Tarmoq texnologiyalari


II. Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/101
Sana30.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#193362
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
Bog'liq
'Tarmoq texnologiyalari

 
II. Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar 
2.3. Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klassifikatsiyasi. 
 
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda 
hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: 
 
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi 
kompyuterlarni о‘zaro bog‘lagan tarmoq. 
 
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida 
kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya 
kanallari orqali о‘zaro bog‘lagan tarmoqlar. 
 
Global tarmoqlar - о‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal 
va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yо‘ldosh) 
aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq. 
Kompyuterlarning о‘zaro turli dasturlar, ma’lumotlar almashish juda kо‘p 


afzalliklarga ega. Fayllar, papkalarlar, printer, disklar tarmoqda birgalikda 
foydalanilishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida vaqt va harajatlarning tejamlariga 
olib keladi. Shuning uchun xam kompyuterlar tarmoqlarga biriktiriladi. 
Kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi bilan tarmoq о‘zidan о‘zi 
ishlayvermaydi. Tarmoqda kompyuter tarmoq operatsion sistemasi boshkaruvida 
ishlaydi. 
Hozirda keng qо‘llanilayotgan Windows operatsion sistemasi tarkibida 
lokal tarmoq ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud. Kompyuter 
tarmoqlari uch xil bо‘ladi: lokal, mintaqaviy va global. 
Lokal  kompyuter  tarmog‘i  nisbiy  tushuncha  bо‘lib,  uni  bir  xona,  bino, 
tashkilot  yoki  bir  qancha  filiallarni  о‘z  ichiga  oluvchi  tashkilot  doirasida 
kompyuterlar tarmoqlaridan tashkil qilish mumkin. Shuning uchun xam ba’zan 500 
metrgacha  bо‘lgan  masofada  birlashtirilgan  kompyuterlar  lokal  kompyuterlar 
tarmog‘i  deb  ataladi.  Ba’zan  uzoqroq  masofada  joylashgan  kompyuterlar  xam 
lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. 
Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuter, 
kommunikatsiya, periferiya qurilmalarning birgalikda foydalanilishidir. 
Lokal tormok yaratishdan maqsad – tashkilotlar, oliy о‘quv yurtlarida 
mavjud kompyuter va uning resurslaridan unumli, tejamli foydalanishdir. 
Lokal tarmoqlarni yaratishda qalin koaksial, ingichka koaksial, о‘ralgan 
juftlik (vitaya para), optik tola simlari ishlatilishi mumkin. Odatda kalin koaksial 
simlar tarmoqning uzoqroqdagi qismida, ma’lumotlarni uzatish qobiliyatining 
yuqori bо‘lishini ta’minlaydi. 
Lekin koaksial simlarda ishlangan tarmoqning mustahkamligi unchalik 
yuqori emas, chunki bu tarmoqda biror kompyuterning ishdan chiqishi butun 
tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi.Optik tolali tarmoqlar har tomonlama 
ishonchli va yuqori tezlikda axborot almashinuvini ta’minlaydi, lekin uning 
tannarxi qimmatligi va xizmat kо‘rsatuvchi mutaxassislarning kamligi tufayli 
xozirgi kunda asosan о‘ralgan juftlik simlaridan keng foydaliniladi.  
Internet - butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. 


Xozirgi kunda internet dunyoning 150 dan ortik mamlakatida milliardlab 
abonentlariga ega. har oyda tarmoq miqdori 7-10% ga ortib bormokda. Internet 
dunyodagi turli xil ma’lumotlarga oid axborot tarmoqlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqani 
amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi. 
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va о‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan 
bо‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida ham keng 
tarkalmokda. Kompaniyalarni internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng 
qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, xammaning ishlashi uchun 
imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyub bazasi ekanligi о‘ziga 
tortmokda. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish