Tarmoq texnologiyalari


Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/101
Sana30.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#193362
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
'Tarmoq texnologiyalari

1.2. Kompyuter kommunikatsiyalari va ularning turlari. 
 
Shaxsiy  kompyuter  har  bir  ish  joyida,  har  qanday  idorada,  boshqaruv 
tizimida  odatiy  qolga  aylandi.  Tabiiyki,  avvaliga  kompyuter  matn  terish 
mashinasining  elektron  turini  eslatardi.  Lekin,  asta-sekin  kompyuterlarning 
dasturlari  takomillashib  bordi  va  eng  asosiysi,  kompyuterlarda  katta  hajmdagi 
ma’lumotlarni  juda  kichik  axborot  to‘plovchi  qurilmalarda  saqlash  imkoniyati 
tug‘ildi.  Ushbu  axborotlarni  almashinish  masalasi  paydo  bo‘ldi.  Bir  korxona 
doirasida bir  necha kompyuterning o‘zaro  aloqasini  ta’minlovchi  mahalliy  (lokal) 
axborot tarmoklari yuzaga keldi. 
Keyinchalik butun insoniyat ma’lumotlar bazasini o‘zaro bog‘lovchi xalqaro 
Internet tarmog‘iga  ulanish  ehtiyoji  tug‘ildi.  Tabiiyki, bunga  faqat  respublikaning 
elektron  aloqa  sohasidagi  texnologik  yutukdari  hisobiga  erishildi.  Shundan  so‘ng 
sohaning o‘zi, mazmunan yangi aloqa turi bo‘lganligi sababli telekommunikatsiya 
degan yangi nomni oldi. 
Shu  tariqa,  axborot  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  sohasi 
takomillashuvi hamda kengayishi natijasida o‘tgan asrning 90-yillari oxiriga kelib, 
ushbu sohalarda qo‘llaniladigan  usullar  va  vositalarning  bog‘lanib ketish  jarayoni 
boshlandi. 
Ushbu 
jarayon 
«axborotlashtirish 
va 
telekommunikatsiya 
konvergensiyasi»  nomini  oldi.  Aloqa  va  axborot  texnologiyalarining  uzviy 
qo‘shilishi  butun  dunyoda  axborot-kommunikatsiya  nomini  oldi.  Biz  ushbu 
tizimning o‘zidan maxsus foydalangan holda, Internet orqali turli mamlakatlarning 
zamonaviy  ommaviy  qomuslari  darajasida  ushbu  tushunchaning  ta’rifini  topishga 
urindik.  Lekin,  biz  uni  eng  mashhur  bo‘lgan  va  davriy  ravishda  yangilanib 
turadigan  yuz  tomlik  olmon  «Duden»  qomusida  ham,  Rossiyaning  eng  yangi 
«Kirill i Mefodiy»  qomusida  ham topa olmadik.  Vaholanki, ularning ikkovi ham 
zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  o‘z  ma’lumotlarini,  shu 
qatorda  audio  va  video  ma’lumotlarni  joylashtirishda  keng  foydalanadilar.  Biz 
ushbu tushunchani turli mamlakatlarning biz  ko‘rishimiz  mumkin bo‘lgan boshqa 
qomuslarida  ham  uchratmadik.  Bu  tushunchani  uchratmaganligimiz  uning 


umuman  yo‘qligidan  dalolat  bermaydi,  balki  uning  yaqindagina  yuzaga 
kelganidan,  eng  asosiysi,  mazkur  yo‘nalishning  rivojlanishi  shunchalar  shiddat 
bilan  amalga  oshganligidan,  hatto  ilmiy  tafakkur  uni  nazariy  talqin  qilishning 
yagona yo‘nalishini hali ishlab chiqmaganligidan dalolat beradi. 
Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  keyingi  yillarda  adabiyotlarda  ushbu 
tushunchani  talqin  qilishga  urinishlar  paydo  bo‘la  boshladi.  Bizning  nuqtai 
nazarimizda,  axborot-kommunikatsiya  talqinining  eng  mos  keladigani  L.Reyman 
rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan keltirilgan:  
«Axborot-kommunikatsiya  —  bu  tashkilotlar  va  aholiga  axborot-
kommunikatsiya  mahsulotlari  va  xizmatlarni  takdim  etishga  muljallangan 
zamonaviy  axborot,  kompyuter  hamda  telekommunikatsiya  texnologiyalarini, 
ularni  ruyobga  chiqaruvchi  tizimlari  va  vositalarini  uzviy  ravishda  birlashtiruvchi 
majmuadir».  Ushbu  ta’rif  «2010  yilgacha  bo‘lgan  davrda  Rossiyada 
axborotlashtirishni rivojlantirish» Federal dasturi konsepsiyasiga ham kiritilgan. 
Shunga  qaramasdan,  bizningcha,  bu  ta’rif  ham  axborot-kommunikaniya 
mazmunini to‘liq ochib bermaydi. Shu sababli biz ham axborot-kommunikatsiyaga 
to‘liq qamrovli ta’rif berishga hozircha urinmagan holda, ushbu yangi tushunchaga 
teskari  usulda,  ya’ni  uning  iqtisodiyot  va  jamiyat  hayotida  namoyon  bo‘ladigan 
eng muhim va asosiy yo‘nalishlarini ochib berish yuli bilan yondashishga harakat 
qilamiz.  Bu  ham  yetarli  bo‘lmasligini  tushunsakda,  ushbu  sohadagi  inqilobiy 
portlash  xususiyati  shunday  ekanligini  esda  tutishimiz  darkor.  Axborot-
kommunikatsiya  bundan  keyin  ham  rivojlanibgina  qolmay,  balki  zamonaviy 
jamiyatda ulkan qadamlar bilan takomillashib boraveradi. Bu ayniqsa, mustaqilligi 
e’lon  qilingan  paytida  aloqa  va  axborot  texnologiyalari  rivojlangan 
mamlakatlardan kamida 20-25 yilga orqada qolgan O‘zbekiston uchun ham xosdir. 
Endi esa, bu yo‘lni tezroq bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
Aloqa  vositalari  va  kompyuterlar  haqida  so‘z  yuritilganida  axborot-
kommunikatsiyalar  faqat  shu  bilan  belgilanadi  degan  noto‘g‘ri  tasavvur  tug‘ilishi 
mumkin.  Aslida  bunday  emas.  Bular  faqat  yangi  yo‘nalish  ta’minlanishiga  sabab 
bo‘luvchi  boshlang‘ich  texnik  elementlar  yoki  tuzilmalardir  xolos.  Aslida  masala 


keng qamrovlndir, chunki axborot-kommunikatsiyalar yanada kengroq falsafiy  — 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish