va  jahon  (xalqaro) 
tarmoqlariga ulanishi mumkin. 
Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar 
zarur: 
1. 
Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech bо‘lmaganda modem 
va telefon tarmog‘i); 
2. 
Kommunikatsion dasturlar. 
Modem - bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi 
standart qurilma (Modulyator - Demodulyator). 
Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni tarmog‘iga ulanadi. 
1. 
Mijoz - dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan 
bо‘lib, о‘z talablarini (sо‘rovlarini ) serverga yuboradi. 
2. 
Server - dasturlar. Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan 
bо‘lib, ular sizning kompyuteringizga xizmat kо‘rsatadilar. 
Telefon tarmog‘iga qiyos qilganda, ATS - bu server, sizning telefoningiz - 
bu mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini kо‘pincha “mijoz - server” 
texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma’noda tо‘g‘ri, lekin shu narsani 
esda saqlashimiz lozimki, axborotlar tizimida “mijoz - server” tushunchasi 
ma’lumotlarning qayta ishlashning funksional modelini bildiradi. Umuman 
olganda, server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat kо‘rsatishning har bir 
turi о‘z serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud, 


FTP - serverlar va FTP - mijozlar. 
Kо‘pincha server deb, serverli dasturlarga ega bо‘lgan kompyuterlarni ham 
aytishadi. Shu narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha 
server dasturlar ish olib borishi mumkin. 
Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni 
ajratish mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet 
texnologiyalari bilan qо‘shilib ketmoqda. 
Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi 
bо‘lib kelmoqda. 
Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog‘idir. Haqiqatdan 
olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas. 
Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi 
bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan 
iborat. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish