Tarmoq texnologiyalari


BlueTooth –kabelsiz tarmoq



Download 29,11 Mb.
bet61/287
Sana05.11.2022
Hajmi29,11 Mb.
#860685
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   287
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

BlueTooth –kabelsiz tarmoq.


BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori Internetga bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay).

5-rasm. BlueTooth

Elektromagnit to’lqin shakllari – elektr toki, radioto’lqinlar yoki yorug’lik, ma’lumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan, sim, kabel yoki atmosfera orqali bu ma’lumot uzatiladi. Uzatilayotgan ma’lumot tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning kombinatsiyasi (multimediya) dan iborat bulishi mumkin.


Esingizda bo’lsa ma’lumot ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli va raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatilishi. Raqamli esa diskret shaklda.
Analogli signallar (uzluksiz to’lqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan vositalari: telefon, radio va televideniyelar analogli signallar bilan ishlashga muljallangan. Analog signal tashuvchi to’lqin deb ataluvchi uzluksiz elektrik signallardan tashkil topgan to’lqindan iborat. Analogli tashuvchi to’lqinlarning ikki asosiy kursatkichi chastota va amplituda dan iborat:
Chastota – to’lqin tebranishlarining vaqt birligida (sekund) necha marta to’liq takrorlanishini bildiruvchi son.
Amplituda – berilgan vaqt oraligidagi to’lqinning maksimal balandligi. Ovoz (signal) ning baland-pastligi amplitudaga bog’liq bo’ladi.
Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi (bor-yo’q) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi ma’lumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik impulsning borligi – 1, yo’qligi – 0 bilan belgilanadi. Bunaqa ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning o’rtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. Unda ma’lumot nuqta (.) va tire (-) lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida, masalan, V xarfi “...-” kabi belgilangan. Telegraf simlari orqali bu xarfni uzatish uchun pauza bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta chuzik signal ishlatilishi mumkin. Ammo bunday uzatish tezligi nihoyatda past.
2.Tarmoq qurilmalari.

LHT yakka bo’lishi yoki o’xshash yoki boshqa texnologiyadagi tarmoqlarga ham ulanishi mumkin. Ba’zi qurilma va programmalar bunday bog’lanishlarni ta’minlovchi interfeys vazifasini o’tashi mumkin.


Ko’prik(bridge). O’xshash tipdagi tarmoqlarni ulashga mo’ljallangan interfeysdir. U OSI protokollarining 1-2 tipi bilan ishlay oladi. Ko’prik bir tarmoqni fizik jihatdan boshqa tarmoq bilan kengaytiradi, tarmoqlararo paketlar kommutatsiyasi ro’y berishini ta’minlaydi. U hatto traffik band bo’lganda ma’lumotni vaqtinchalik saqlash va keyinchalik trafik bo’shaganda jo’natishga mo’ljallangan saqlash buferlariga ham ega.
Marshutizator(router). Bu qurilma turli texnologiyaga ega LHTlarni bog’lash yoki LHTni WAN/MANlarga ulash uchun mo’ljallangan qurilmadir. U OSI standartidagi 1-3 protokollar bilan ishlay oladi. Uning programma ta’minoti butun tarmoqni birdan ko’rishga imkon beradi.
Ko’priklar tarmoqqa bo\liq emas; marshrutizatorlar tarmoqqa bo\liq. Ko’priklar protokolni o’qishga vaqt sarflamasliklari uchun marshrutizatorlarga nisbatan tezroq ishlaydilar. Shlyuzlar esa bulardan ham sekinroq ishlaydi.
Shlyuz. Shlyuzlar ko’prik va marshrutizaor tmonidan bajariladigan barcha ishlarni bajara oladi. Bundan tashqari OSI standarti barcha 7 ta protokolini ishlata oladi. Shlyuz turli operatsion sistema va qurilma arxitekturasiga ega bo’lgan tarmoqlarni bog’lay oladi. Ular orasida paketlar kommutatsiyasini amalga oshira oladi.



Download 29,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish