Tarmoq texnologiyalari


Web–sayt navigasion modelini loyihalash



Download 29,11 Mb.
bet128/287
Sana05.11.2022
Hajmi29,11 Mb.
#860685
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

6. Web–sayt navigasion modelini loyihalash

Web–sayt navigasion modeli foydalanuvchilar maqsadli guruhi xoxishlarini inobatga olgan holda informasion iyerarxik struktura asosida quriladi va Web–saytning barcha zarur sahifalari ta’riflarini va navigasiya elementlarni o’z ichiga oladi.


Birinchi navbatda, saytning bosh menyusi va servislar menyusini aniqlash zarur. Web–sayt bosh menyusiga bosh sahifa (main page, homepage)dagi giperbog’lanish (ssыlka) va saytning asosiy informasion bo’limlari kiradi. Ya’ni, Web–saytning informasion to’ldiruvchilariga tegishli bo’limlar. Bunaqa bo’limlar soni uchdan oltigacha bo’lishi kerak, aks holda sayt bo’yicha navigasiyani amalga oshirish qiyinlashadi. Agar informasion bo’limlar soni ko’p bo’lsa, mavzu yoki foydalanuvchilar guruhlari bo’yicha o’xshash bo’limlarni joylashtirish mumkin. Masalan, yangiliklar, press–relizlar va OAV vakillari uchun axborotlarni “Press–Sentr” bo’limiga birlashtirish mumkin. Bosh menyuni tuzishda asosiy e’tiborni turli xil kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishga qaratish kerak; har xil murakkablikdagi axborotlarga (boshlovchi va ekspertlar); birinchi marta tashrif buyuruvchilarga va doimiy tashrif buyuruvchilarga.
Servislar menyusiga Web–saytning informasion to’ldiruvchilariga tegishli bo’lmagan bo’limlar kiradi. Lekin ular yordamchi servislar hisoblanadi. Masalan, sayt bo’yicha sayt kartasi, umumiy savollar bo’yicha kontaktli ma’lumotlar; umumiy savollar bo’yicha teskari bog’lanish formasi va b.k. Bunday servislar har bir tashrif buyuruvchi va har bir Web–sayt saxifasida doim saqlanishi kerak.
Bosh menyu va servislar menyusi aniqlab bo’lingach, Web–sayt bo’limlarining ichki strukturasi va navigasiyalarini analiz qilish zarur.
Web–navigasiyaning 4 xili mavjud.
1. Yassi–barcha saxifalar umumiy giperbog’lanishga ega. Bunda bir sahifadan boshqa ixtiyoriy sahifaga o’tish mumkin. Sayt sahifalari yuqori darajali yoki yirik sayt bo’limlari ko’rniishida ishlatiladi.
2. Ketma-ket–har bir sahifa oldingi va keyingi sahifalar uchun giperbog’lanishga ega. Asosan, sahifalar ketma-ket ko’rib chiqish talab etiladigan ko’p sahifali chop etishlarda ishlatiladi.
3. Iyerarxik–barcha ketma-ket keladigan sahifalar faqat bosh sahifa (roditelskiy) bilan giperbog’lanadi, lekin bir − biri bilan kesishmaydi. Murakkab menyularni ko’rishda elektron kataloglar ishlatiladi.
4. Aralash–oldingi uch xil navigasiyaning har xil variantlarida uchraydi.
Navigasiyaning barcha xillaridan foydalangan holda Web–sayt bo’yicha navigasiya uchun qo’shilishning maksimal darajasi 4-5 daraja bo’lgani ma’qul.
Demak, ideal holatda tashrif buyuruvchi saytning har bir sahifasini sichqonchani 3-4 ta chiqillatish mobaynida ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Sayt bo’limlari strukturasini qurishda yaxshi anglash uchun uning tiniqligiga e’tibor berish kerak.
Web–sayt navigasion modelining birinchi varianti qurilgach, quyida keltirilgan test bo’yicha tekshirib chiqing.
1. Web–sayt yaratish uchun qanday axborotlar mavjud va foydalanuvchilar uchun qanaqasi kerak?
2. Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan teskari bog’lanish qanday uyushtiriladi?
3. Web–sayt davomatini oshirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
1. Web–saytning alohida bo’limlari qanday tez-tez va qanaqa vositalar bilan yangilanib turadi?
2. Web–sayt foydalanuvchilarning maqsadli (tematik) guruhlari uchun qulay bo’ladimi?
3. Birinchi marta kiruvchilar uchun Web–sayt bo’ladimi? Yigirmanchi marta kiruvchilar uchunchi?
4. Tayyorgarlik darajasi har xil bo’lganlar uchunchi?
5. Turli xil mamlakat, mintaqalardan kelgan kishilar uchun Web–sayt qulaymi?
Birinchi to’rtta savollarga berilgan javoblar Web–saytning oldingi yaratilgan informasion strukturasini korreksiyalash (tuzatish)ga yordam berish mumkin. Keyingi to’rtta savollar esa navigasion strukturalarni tekshirishda yordam beradi.



Download 29,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish