Tarmoq texnologiyalari


-jadval  4-marshrutizatorning marshrutlash jadvali



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/101
Sana30.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#193362
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
Bog'liq
'Tarmoq texnologiyalari

2.1-jadval 
4-marshrutizatorning marshrutlash jadvali 
 
Tayinlanish 
tarmog‘inig 
nomeri 
Keyingi 
marshrutizatorning 
tarmoq adresi 
Chiquvchi 
portning tarmoq 
adresi 
Tayinlanish 
tarmog‘igacha 
bo‘lgan masofa 
S1 
M1(2) 
M4(1) 

S2 

M4(1) 
0(ulanish) 
S3 
M1(2) 
M4(1) 

S4 
M2(1) 
M4(1) 

S5 

M4(2) 
0(ulanish) 
S6 
M2(1) 
M4(1) 

Default 
M5(1) 
M4(2) 

 
Jadvalning  birinchi  ustunida,  intertarmoqqa  kiruvchi  tarmoqlar  nomerlari 
ko‘rsatilgan.  Jadvalning  har  bir  qatorida  tarmoq    nomeridan  keyin,  keyingi 


marshrutizatorning  tarmoq  adresi  (to‘g‘riroq  aytganda  keyingi  marshrutizatorning 
muvofiq  portining  tarmoq  adresi)  ko‘rsatilgan,  unga  paketlarni  yuborish  kerak. 
Paketlar to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha ushbu nomer bilan tarmoq tomon harakat qilishi 
uchun ko‘rastilgan. 
    Marshrutizatorga yangi paket kelganda, kelgan kadrdan tayinlangan tarmoq 
nomeri  birin-ketin  jadvalning  har  bir  qatoridagi  tarmoqlar  nomeri  bilan 
solishtiriladi.  Mos  kelgan  tarmoq    nomerli  qator,  paketni    eng  marshrutizatorga 
yuborilishi kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, agar S6 tarmoqqa yuborilgan paket 4-
marshrutizatorning  har  qaysi  portiga  paket  kelib  tushsa,  unda  marshrutlash 
jadvalidan  ko‘rinib  turibdiki,  keyingi  marshrutizator  adresi  M2(1),  ya’ni  ushbu 
paket harakatining navbatdagi bosqichi, 2-marshrutizatorning 1-portiga boradi. 
     Paket  tarkibiy  tarmoqning  har  qanday  tarmog‘iga  yuborilish  mumkinligi  
sababli,  marshrutlashning  har  bir  jadvali    tarkibli  tarmoqqa  kiruvchi  hamma 
tarmoqlar  to‘g‘risida  yozuvlarga  ega  bo‘lishi  kerak  deb  qaralishi  mumkin.  Lekin 
bunday  yondoshishda,  katta  tarmoq  bo‘lsa,  marshrutlash  jadvalining  hajmi  katta 
bo‘lishi  mumkin.  Bu  esa uni   ko‘rib chiqish vaqtiga ta’sir etadi  va  saqlash uchun 
ko‘p joy talab etadi. 
     Shuning  uchun  marshrutlash  jadvalida  yozuvlar  sonini  maxsus  yozuv- 
“Sukut saqlash bo‘yicha marshrutizator” (default) ishlatish hisobiga kamaytiriladi. 
Haqiqatda,  tarkibiy  tarmoq    topologiyasini  inobatga  olsak,  unda  tarkibiy  tarmoq 
tashqarisida  joylashgan  marshrutizatorlar  jadvalida,  ushbu    marshrutizatorga 
bevosita  ulangan  yoki  yaqin  orada,  boshi  berk  yo‘nalishda  joylashgan  tarmoqlar 
nomerini  yozish  kifoya  bo‘ladi.  Qolgan  hamma  tarmoqlar  to‘g‘risida,  ushbu 
tarmoqlarga boruvchi yo‘llar o‘tuvchi marshrutizatorni ko‘rsatuvchi  yagona yozuv 
jadvalida  yoziladi.  Bunday  marshrutizator,  sukut saqlash  marshrutizatori deyiladi,  
tarmoq  nomeri  o‘rniga, muvofiq qatorda, alohida yozuv joylashtiriladi, masalan, 
default.  Bizning  misolimizda  S5  tarmog‘i  uchun bunday  marshrutizator bo‘lib, 5-
marshrutizator,  to‘g‘rirog‘i  uning  M5(1)  porti  hisoblanadi.  Bu  shuni  bildiradiki 
katta  tarkibiy  tarmoqning  qariyb  hamma  tarmoqlariga  S5  tarmog‘idan  yo‘l 
marshrutizatorning ushbu porti orqali o‘tadi. 


     Keyingi  marshrutizatorga paketni  uzatishdan oldin hozirgi marshrutizator, 
o‘zining  bir  nechta  portlaridan  qaysi  biriga    joylashtirishini  aniqlab  olishi  kerak. 
Buning  uchun  marshrutlash  jadvalining  uchinchi  ustuni  xizmat  qiladi,  yana  bir 
marta ta’kidlab o‘tamizki, har bir port o‘z tarmoq adresi bilan aniqlab olinadi. 
     Tarmoq  protokollarning  ayrim  amalga  oshiruvchilari  marshrutlash 
jadvalida  bir  vaqtda  bitta  tayinlash  tarmoq  adresiga  muvofiq  bir  nechta  qator 
bo‘lishlariga  ruxsat  beradi.  Bu  holda  yo‘nalish  tanlashda  “Tanlash  tarmog‘igacha 
bo‘lgan  masofa”  ustuni inobatga olinadi. Shu bilan  birga  masofa  deganda tarmoq 
paketining  berilgan  mezoniga  (ko‘pgina  servis  sinfi  deyiladi)  muvofiq 
ishlatiladigan  har  qanday  metrika  tushuniladi.  Masofa  xoplar,  aloqa  liniyalari 
bo‘yicha paketning o‘tish vaqti, ushbu yo‘nalishda aloqa liniyalari ishonchligining 
bironta  tavsifi  yoki  berilgan  mezonga  nisbatan  bu  yo‘nalishning  sifatini  aks 
ettiruvchi  boshqa  kattalik  bilan  o‘lchanishi  mumkin.  Agar  marshrutizator 
paketlarning  bir  necha    servislar  sinfini  quvvatlasa,  unda  servisning  (yo‘nalishni 
tanlash  mezoni)  xar  bir  turi  uchun  yo‘nalishlar  jadvali  aloxida  tuziladi  va 
qo‘llaniladi. 
  2.1-jadvalda  tarmoqlar  orasidagi  masofa  xoplar  bilan  o‘lchangan  edi. 
Marshrutizator portiga bevosita ulangan tarmoqlar uchun masofa bu yerda “0” ga 
teng  qilib  olinadi,  lekin  ayrim  amalga  oshiruvchilarda  masofa  xisobi  “1”  dan 
boshlanadi.  Bitta  tugunga  bir  nechta  yo‘nalish  bo‘lganligi,  ushbu  tugunga  parllel 
aloqaning  bir  nechta  kanali  bo‘yicha  trafikni  uzatishga  imkon  beradi,  bu 
tarmoqning  o‘tkazish  qobiliyati  va  ishonchliligini  oshiradi.  Marshrutlash 
masalalarini  nafaqat  oraliq  tugunlari-marshrutizatorlar,  xamda  oxirgi  tugunlar-
kompyuterlar  bajarishlari  mumkin.  Oxirgi  tugunda  o‘rnatilgan,  tarmoqli  daraja 
vositalari,  paketni  qayta  ishlashda  eng  avvalo  paket  boshqa  tarmoqqa  yoki  ushbu 
tarmoqning  qaysi  bir  tuguniga  yuborilayotganini  aniqlash  kerak  bo‘ladi.  Agar 
tayinlangan  tarmoq  nomeri  ushbu  tarmoq  nomeri  bilan  mos  kelsa,  unda  ushbu 
paket  uchun  marshrutlash  masalasini  yechish  talab  etilmaydi.  Agar  yuboruvchi 
tarmoq  bilan  tayinlangan  tarmoqlar  nomerlari  mos  bo‘lmasa,  unda  marshrutlash 
kerak  bo‘ladi.  Oxirgi    tugunlarning  marshrutlash  jadvallari  marshrutizatorda  


saqlanayotgan marshrutlar jadvallari bilan bir xil.  
  2.1-  rasmda  ko‘rsatilgan  tarmoqqa  e’tibor  beramiz.  Oxirgi  V  tugun    uchun 
marshrutlash jadvali quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (2.2- jadval). 
  Bunda MV-V kompyuter portining tarmoqli adresi. Ushbu jadval asosida V 
oxirgi tugun lokal tarmoqdagi ikkita S3 marshrutizatorlarning qaysi biriga, u yoki 
bu  paketni  yuborish  kerakligini  tanlaydi.  Oxirgi  tugunlar  marshrutizatorlarga 
nisbatan ko‘proq marshrutlashning sukut saqlash usuli bilan foydalaniladi. Garchi 
ular  umumiy  xollarda  o‘z  tarkibida  marshrutlash  jadvaliga  ega  bo‘lsa  xam,  uning 
xajmi odatda ko‘p emas, bu xamma oxirgi tugunlar chegarada joylashganligi bilan 
izoxlanishi mumkin.   
                                                                                                                                
2-jadval 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish